I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…
Download 1.21 Mb.
|
MAHSULOT SIFATINI NAZORAT QILISHNING RADIATSION USULI...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutblanishli-fazaviy
- Kechiktirilgan teskari aloqa
- Otgan nurlanish
- Suyuq kristalli
Radiotoʻlqinli putur yetkazmasdan nazorat qilish radiotoʻlqinli diapozonni elektromagnit nurlanishni nazorat obyekti bilan oʻzaro ta‘sir analiziga asoslangan. Amaliyotda toʻlqin uzunligi 1/100 mm diapozonni qamrab oluvchi oʻta yuqori chastotali (OʻYuCh) usullar keng qoʻllanilishga ega. Radio toʻlqinlarni qoʻllash ikki sabab boʻyicha qulaydir: - boshqa usullar bilan nazoratini effektivligi kam boʻlgan kompozit, ferrit, yarim oʻtkazgichli, dielektrik materiallar; - oʻta yuqori chastotali diapozonli radio toʻlqin xususiyatlarini qoʻllash imkoni. Ushbu xususiyatlar soniga quyidagilar kiradi: 1. OʻYuCh diapozoni generirlanuvchi toʻlqinlar quvvatlarini katta intervalini olishga imkon beradi, bu turli shaffofli darajadagi muhit va materiallarni nazorat qilish uchun qulaydir (juda yupqadan tortib mustahkam betonli asoslargacha). 2. OʻYuCh toʻlqinlarni kogerent qutblangan garmonik elektromagnit tebranishlar koʻrinishida olish oson, bu esa kogerent toʻlqinlarni dielektrik qatlam bilan oʻzaro ta‘sirida kelib chiquvchi interferensiyali hodisalarni qoʻllagan holda nazoratni yuqori sezgirligini va aniqligini ta‘minlashga imkon beradi. 3. OʻYuCh yordamida, apparaturani obyektga nisbatan bir tomonli joylashishida sifatni kontaktsiz nazoratini amalga oshirish mumkin (aks ettirishga nazorat usuli). 4. OʻYuCh diapozon toʻlqinlari oʻtkir fokuslangan boʻlishi mumkin, bu nazoratni lokkalligini, minimal cheka effekt, yaqin joylashgan jismlarga nisbatan shovqinga chidamlik, nazoratdagi obyekt haroratini va boshqa oʻlchovchi datchiklarga ta‘sirini bartaraf etishni ta‘minlashga imkon beradi. 5. Ichki tuzilma, buzilishlar va giometriya haqidagi ma‘lumotlar, foydali OʻYuCh signal parametrlarini katta qismida mavjuddir: amplitudada, fazada, qutblanish koeffisiyentida, chastota va bosh. 6. OʻYuCh qoʻllash tez oʻtuvchi jarayonlarni kuzatishga va tahlil qilishga imkon bergan holda, nazoratni oʻta kichik inersiyaligini ta‘minlab beradi. 7. OʻYuCh diapozondagi apparatura foydalanishda qulay va yetarlicha kompakt ravishda tayyorlanishi mumkin. 8. Rezonans radiotoʻlqinli OʻYuCh usullarini qoʻllashda materialni ―sog‘lom va ― defektli zonalarda tuzilmasi, tarkibi va giometriyasini koʻp parametrli nazorat qilish imkoni mavjud. OʻYuCh texnikasi va usullarini qoʻllashning afzalliklari – bu radiotoʻlqinlar tarqaluvchi yarimoʻtkazgichli, ferritli, kompozitli va dielektrikli materiallarni tuzilma va mahsulotlarini, yarimfabirikatlarni nazorat qilishdir. Metal tuzilmalardan radiotoʻlqinlar toʻliq aks etiladilar, shuning uchun ularni faqatgina geometrik yuza va tashqi buzilishlarni nazorat qilish uchun qoʻllash mumkin, qalin metal jismlarni nazoratida esa apparatura datchiklarini nazorat obyektiga nisbatan ikki tomonli joylashishi talab qilinadi. Dielektrik materiallarni radiotoʻlqinli nazoratida, dielektrik yoʻqolishlarni burchak tangensi tgδ va dielektrik doimiyligi ε ni bilish zarur (odatda dielektriklar uchun magnit oʻtuvchanlik μ=1) (jadval 1), yarimoʻtkazgichli va magnitli materiallar uchun ε va μ ni hisobga olish zarur, metallar uchu nasosan oʻtkazuvchanlik σ kattaligi ahamiyatga ega. Yoʻqolishlar μ=1; σ=0 siz chegaralanmagan dielektrik muxitda, maydonni magnitli tashkil etuvchisini mavjudligi, radiotoʻlqinli nazorat zamonaviy vositalarida asosiy rol oʻynovchi elektrik tashkil etuvchisi E ni mavjudligi bilan bog‘liq. Elektromagnitli toʻlqinni asosiy parametrlaridan biri boʻlib uni qutblanishi hisoblanadi, u E vektori tarqalish borasi boʻyicha fazodagi oriyentasiyasi bilan aniqlanadi. Agar vektor E, turli vaqt momentlarda uni tarqalish yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlgan yuzada turli yoʻnalishlarni qabul qilsa, oxiri aylana koʻrinishida boʻlsa toʻlqin xaqiqiy deyiladi. Agar xuddi shu sharoitlarda vektor oxiri ellipsga ega boʻlsa, toʻlqin ellips boʻyicha qisman qutblangan deyiladi. Agar vektor E tarqalish yoʻnalishi atrofida bir xilda aylansa, oxiri esa ellips koʻrinishida boʻlsa, toʻlqin ellips boʻyicha qutblangan deyiladi (chap yoki oʻnga). Ba‘zi hollarda ellips aylanaga yoki toʻg‘ri chiziqqa qutblanadi. Radiodefektoskopiya santimetr va millimetrli diapazonidagi oʻtuvchi radiotoʻlqinlarning (mikroraditoʻlqinlar) xususiyatlariga asoslangan boʻlib, asosan metall boʻlmagan materiallardan tayyorlangan mahsulotlar yuzasida nuqsonlarni aniqlashga imkon beradi. Ushbu usul poʻlat listlar, panjaralar, simlarni ishlab chiqarish jarayonida nuqsonlarni aniqlaydi, shuningdek ularning qalinligi yoki diametrini, dielektrik qoplamalarning qalinligini va boshqalarni nazorat qilishda qoʻllaniladi. Uzluksiz yoki impuls rejimida ishlaydigan generatordan shox antennalari orqali mikro-radiotoʻlqinlar mahsulotga ichiga kirib boradi va qabul qilingan signal kuchaytirgichidan oʻtib, qabul qiluvchi qurilma tomonidan qayd etiladi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling