“O‘yinchoqni tanib ol!”o‘yini32
Maqsad: predmetli so‘zlarni va sifatlarni bola lug‘atida ko‘paytirish, predmetni uning belgilari va xususiyatlariga qarab tanib olish malakalarini shakllantirish.
O‘yinning mazmuni: Defektolog bolaga 3-4 ta o‘yinchoqni ko‘rsatadi va ularni nomlaydi. Avvalambor, ularni to‘g‘ri nomlashni o‘rgatish kerak. “Bu ...(quyon, tulki, o‘rdakcha)”. Har bir o‘yinchoq to‘g‘risida bolaga ma’lumot beriladi. Uning tashqi qiyofasiga “bu yumshoq o‘yinchoq, u kulrang. Dumi kalta, quloqlari esa uzun. U sabzini yaxshi ko‘radi. U tez va epchil sakraydi”. Shu singari qolgan o‘yinchoqlarni ham tasvirlab beriladi. So‘ng bola ularni nomlaydi. Bolaga o‘yinchoqlardan birini tasvirlab berish taklif qilinadi.
“Qandayligini ayt!” o‘yini
O‘yin maqsadi: predmetni belgi-xususiyatlarini ajratib, ularni nomlay olishga o‘rgatish.
O‘yinning mazmuni: Qutidan predmetlar olinadi va nomlanadi. (“Bu – nok”), bola esa uning sifatlarini aytadi.(“U sariq, yumshoq va shirin”. “Bu pomidor. U qizil, dumaloq, pishgan, sersuv, shirali”. “Bodring cho‘zinchoq, yashil, eganda qarsillaydi”).
Mazkur o‘yinlarni nafaqat mashg‘ulot davomida bir marta balki sayr vaqtida, hatto uyda ota-onasi va oila a’zolari bilan “o‘ynash” tavsiya qilinadi.
Bir bolaga ham defektolog, ham tarbiyachi, ham oila a’zolari bir vaqtning o‘zida maqsadga yo‘naltirilgan munosabatda bo‘lishsa, bunday bolalarning muloqatga bo‘lgan ehtiyoji paydo bo‘ladi, nutqining rivojlanishiga turtki bo‘lishiga aminmiz. O‘yin faoliyati davomida bolani zeriktirib qo‘ymaslik juda muhim. Buning kerakli jihozlarni tanlashda rangbarang, diqqaini o‘ziga tortuvchi rasm, plakat, didaktik o‘yinchoq va materiallardan foydalanish kerak bo‘ladi.
O‘yinlarni tanlashda va guruhdagi sog‘lom ruhiy holatni ushlab turishga erishish uchun har bir bolaning individualligini hisobga olish defektologning asosiy vazifasidir. Bunda bolaga qanchalik qiziqarli o‘yin taklif qilmang, unda ishtirok etish uchun yetarli malaka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lmasa, bu faoliyat uni aslo qiziqtirmaydi, aksincha, guruhdan chetlashtiradi, asabiy holga solib qo‘yadi va nutq o‘stirish mashg‘ulotlaridan uzoqlashtirib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |