I bob melioratsiya jihatidan og’ir tuproqlarni melioratsiya qilish


II BOB. MADANIY-TEXNIK MELIORATSIYA, EROZIYAGA QARSHI KURASH VA MELIORATSIYANING BOSHQA TURLARI


Download 419.19 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi419.19 Kb.
#1477994
1   2   3   4   5   6
II BOB. MADANIY-TEXNIK MELIORATSIYA, EROZIYAGA QARSHI KURASH VA MELIORATSIYANING BOSHQA TURLARI
2.1 Madaniy texnik tadbirlar
Madaniy texnik tadbirlarda tabiiy yaylov va pichanzorlar tarkibida o‘suvchi chorva mollar tomonidan iste’mol qilinmaydigan butalar va yarimbutalardan qurilgan daraxt va shoxlardan, xarsang toshlardan, turli sanoat va madaniy chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshiriladi. Ular chorva mollarini boqishda pichanzorlar o‘tlarini o‘rib olishga xalaqit beradi.
Yaylovlarni butalardan tozalash. Yaylovlarni chorva mollari tomonidan iste’mol qilinmaydigan butalardan tozalash muhim ahamiyatga ega.
Butalar turkumiga ildiz bo‘g‘izidagi poya diametri 6 sm gacha, bo‘yi esa 3 m bo‘lgan o‘simliklar kiradi.
Yaylovlarda butalarning qalinligi 4 guruhga bo‘linadi:
1. juda kam 10 foizgacha maydonni egallagan
2. kam 10-30 foiz
3. o‘rtacha 30-60 foiz
4. qalin 60 foiz.
Yaylov va pichanzorlarni bytazorlardan tozalash ishlari birinchi navbatda tekis va kichik nishabli yerlarda amalga oshirilishi kerak. 25-300 eroziyaga moil yerlarda butalarni kesish taqiqlanadi, agar kesish zaruriyati tug‘ilgan bo‘lsa u holda butazorlar polosalar bo‘yicha tozalanadi. Bunda polosalar kengligi masofalar esa 60-80 m bo‘ladi.
Yaylovlar butazorlardan tozalash ishlari 3 usulda amalga oshiriladi:
1. Qo‘l qurollari yordamida tozalash
2. Maxsus texnikalar bilan tozalash
3. Kimyoviy usullar bilan tozalash
Qo‘l qurollari bilan tozalash ishlari butazorlar kam tarqalgan kichik maydonlarda, texnikalar yurishi qiyin bo‘lgan joylarda bajariladi. Bunda butalar ildizi bilan kovlab olinadi. Maxsus texnikalar bilan butalarni kesish ishlari D-174 V, KAR-1,2 markali kesgich qurollari (41, 42-rasmlar) yordamida amalga oshiriladi. D-174 V kesgich quroli S-100 traktoriga moslashtirilgan bo‘lib, 3,5 m kenglikka ega, KAR-1,2 markali kesgich quroli esa DT-57 yoki DT-75 traktoriga osma holda o‘rnatilgan bo‘lib, kesgich qurolining diametri 120 sm.

1-rasm. Butalarni kesuvchi D-174V mashinasi



Download 419.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling