I-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishning pedagogik asoslari
Download 71.42 Kb.
|
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda huquqiy tarbiya berishning oʻziga xosligi.
Tadqiqotning tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
I-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishning pedagogik asoslari 1.1. Maktabgacha ta`lim tushunchasi Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin. Download 71.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling