Stilistik figuralar - fikrning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun qo’llaniladigan o’ziga xos belgilangan nutqning oborotlar stilistikasidir. Asosiy stilistik figuralar - bular anafora, epifora, gradatsiya, parallellik, antiteza, inversiya, ritorik so’roq, ritorik xitob, ritorik murojaat, oksyumoron.
Anafora - har bir parallel qatorning boshida bir-biriga o’xshash tovush, so’z yoki so’z guruhlarining takrorlanishidan, ya’ni nutqning mustaqil bo’laklariga
nisbatan ikki yoki undan ortiq boshlang’ich qismining takrorlanishidan iborat bo’lgan figura.
Epifora - nutqning yonma-yon bo’laklari so’nggida bir so’zning qaytarilishidan iborat bo’lgan figura.
Gradatsiya - bir necha (odatda uchta) bir xildagi gap bo’laklarining ketma-ket ishlatilishi. Bunda ko’pincha oldingi so’zning ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiluvchi sinonimlar ishlatiladi.
Parallellik - qo’shni gaplar yoki nutq bo’laklarining bir xil sintaktik qurilishi.
Antiteza (qarshilantirish) - bir tushunchaninig zid ma’nosining qarama-qarshi qo’yilishi.
Inversiya - gap bo’laklarining noodatiy tartibda joylashuvi. Bunda muallif muhimroq nuqtalarga, so’zlarga diqqatni qaratadi.
Ritorik so’roq - javobi oldindan ma’lum bo’lgan savol yoki so’rovchining o’zi javobini beruvchi savol ifodalovchi figura sanaladi.
Ritorik xitob - hissiyotning eng yuqori nuqtasi. Ritorik xitob turli xil muallifning hissiyotlarini beradi: hayratlanish, xursandchilik, qayg’u va boshqa. Xatda ritorik xitob odatda undov belgisi bilan tugallanuvchi gapdan iborat bo’ladi. Ritorik xitobni o’qishda undov ohang bilan beriladi.
Ritorik murojaat - shartli xarakterga ega murojaat. Unda asosiy rolni matn emas, balki murojaat ohangi o’ynaydi. Ritorik murojaat ko’pincha monologlarda uchraydi.
Oksyumoron - bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi tushunchalarning kutilmagan bog’lanishi (“Pomeshchik qizi-dehqon ayol” A.S.Pushkinning dostoni nomi)
II BOB. MORFOLOGIK NUTQNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |