I bob melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish


-jadval. Yerlarni eroziyadan va sel oqimidan saqlash tadbirlar rejasi («Uzdaverloyixa» institutining ma’lumoti 2001)


Download 419.19 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi419.19 Kb.
#1477994
1   2   3   4   5   6
1-jadval. Yerlarni eroziyadan va sel oqimidan saqlash tadbirlar rejasi («Uzdaverloyixa» institutining ma’lumoti 2001)

Suv eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
Tog‘, tog‘ oldi va adir mintaqalarida har bir suv yig‘ish havzasi uchun
aloxida suv eroziyasiga qarshi kurashish, yaylov va pichanzorlar, bog‘ va
mevazorlar hamda boshqa dehqonchilik sifatida foydalanish tadbirlari alohida
ishlab chiqildi.
Eroziyaga uchragan suv yig‘ish havzalarini quyidagi 3 kichik xududlarga
bo‘lish mumkin (54-rasm):
1. Suv ayirgich oldi xududi.
2. To‘siq, oldi xududi.
3. Gidrografik xududi.
Eroziyaga uchragan suv yig‘ish havzasida gidrografik xudud maydoni
o‘rtacha 15% ni, tusiq oldi xududi 30-35% ni, suv ayirgich oldi xududi esa 50%
maydonni ishg‘ol qiladi.
Gidrografik xudud tarkibiga jarlik, to‘siq, va jar vodiysi va uning ichidagi
jilg‘a kiradi (qiyaligi 0,15). To‘siq oldi xududiga ikki tomondan gidrografik
xududga tutashgan bo‘lib, qiyaligi 0,05-0,15 ga va shu joylardan tuproq yuvilishi
vujudga keladi.
Suv ayrigich oldi xududining qiyaligi 0,05 bo‘lib, tuproqni yuvilish jarayoni
sust bo‘ladi, lekin suv oqimi shu xududda vujudga keladi. Quyi xududlarda eroziya
jarayonini kuchaytirishga sababchi bo‘ladi. Bu xududlar qishloq xo‘jaligining turli
sohalarida foydalaniladi. Masalan, suv ayirgich oldi xududlarida lalmi
dehqonchilik qilish va yaylov sifatida foydalanish mumkin. To‘siq oldi xududlarni
yaylov va pichanzor sifatida, gidrografik xududlarda esa qalin o‘rmon ixota
daraxtlari bo‘ladi va qisman pichanzorlar barpo qilish mumkin. Jilg‘arning quyi
qismida ya’ni, cho‘kindilar to‘planadigan yerlarda tolning barcha turlari ekiladi.
Yuqorida keltirilgan xududlarning har birida alohida suv eroziyasiga qarshi
kurash tadbirlari qo‘llaniladi.
Tog‘, tog‘oldi va adir mintaqalarida sodir bo‘ladigan suv eroziyasi, sel
oqimi, yer ko‘chish jarayonlarini oldini olish va qarshi kurashish choralari
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Agroo‘rmon melioratsiya tadbirlari.



Download 419.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling