I bob kiritish-chiqarish qurilmalari


Monitorlarning ishlash tamoyillari


Download 22.77 Kb.
bet3/11
Sana05.01.2022
Hajmi22.77 Kb.
#218042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5226554039033924401

Monitorlarning ishlash tamoyillari.


Rastr shakllanishi.

8.1-rasm


Start Elektron – nurli trubka asosidagi monitorni ishlash tamoyili oddiy televizor ishlash tamoyilidan ozgina farq qiladi (8.1 rasm). Katod (elektron to‘plari ) orqali chiqariladigan elektronlar to‘plami lyuminofor bilan qoplangan ekranga tushib nurlanish hosil qiladi. Elektronlar to‘plami yo‘lida odatda qo‘shimcha elektrodlar joylashgan bo‘ladi: elektronlar to‘plami tezligini va u bilan bog‘liq tasvir yorug‘ligini to‘g‘rilovchi modulyator va to‘plam yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lgan, og‘diruvchi tizim. Kompyuter monitori (hamda televizor) ekranida har qanday matnli yoki grafik tasvir piksel deb ataluvchi tasvir (rastr) ining  minimal elementini ifodalovchi lyuminofor ning ko‘plab diskret nuqtalaridan iboratligiga e’tibor beramiz. Bunday monitorlar rastrli deb ataladi. Bu holatda elektron nur butun ekranni doim skanerlab turadi va yoymaning yaqin joylashgan qatorlarini hosil qiladi. Modulyatorga uzatiladigan videosignal qatorlari bo‘yicha nurni harakat qilishi yorug‘lik ravshanligini o‘zgartiradi va ba’zi bir ko‘rinadigan tasvirni tashkil etadi. Monitor qobiliyati gorizontal va vertikal bo‘yicha aks eta oladigan tasvirlarning elementlari soni bilan aniqlanadi, masalan: 640х480 yoki 1024х768 piksellar. Rastorni shakllantirish uchun monitorda maxsus signallar ishlatiladi. Skanerlash davrida nur siniq chiziq tarzidagi traektoriya bo‘yicha chap yo‘qori burchakdan o‘ng quyi burchakkacha harakat qiladi. Gorizontal bo‘yicha nurning to‘g‘ri yurishi qatorli yoyma signali bilan, vertikal bo‘yicha esa kadrli yoyma signali bilan amalga oshiriladi. Nur qatorni chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi o‘ng nuqtasidan, keyingi qator chetdagi chap nuqtasiga (nurni gorizontal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi va ekranni oxirgi qatorini chetdagi o‘ng holatida birinchi qator chetdagi chap holatiga (nurni vertikal bo‘yicha qayta yurishi) o‘tishi maxsus qayta yurish signallari bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, monitor uchun eng muhimi quyidagi parametrlar hisoblanadi: yoymaning (kadrli) chastotasi, yoymaning gorizontal(qatorli) chastotasi va videosignalni o‘tkazish chizig‘i.

Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling