I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyatlari


Download 0.51 Mb.
bet21/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#250437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
I-bob. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ularning imkoniyat

Lazerli plotterlar 

    Lazerli plotterlar (Laser Plotter) oraliq tashuvchi sifatida yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazer nuri bilan zaryadlangan yarim o’tkazgich soholari kURO’ktonerni o’ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan utayotgan qog’ozga ko’chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog’oz qizdirgich orqali o’tadi, issiklik ta’siri ostida toner qizib yaxlitlanadi va qog’ozda qotiriladi (tipik еlektrografik texnologiya). Lazerli plotterlarning afzalligi yakqoldir: oddiy qog’ozni ishlatishi, tasvirning yuqori sifati (o’tkazish qobiliyati 800 dpi gacha) va tezkorliligi (50 mm/s gacha), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligi. Lekin ular qimmatdir. Rangli bosmaning principial imkoni bor, lekin bunda plotter narxi qimmatlashadi.

    Yaqinda potencial relefni barabanga tushirish uchun lazer nurini еmas, balki nuqtali yarim o’tkazgichli yorug’lik diodlaridan

qilingan (light emitted diod — LED) chizg’iyani ishlatuvchi lazerli plotterlar paydo bo’ldi, bu plotterni yanada oddiy va ishonchli qildi (bu     LED-plotter deb ataladigan plotterlar). Ular ham nisbatan qimmat, lekin murakkab tizimlarda etarlicha jadal qo’llanilmoqda.

    Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E.

    Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik, o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling