I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


-rasm. Zamonaviy ta’limda mustaqil ish shakllari


Download 0.64 Mb.
bet16/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

1.3.1-rasm. Zamonaviy ta’limda mustaqil ish shakllari.

SHunday qilib, umr bo‘yi ta’limni hayotga tatbiq etish mustaqil va doimiy ravishda o‘rganish qobiliyatini anglatadigan o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini o‘qitish texnologiyasini ishlab chiqishni talab qiladi. SHu munosabat bilan talabalarning mustaqil ishlarining o‘rni sezilarli darajada oshadi.


Birinchi bob bo‘yicha xulosa:
1. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy faoliyatga tayyorgarligi hamda mustaqil ish jarayonida asosiy kompetensiyalar, ularning turlari, mazmun-mohiyati, soha olimlarining bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishga oid qator ishlari o‘rganildi, tahlil qilindi.
2. Talabalarning asosiy kompetensiyalari, jumladan, mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasini takomillashtirish, interfaol o‘qitish metodlari, modulli-kompetensiyaviy yondashuvning mazmuni, mohiyati va hozirgi holati chuqur o‘rganilib, tahlil qilindi.
3. Mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kasbiy darajada muhim shaxsiy sifatlar, jumladan, mustaqillik, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil etish va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati rivojlandi.
4. Interfaol o‘qitish usullaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quv jarayoniga kiritilishi mustaqil ish uning mazmun-mohiyati, bu jarayonda didaktik tayyorgarlik, didaktik bilim va ko‘nikmalar hamda didaktik kompetensiyani shakllantirish, nazorat qilish va faollashtirish, shuningdek, quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon berdi: individual o‘qish sur’atini ta’minlash; talabalarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish; turli xil axborot manbalari bilan mustaqil ishlash ko‘nikmasini oshirish; mustaqillikni rivojlantirish; talabalarning o‘quv yutuqlarini doimiy tashqi va ichki nazoratni ta’minlash vazifalarini hal etishga xizmat qildi.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling