I bob. Logopedik ritmikaning tamoyillari va usullari logopedik ritmikaning tamoyillari 4


Download 324.16 Kb.
bet1/12
Sana22.06.2023
Hajmi324.16 Kb.
#1650690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI JUMAYEVA



MUNDARIJA


KIRISH 2
I.BOB.LOGOPEDIK RITMIKANING TAMOYILLARI VA USULLARI 4
1.1 Logopedik ritmikaning tamoyillari 4
1.2 Logopedik ritmikaning usullari 8
II.BOB.DUDUQLANADIGAN BOLALAR BILAN LOGOPEDIK RITMIKA BO‘YICHA MASHG‘ULOTLARNING MAZMUNI 21
2.1Duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar 21
2.2 Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika bo‘yicha mashg‘ulotlar 29
III.BOB.DUDUQLANISHNI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN O‘YINLAR 38
3.1 Duduqlanishni bartaraf etishda nafasni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar. 38
3.2 Duduqlanishni bartaraf etishda xarakatli va didaktik o‘yinlar 40
3.3 Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari 41
Bo‘yin muskullarini bo‘shashtirishga oid mashqlar 41
Xulosa 44
Foydalanilgan adabiyotlar: 47
47
Elektron ta’lim resurslari 47


KIRISH


Logopediya (logos va yun. paideia — tarbiyalash, oʻqitish) — pedagogika fani tarmogʻi; nutqdagi kamchilik (duduqlik, til logopediya rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqsoni va boshqalar) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasida oʻrganadi. Nutqdagi nuqsonlarni tuzatish masalalari dastlab 17-asrda Yevropa mamlakatlarida surdopedagogikaga oid ilmiy ishlarda tadqiq etila boshladi. 19-asr ning 2-yarmidan bu sohaga mustaqi Logopediya ravishda, ammo tibbiyot nuqtai nazaridan yondoshildi. Asta-sekin nutq faoliyatining tabiati haqidagi ilmiy tasavvur kengaya borib, logopediya yoʻnalishi tubdan oʻzgardi, pedagogik mazmun birinchi oʻringa qoʻyiladigan boʻldi.
20-asrga kelib logopediya mustaqil Logopediya fan sifatida shakllandi, uning maqsad va vazifalari, metodik asos va tamoyillari, boshqa fanlar bilan aloqasi masalalari ishlab chiqildi. Zamonaviy logopediya maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, maktab yoshidagi bolalar logopediyasi, oʻsmirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga boʻlinadi.
logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni oʻqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir.
Logopediya fan sifatida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning talaffuzi, leksik-grammatik tuzumi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyati uzviy bogʻlikligi bilan belgilanadi.
Logopediyaning asosiy vazifalari: nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyati ontogenezini oʻrganish; nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi, alomatlari va darajalarini aniqlash; nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning oʻz-oʻzidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, chutkiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli koʻrinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, oʻzlarini tutishlariga taʼsirini aniklash; rivojlanishda turli xil logopediya farqlar boʻlgan bolalarda (eshitish, koʻrish, fikrlash qobiliyati hamda tayanch-harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va buzilishlari xususiyatlarini oʻrganish; nutq buzilishlarining pedagogik diagnostikasi metodlarini ishlab chiqish; nutq buzilishlarini tartibga solish; nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metod va vositalarini ishlab chiqish; nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish; logopedik yordamni tashkil logopediya etish masalalarini ishlab chiqish. logopediyaning yuqorida koʻrsatilgan vazifalarida uning nazariy va amaliy yoʻnalishlari belgilab berilgan.
Logopediya nazariy yoʻnalishi nutqdagi buzilishlarni oʻrganish, uning sabablarini aniklash, oldini olish va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, amaliy yoʻnalishi esa ana shu metodlarni tezroq tatbiq etib, mazkur nuqsonlar va ularni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf etishdan iborat. Logopediya ning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir.













Download 324.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling