I bob. Logopedik ritmikaning tamoyillari va usullari logopedik ritmikaning tamoyillari 4


Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari


Download 324.16 Kb.
bet10/12
Sana22.06.2023
Hajmi324.16 Kb.
#1650690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI JUMAYEVA

3.3 Duduqlanishni bartaraf etishda reloksatsiya mashqlari

Bo‘yin muskullarini bo‘shashtirishga oid mashqlar


Duduqlanuvchi bolada bo‘yin va yuqori yelka qatori muskullarning tonusi baland bo‘ladi. Bo‘yin muskullarini bo‘shashtirish reflektor tarzda til ildizining tonusini pasaytiradi, pastki jag‘ning xarakatlarini faollashtiradi.
Quyidagi uqalash xarakatlarini o‘tkazish tavsiya etiladi:

  1. Ikki qo‘l kaftlari bilan yuqorida pastga qarab bo‘yinni sekin silash;

  2. Qo‘llarni ensaga, bo‘yinning orqa qismiga qo‘yish;

Qo‘llarni bo‘yinni yoki qismi bo‘ylab pastga qo‘ltiq osti chuqurchasigacha sirpantirish.
“Kema» mashqi”

Maqsad: Bolaning o‘z tanasini to‘g‘ri ushlay olish, umumiy motorikani rivojlantirish.
Bolalar tasavvur qiling biz kemada sayohat qilyapmiz. Kema chayqalmoqda. Kemadan tushib ketmasligimiz uchun oyoqlarni keng qo‘yamiz, qo‘llarimizni orqaga bog‘laymiz . Kema chap tarafga chayqaldi. Tana og‘irligi chap oyoqqa o‘tdi; kema o‘ngga chayqaldi va og‘irligi o‘ng oyog‘imizga o‘tdi (chap oyog‘imiz esa bo‘shashdi). Endi nafas olib men bilan qaytaring (logoped ko‘rsatib mashqni bajaradi). Bolalar o‘ng va chap qo‘l va oyoqlarini navbatma-navbat bo‘shashtirish xarakatlarini bajarib boradilar.
Bug‘u” mashqi
Maqsad: Qo‘l va yelka mushaklarini bo‘shashtirish. Bolalar tasavvur qiling, biz bug‘umiz. (Qo‘llarni boshimiz tomon ko‘taramiz, barmoqlarimizni keng ochamiz). Bug‘ularning shoxlari mana shunday. Hammamizning qo‘llarimiz bug‘u shoxidek qattiq bo‘ldi. Qo‘llarimizni bu xolatda ushlash qiyin, qo‘llar charchadi, qo‘llarimizni tezda tizzaga tushuramiz. Qo‘llarimiz bo‘shashadi va dam olyapti.
Stulcha” mashqi
Мaqsad: Qo‘l mushaklarini bo‘shashtirish. Bolalar, stul chetiga o‘tirib stul suyanchig‘iga suyanamiz.
Q o‘llarimizni bo‘shashtirib tizzalarimizga qo‘yamiz. Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yamiz. Ushbu mashqni logoped bolalarga tushuntirib, ko‘rsatib beradi. Bolalar mashqni bajarish davomida yelkalarini erkin tutish, qo‘llarni osiltirganda mushaklarni bo‘sh qo‘yishlari logoped tomonidan nazorat qilib borilishi lozim.


Download 324.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling