Jahon turizm tashkiloti tavsiyasiga koʻra, mehmonxonalar joylahish oʻrni, xizmatlar toifasi, hilma-hilligi va narhiga koʻra alohida guruhlarga ajratiladi.
Joylashish oʻrniga koʻra quyidagi turlardagi mehmonxonalarni ajratish mumkin:
suv yuzasidagi mehmonxonalar – turistlarni dengiz, koʻl, daryo qirgʻoqlarida joylashtirish va dam olishi uchun moʻljallangan, mehmonxona kabi jihozlangan suzuvchi vositalardir. Zarur hollarda ushbu mehmonxona ustidagi mijozlari bilan birgalikda boshqa qirgʻoqqa olib oʻtilishi mumkin.