I bob. Markaziy osiyo hududidagi ibtidoiy jamoa odamlarining ijtimoiy turmush sharoiti


Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at


Download 31.32 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1473396
1   2   3   4   5
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO HUDUDIDAGI IBTIDOIY JAMOA

3.Ibtidoiy e’tiqodlar va tasviriy san’at

Mehnat qurollarini yasash, ovchilik va yovvoyi mevalarni terib olish, tabiat hodisalarini kuzatish hamda hayvonlar hayoti va odatlarini oʻrganish jarayonlari eng qadimgi odamlarning fikrlash va soʻzlash qobiliyatini oʻzgartirib bordi. Bu o'zaro ta'sir asosida rivoj- lanib, ayniqsa avloddan avdlodga o'tish jarayonida bilim, tajriba va ko'nikmalarni oshirishda fikrlash qobiliyati, tafakkur ancha taraqqiy topgan.


Oʻrta paleolit davrida odamlar marhumdan qo'rqqanliklari tufay- li, unga mehribonlik qilish, jasadni yirtqich hayvonlardan saqlash va ehtimol, o'likdan xalos bo'lmoq zaruriyati sabablarga ko'ra mar- humlarni yerga ko'mish marosimi vujudga kelgan. Bu jarayon ib- tidoiy odamlarning aqliy jihatdan rivojlanganligidan dalolat beradi. Neandertal odamlar dafn etilgan qabrlar (Teshiktosh g'ori, Fransi- yadagi Le Muste g'ori va boshq.) arxeologiya fanida ma'lum eng qadimgi qabrlardir. Ular sayoz qazilgan boʻlib, gʻor-makonlarning chetida joylashgan. Jasadlar yonboshlab, bukchaytirilgan holda, uy- quga botgan odam sifatida ko'milgan. Qabrlar ichiga tosh qurollar qo'yilgan. Jumladan, Teshiktosh g'oridagi neandertal bolaning jasadi kiyik shoxlari bilan o'ralgan.
O'rta Osiyoda paleolit davri e'tiqodlariga doir ma'lumotlar ko'p emas. Shu boisdan, adabiyotlarda ko'pincha so'nggi paleolitda vu- judga kelgan totemizm (urug' jamoalari a'zolarining ma'lum hayvon zoti, qushlar va o'simliklar bilan qalin aloqadorligiga ishonish), ani- mizm (insonni o'rab turgan muhitda jonlar, ruhlarning tumor, munchoq, hayvon shoxi, tishi va h.k. ga ishonish hamda magiya (sehrgarlikka e'tiqod qilish) haqida gapiriladi. Bu e'tiqodlar inson ta- biat hodisalarini tushunib yetmaganidan kelib chiqqan.
Taraqqiyot jihatdan orqada qolgan qabilalar va elatlar hayotini, urf-odatlari va diniy qarashlarini hamda zamonaviy xalqlar madani- yatida ibtidoiy e'tiqodlar izlarini tadqiq etish natijasida turli davrlarda rivojlangan e'tiqodlarning mazmun-mohiyatini o'rganish mumkin.. So'nggi paleolit davriga oid g'orlar devorlaridagi rangli rasmlar
(Altamir, Lasko, Kapova g'ori) ibtidoiy e'tiqodlarning oʻrganishida kata axamiyatga ega.
Qoyatoshlarda O'zbekistonning qadimgi hayvonot olamining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo'lbarslar, qop- lon, tulki va bo'rilar, bug'u va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o'q-yoy, qopqon kabi qurollar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda odamlar tasviri, ov va yirtqich hayvonlar to'qnashuvlari man- zaralari tasvirlangan.
Qoyatosh rasmlari o'ziga xos an'analari, insonning estetik is- te'dodi, goʻzallikka intilish g'oyalarini aks ettiruvchi tasviriy san'at obidalari boʻlib, O'zbekistonda Koʻhitang, Zarafshon, Nurota va Chotqol tog'larida topib oʻrganilgan.
Toshkent vohasi qoyatosh tasvirlari G'arbiy Tyanshandagi (Tang- ritog') eng ko'p tarqalgan qadimgi san'at turi hisoblanadi. Bu hu- dud tasviriy san'at yodgorliklariga juda boy. Ular mavzularning tur- li-tumanligi, yuqori badiiy darajasi manzaralari bilan ajralib turadi. Toshkent vohasidagi petrogliflar O'rta Osiyoda mashhur hisoblanadi. O'ziga xos va betakror qoyatosh suratlariga Xoʻjakent, Boshqizilsoy va Chotqol kabilar kiradi.
Ushbu yodgorliklardagi qoyatosh rasmlarining xronologik sanasi- eneolit - bronza davridan antik davrgacha boradi. Mazkur suratlar mazmun va mavzu jihatdan ancha boy va rang-barangdir. Ular orasida ot va tuya, echki, tog' takasi va arxar hamda boʻri, tulki, qoplon kabi hayvonlar tasvirlari, shuningdek, ma'nosi hozirgacha noma'lum bo'lgan turli shakl va belgilar saqlanib qolgan. Rasmlar orasida yak- ka, to'da holda va raqsga tushayotgan yoki, biror-bir odatni ijro eta- yotgan holatdagi kishilarning tasvirlari ham uchraydi.

XULOSA

Markaziy Osiyodagi ibtidoiy jamoa tizimi mavzusidagi kurs ishi doirasida olib borgan izlanishlarim jarayonida shunday xulosaga keldimki, XX asrlar asrning 2-yarimi Oʻzbek va chet el adabiyotlarida mustaqil chiqqan ilmiy adabiyotlarda ushbu davr haqida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishdim. Mazkur davr tarixining turli davr adabiyotlarida yoritilishi yuzasidan yakuniy xulosalar qiladigan bo’lsak, Ibtidoiy jamoa tizimi kishilik davrining eng katta qismini tashkil etib bu davr odami tabiat kuchlar oldida ojiz edi. Bunday tabiat kuchlari oldida ojiz boʻlib qolgan oʻsha davr odami bunday tabiat kuchlariga sigʻina boshlagan va ilk din shakilari paydo boʻlgan odamlar tabiat bilan hamohang yashashgan hayvonlarni ov qilishgan va qoyatoshlarga hayvon suratlarini chizib boʻlajak ovda omadlari kelishi uchun chizilgan rasimlarga sigʻinishgan. Keyinchalik ilk ziroatchilik va chorvachilik kabi qishlaoq xoʻjaligi turlari ajralib mehnat qurollari takomilashgani sari ibtidoiy odam hayotida ham mulkiy tengsizlik shakilari paydo boʻla boshlaydi, va kishilik jamiyatining yangi davriga oʻtilishiga sharoit yuzaga keladi.




Download 31.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling