I bob. Kurash texnikasi va taktikasi


Download 325 Kb.
bet8/12
Sana28.01.2023
Hajmi325 Kb.
#1135232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
SPORT KURASHI USULLARINI TASNIFLASH VA TIZIMLASHTIRISH

Yunon-rum kurashi — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashik. musobaqalari diametri 9 m (oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 min.dan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sek. Yunon-rum kurashik.da erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1,2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokor qaroriga qoʻra olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi. qadimiy koʻp xalqlarning milliy kurash turlarida zamonaviy Yunon-rum kurashik.da qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (q. Kurash). Misrdagi mil. av. 260 yillarga oid yodgorlik toshlaridagi suratlarda hozirgi Yunon-rum kurashik. usulida olishayotgan polvonlar aks ettirilgan. Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga mil. av. 708 yildan boshlab Yunon-rum kurashik.ga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Rimda mil. av. 284 yildan Yunon-rum kurashik.ni eslatadigan musobaqalar oʻtkazilgan. Yunon-rum kurashik.ning zamonaviy qoidalari 19-asr boshlarida Fransiyada ishlab chiqilgan va shu qoidalar asosida Parijda 1848 yilda ochilgan kurash zalida musobaqalar tashkil qilish anʼanaga aylangan. Unda Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan polvonlar ham ishtirok etishgan. Yunon-rum kurashik. musobaqalari 1896 yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan va oʻsha yildan Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi taklifiga koʻra, rasman Yunon-rum kurashik. deb atala boshlangan. Yunon-rum kurashik. boʻyicha 1904 yildan professional (1950 yildan havaskor) kurashchilar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Yunon-rum kurashik. va erkin kurash turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (GʻPA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992 yildan) aʼzo (2004).

Download 325 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling