I bob. Logopedik ritmikaning tamoyillari va usullari 1 Logopedik ritmikaning tamoyillari
Shunday qilib, harakatga o‘rgatishda turlicha yo‘llardan foydalaniladi
Download 256.26 Kb.
|
I bob
Shunday qilib, harakatga o‘rgatishda turlicha yo‘llardan foydalaniladi:
а) yaqqol-ko‘rish – pedagog tomonidan harakat namunasi yoki uning aloqida harakatli elementini ko‘rsatish, atrofdagi qayotiy namunalarga taqlid qilish, ko‘rgazmali qo‘llanmalar (kinofilmlar, fotografiyalar, teleko‘rsatuvlar, kartinalar va q.k.), borliqni yengishda ko‘rish oriyentiridan foydalanishni ko‘rsatish; b) taktil-muskul – turlicha qo‘llanmalarga harakatli faoliyatni kiritish. Masalan, yurishda yo‘lga oyoqni baland ko‘tarish uchun to‘siq qo‘yiladi. “To‘siqqa tegib ketmaslik” yo‘riqnomasi patsiyent ongida xatolikka yo‘l qo‘yganida o‘zining suyak-muskulida qis qilishiga bog‘lanadi. Agar to‘siqqa tegib ketsa patsiyentning o‘zi harakatlarining xato ekanini aniqlaydi. Taktil-muskul aniqliklari ham badanning aloqida qismlaridagi qolatni aniqlaydigan pedagogning bevosita yordamida yuzaga chiqadi, masalan, pedagog qo‘lini tegizish bilan qomatni to‘qrilaydi; v) yaqqol-eshitish – harakatni tovushlar orqali boshqarish. Eng yaxshi eshitish aniqligi instrumentli musiqa yoki qo‘shiq hisoblanadi. harakatlarni boshqarish uchun xalq pichinglari, ikki-to‘rt qatorli shakldagi she’rlar, doira, qo‘nqiroqcha tovushi va q.k. Og’zaki usullar shuqullanuvchining ongiga murojaat qiladi, ular qo‘yilgan vazifani fikrlash va harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarishga yordam beradi. Og’zaki usulda quyidagi yo‘llardan foydalaniladi: shug’ullanuvchida mavjud bo‘lgan qayotiy tajriba va tasavvurga tayanib yangi harakatni qisqacha tushuntirish; harakat yoki uni aniqlashtiruvchi aloxida elementlarni aniq ko‘rsatish orqali tushuntirish; shugullanuvchilar bilan mashqlarni mustaqil bajarishda yoki pedagog tomonidan ko‘rsatilgan harakatlarni yuzaga chiqarishda zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalar; yangi mashqlar va harakatli o‘yinlarni kiritishda harakatlantiruvchi harakatlarni tushuntirish talab qilinganida, harakatli o‘yinlar syujetini aniqlashtirishda suxbatlashish; ular tomonidan harakatning ketma-ketligini anglash uchun harakatni bajargunigacha yoki harakatli o‘yinlar syujetining obrazlari to‘qrisida ularning tasavvurlarini tekshirgunigacha mashgul bo‘ladigan masalalar, qoidalarni, o‘yinli harakatlarni aniqlash va q.k.; pedagogdan talab qilinuvchi turli intonatsiya va dinamikali buyruqlar, ko‘rsatmalar va signallar. Buyruq, signal sifatida o‘zbek xalq ijodi juda boy bo‘lgan sanoq o‘yinlari, o‘yinli boshlanmalardan foydalanish mumkin; oqzaki yo‘riqnoma yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi uyqunlashuv va kombinatsiyalarda jonlanishi yuz beradi, oqzaki ko‘rsatmalar va tushuntirishlar yordamida yangi vaqtinchalik aloqalar vujudga kelishiga, yangi bilim va malakalar shakllanishiga imkon tug’iladi. Bolada harakatlanuvchan malakalarning shakllanishi uning mashqlar mazmuni va tuzilmasini qanchalik anglashi darajasiga boqliq. Amaliy usullar shaxsiy muskul-motorli qissiyotlarda harakatni qabul qilishning to‘qriligini qaqiqatda tekshirishni ta’minlaydi. Turli-tumanlik o‘yinli va musobaqali usullar hisoblanadi. O‘ y i n l i – maktab yoshidagi bolalarning o‘yinli faoliyatiga yaqin, birmuncha maxsus va hissiy-samarador, tafakkurning aniq-obrazli va aniq- harakatli elementlarini inobatga oladi, turli-tuman harakatlanuvchan ko‘nikmalarni takomillashtirishga imkon beradi, harakatlar mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga javob reaktsiyasi tezligini, logoritmik mashg‘ulotlarda ijodiy tashabbusni rivojlantiradi. M u s o b a q a l i – ishlov berilgan harakatlanuvchan malakalarni, jamoatchilik tuyqusini takomillashtirishda foydalaniladi. To‘qri raqbarlik qilinganda musobaqalardan harakatlanuvchan malakalarni takomillashtirish, shaxsning ma’naviy-irodaviy tarbiyalash uchun tarbiya vositasi sifatida foydalanish mumkin. Amaliy usulga taalluqli yo‘llar aniqlik (ko‘rgazmalilik) va so‘z bilan boqliq. Pedagog ta’limning butun jarayonini mashg‘ulotning vazifalari, mazmuni, tuzilmasi bilan mos ravishda reglamentga soladi. U mashqlarni, harakatli o‘yinlarda aloqida rollarni, olib boruvchining rolini namoyish qiladi, vazifalarni kim eng yaxshi va juda to‘qri bajarayotganini ko‘rsatadi, sudya, komanda kapitani rolida chiqadi. Mashg‘ulotlar oldinga qaratilgan tarzda o‘tkaziladi, pedagog tanish bo‘lgan mashqlarni takomillashtirish uchun guruqlarga bo‘ladi va mustaqil harakat qilishni taklif etadi, ijodiy izlanishga raqbatlantiradi. Masalan, musiqa xarakterining o‘zgarishi bilan boqliq ravishda mashqlarni qanday o‘zgartirish, boshqa qoidalar bilan harakatlanuvchan o‘yinlarni olib borish, o‘yinlar variantlarini tuzish, yangilarini o‘ylab topish. Download 256.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling