I bob mikroelementlarning oʻsimliklar hayotidagi ahamiyati


Download 36.86 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi36.86 Kb.
#1649470
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mikroelementlarning o\'simliklar hayotidagi ahamiyati


MUNDARIJA


Kirish……………………………………………………………………………….3
I BOB MIKROELEMENTLARNING OʻSIMLIKLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI……………………………………………………………………...6
1.1 Mikroelementlar toʻgʻrisidagi fanning rivojlanishi…………………………….6
1.2 Oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi ahamiyati......……………………………...10


II BOB MIKROELEMENTLAR HAMDA BOR MODDASI YETISHMASLIGI………………………………………………………………13
2.3 Bor moddasi yetishmasligi……………………………………………………13
Xulosa……………………………………………………………………………..22
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...23

KIRISH
Kurs ishining maqsadi Tabiat deganda yer, o’rmonlar, o’simlik va hayvonot olami, iqlim, yer sharida inson yashaydigan tabiiy sharoit va muhit tushuniladi. Inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Tabiat inson uchun hayot muhiti va yashash uchun xomashyo va boshqalarning yagona manbayidir. Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida insonning tabiatga ta‘siri kuchaygan bir paytda undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi Shuning uchun ham kelajak avlodni ekologik jihatdan savodli va yetuk insonlar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchalarni shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammolari qatoridan o’rin egallaydi. Demak, tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya qilish va ekologik halokatlarning oldini olish mustaqil davlatimizning sotsial-iqtisodiy, huquqiy masalasi bo’libgina qolmay, balki ekologik siyosatning asosiga aylanishi mumkin.
Kurs ishining obyekti Chunki ushbu muammoning ortida butun mustaqil davlatimiz, millatning taqdiri yotibdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal qilish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammolarning hal qilinishiga bog’liqdir» deb, «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta‘kidlagan. Tabiatning ekologik holatining buzilishi – tuproq, suv, havoning zararli moddalar bilan ifloslanish, zararlanishi, o’simlik va hayvonlar turlarining kamayib borishi, tabiiy landshaftlarning tez o’zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo’lishi, aholi sonining ko’payishi insonning yashash muhitini tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda.1 Respublikamizda tabiatni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni saqlash, yer, suv, yer usti boyliklari – o’rmon, havo, o’simlik va hayvonot dunyosi, shifobaxsh o’simliklardan foydalanish va muhofaza qilishda jiddiy kamchiliklar mavjud. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan holda jahon jamoatchiligi e‘tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko’lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo’lib qolganligini, uning ta‘siri hozirning o’zidayoq, biologik muvozanatni buza-yotganligi, bepoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta‘sir ko’rsatayotganligini nazarda tutish lozim. Shuni aytib o’tish lozimki, XXI asrda xalqimizning oldida turgan muammolardan eng dolzarbi aholi istiqomat qilayotgan mintaqalarni, ularni o’rab olgan atrof-muhitni tezroq sog’lomlashtirish, tabiiy resurslardan tejamkorlik va oqilona foydalanishga e‘tibor qaratmoq lozim. Shu masalalarni hal etishda ekologiya fanining vazifasi nihoyatda muhimdir.
Mamalakatimiz o’quv yurtlarida ta‘lim olayotgan talabalar mintaqamizda va butun dunyoda kechayotgan hamda sodir bo’layotgan ekologik holatlarni birinchi navbatda tabiat qonunlari, uning ekologik muvozanatlarini, o’z vatanidagi o’simlik va hayvonot dunyosining holatini, atrof-muhit tozaligini, ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni chuqur bilishlari lozim. Mazkur darslikda jamiyat va insonning o’zaro munosabatlari, tabiiy-ilmiy anglash mohiyati ekologiyaning maqsad hamda vazifalari, bo’limlari, rivojlanish tarixi va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi, asosiy ekologik omillar Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik vaziyat, unda Orol va Orol bo’yidagi ekologik holatning kelib chiqish sabablari, ularni hal qilish yo’llari, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar va moddalar hamda ularning organizmlarga ta‘sir qilish mexanizmlari keltirilgan hamda Respublikamiz va chegaradosh davlatlarning suv manbalari, undan foydalanishning sanitariya holati hamda suv sifatining gigiyenik me‘yorlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yoritilgan.2 Tuproqni inson va hayvonlar hayotidagi o’rni, ifloslantiruvchi manbalar, uni muhofaza qilish yo’llari hamda 9 Respublikamizning o’simlik va hayvonot olami, ularni har tomonlama saqlash bo’yicha ma‘lumotlar O’zbekiston Respublikasida ekologik-iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan ma‘lumotlar ham keltirilgan. Ekologiya bo’yicha keyingi yillarda o’qilgan ma‘ruza matnlaridan ham foydalanilgan.

Download 36.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling