159
VII bob. Ish va energiya. Energiyaning saqlanish qonuni
Jism yuqoriga tik otilganda teskari jarayon kuzatiladi. Bunda jism yu-
qoriga ko‘tarilgan sari kinetik energiyasi maksimal qiymatdan nolga qadar
kamayib boradi. Jismning potensial energiyasi
esa noldan maksi mal qiy-
matga qadar ortib boradi. Potensial energiyaning o‘zgarishi jismning faqat
vertikal harakatida emas, harakat trayektoriyasi ixtiyoriy bo‘lganda ham
namoyon bo‘ladi. Masalan, binoning 7-qavatida 2 kg massali jism turgan
bo‘lsin. Agar binoning har bir qavati orasini 3
m dan deb olsak, 7-qavatda
turgan jismning yerga, ya’ni 1-qavatga nisbatan potensial energiyasi 360 J
ga teng bo‘ladi. Shu jism 3-qavatga zinadan olib tushilsa ham,
liftda kelti-
rilganda ham bu qavatda uning potensial energiyasi 120 J ga teng bo‘ladi.
135-rasmda tasvirlangan jismning
h = 45 m balandlikdan tushish davo-
mida ko‘rilgan 4 ta holatining har birida kinetik
va potensial energiyalar-
ning yig‘indisi qanday bo‘ladi?
1-
holatda:
E
p1
+
E
k1
= 450 J + 0 = 450 J.
2-
holatda:
E
p2
+
E
k2
= 400 J + 50 J = 450 J.
3-
holatda:
E
p3
+
E
k3
= 250 J + 200 J = 450 J.
4-
holatda:
E
p4
+
E
k4
= 0 + 450 J = 450 J.
Do'stlaringiz bilan baham: