KORXONА VА TАSHKILOTLАRNING MOLIYАVIY NАTIJАLАRI.
Foyda. 2022- yilning yanvar - avgust oylarida iqtisodiyot tarmoqlarida korxona va tashkilotlar tomonidan 57322,0 mlrd. so‘m miqdorida yakuniy moliyaviy natija olindi. 2021- yilning shu davriga nisbatan solishtirilganda foyda 23,5 % ga ko‘paygan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natijalar, mlrd.so‘m.
Yakuniy moliyaviy natijalarning yillar bo‘yicha dinamikasi
(yanvar- avgust, mlrd. so‘m)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yakuniy moliyaviy natijalar
2022- yilning yanvar-avgust oylarida 2021- yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, foydaning asosiy o‘sishi “NKMK” DK (1 309,0 mlrd.so‘m), “O‘zkimyosanoat” AJ (1 046,5 mlrd. so‘m), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (997,9 mlrd. so‘m), “O‘zavtosanoat” AJ (956,4 mlrd. so‘m), “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (169,6 mlrd. so‘m), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (167,3 mlrd. so‘m), “Uzbekistan Airways” AJ (133,6 mlrd. so‘m)ga to‘g‘ri keldi.
Foydaning o‘sishi, (mlrd. so‘m)
2022- yilning yanvar-avgust oylarida 2021- yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, foydaning asosiy pasayishi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi – 540,8 mlrd.so‘mga, “Olmaliq KMK” AJ – 132,6 mlrd. so‘mga, “Hududgazta’minot” AJ – 87,6 mlrd. so‘mga, “Toshshahartransxizmat” AJ – 67,3 mlrd. so‘mga, “O‘zmahsusmontajqurilish” AJ – 65,0 mlrd. So‘mga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalarida – 64,5 mlrd. So‘mga kuzatilgan.
Foydaning pasayishi, mlrd. So‘m
Hududlar kesimida yakuniy moliyaviy natijalar.
Hududlar kesimida foydaning asosiy qismi Navoiy viloyati 23 205,5 mlrd. So‘m (jami foydaning 40,5 % i), Toshkent viloyati 11 911,2 mlrd. So‘m (20,8 %), Toshkent shahri 10 088,4 mlrd. So‘m (17,6 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 889,7 mlrd. So‘m (6,8 %), Andijon viloyatida 2 231,3 mlrd. So‘m (3,9 % ), Qashqadaryo viloyati 1 903,4 mlrd. So‘m (3,3 %) va Farg‘ona viloyati 1 070,9 mlrd. So‘m (3,0 %)ga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumot uchun : 2022- yilning yanvaravgust oylarida 547 ta korxona va tashkilotlar 9963,6 mlrd. so‘m zarar ko‘rgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |