I bob. Kurash texnikasi va taktikasi
Oʻzbekistonda Yunon-rum kurashik
Download 325 Kb.
|
SPORT KURASHI USULLARINI TASNIFLASH VA TIZIMLASHTIRISH
2.2.Oʻzbekistonda Yunon-rum kurashik.
19-asrning oxirlaridan ommalashgan. Bunda sirkda tashkil etilgan bellashuvlar muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda yetishib chiqqan Ahmad polvon shunday musobaqalarda ishtirok etgan. Yunon-rum kurashik. qoidalarining milliy qurash qoidalariga bir qadar oʻxshashligi bu sport turining mamlakatda tez rivojlanishga zamin yaratdi. Lev Turin, German Sandler, Rifat va Abdulmajid Ablayev kabi murabbiylar rahbarligida Yuriy Zelenin, Hamid Vohidov, Rustam Kazakov, Komil Fatkulin, Asliddin Xudoyberdiyev, Dilshod Oripov, Aleksandr Dokturishivili singari Yunon-rum kurashik. ustalari olimpiada oʻyinlari, jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda gʻolib chiqishgan. Mamlakatdagi 487 ta sport maktabi va toʻgarakda 191 murabbiy qoʻl ostida 5028 kishi Yunon-rum kurashik. bilan shugʻullanadi. Dzyudo Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yoʻl) — sport yakkakurashi. D.ga Yaponiyada prof. Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 y.da asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, D.ni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifa-tida shakllantirdi. D.chilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 min., ayollarda 4 min. da-vom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yel-kadan oshirib otish va h.k.) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga "koko", "yuko", "vazari" va "ippon" baxrlari beriladi ("ippon" — sof gʻalaba, 2 ta "vazari" — gʻalaba, "yuko" va "koko" baxrlari sanab borilib, yakunda ino-batga olinadi). D. boʻyicha musobaqalar 1883 y.dan oʻtkaziladi. Xalqaro D. federatsiyasi (FIJ) 1956 y.da tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan D. federatsiyasi aʼzo (1991). 1956 y.dan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964 y.dan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonda D. bilan 20-a.ning 80-y.laridan shugʻullaniladi. D.ning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. D. chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal b-n takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) — kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) — kumush va "A" toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, "A" toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qoʻlga kiritishgan.[1] Dzudo Judo Morote Seoi Nage by Bryan small.gif Xarakteristikalari Kontakt Ha Aralash jins Ha Turkum Sharq yakkakurashi va jang san'ati Anjom Kimono Oʻynaladigan joy Tatami Olimpik oʻyin Ha 1964-yildan e'tiboran Paralimpik oʻyin Ha Mintaqa Butunjahon Dzyudo(yaponcha:柔道)- soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „Yengil yoʻl“ maʼnosini anglatadi. Sharq yakka kurashlari orasida mashhur boʻlgan bu sport turi vatani Yaponiya boʻlib XIX asr boshlarida [2] 嘉納 治五郎 tomonidan dzyudo qonun qoidalari yaratilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1964-yili kiritilgan ushbu sport turi, Oʻzbekistonda ham ommaviy sport turlaridan biri hisoblanib, mustaqil Oʻzbekiston tarixida Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan 21 ta medaldan 4 tasi dzyudochilar hissasiga toʻgʻri keladi. Download 325 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling