I bob. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar nutqini o’stirishning nazariy asoslari 1


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 66.33 Kb.
bet2/7
Sana21.01.2023
Hajmi66.33 Kb.
#1106693
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija

Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Ushbu kurs ishining maqsadi bolalarning nutqini o’stirish yo’llarini o’rganish va samarali usullarni taqdim qilish.Buning uchun quyidagilarni o’z oldimizga maqsad qilib oldik:
- Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqini o’stirish ahamiyatini o’rganish
- Bolalarda ravon nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Ravon nutq tushunchasi, mazmuni, mohiyat, uni rivojlantirish vazifalari, turlari haqida ma’lumot berish
- Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirishni tadbiq etish
- Maktabgacha ta’limda nutq o’stirish mashg’ulotlari orqali bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali usullari namoyish etishdan iborat.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Bolalar bog’chalarida bolalarning nutqinii o’stirish jarayoni kurs ishining maqsadi bo’lsa,nutq o’stirish metodikasi yo’llar va usullari uning predmati hisoblanadi.

I bob. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalar nutqini o’stirishning
nazariy asoslari

1.1.Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirish ahamiyati.
Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov aytganlaridek: “Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi”.
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o’rganilishi favqulodda muhim bo’lgan ushbu hodisaning o’ta murakkabligi va ko’p qirraliligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o’ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o’rinni egallaydi^» (A.N.Leontyev).
Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o’rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin.
N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi.
N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir.
Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o’ringa qo’yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo’yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so’z yuritish imkonini beradi.
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o’rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning qiziqarli va istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi. Birinchi bo’lib ushbu muammoni N.I.Jitkin ko’tarib chiqqan. Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu jonli, moslashuvchan va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir».
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir tomondan, N.I.Jitkin konsepsiyasiga, ikkinchi tomondan, mexanizmlarni nutqiy faoliyat bosqichlari bilan taqqoslagan holda insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat nuqtai-nazaridan yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat2.

  1. Bolalar boglanishli nutqini o’stirish.

  2. Bolalar lug’atini boyitish.

  3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, qo'shimcgalardan foydalanishni o’rgatish.

  4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish, nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni shakllantirish.

  5. Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o'rganish, kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish.

  7. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash. Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqini o’stirishfanining mazmuni quyidagilardan iborat.

Nutq o’stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o’stirish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi.
Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o’stirish metodikasi.
Bolalar so’z boyligini oshirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish metodikasi.
Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.
Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi.
Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
Nutq o’stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to'liq belgilash, nutq o’stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o’stirishning samarali bo’lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, xulqini ham o’zgartiradi.
Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Ta'lim-tarbiya ong mahsuli, ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”
Chunki bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida har qanday salbiy faoliyat va muammolarni bartaraf etishda intellektual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, “Kuch-bilim va tafakkurda” (I.A.Karimov).
Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishga doir barcha ishlar biz orzu etgan barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim.
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko’rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo’yicha muloqot qilishni yo’lga qo’yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o’yinlarda o’yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O’z nutq faolligi paydo bo’lishini rag’batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o’yin vaziyatlari, o’rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (34 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag’batlantirish.
Lug’at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so’zlardan foydalanishga, ko’rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug’atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so’zlarni grammatik jihatdan o’zgartirishga va gapdagi so’zlar bilan kelishtirishga undash. So’zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o’rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o’ziga xos bolalarcha usuli sifatida so’z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o’rtasidagi aloqalarga oid o’z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so’zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni o’zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.


Download 66.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling