I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet19/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Bosqichlar

Mazmuni

1-bosqich

Talabalarni faoliyat va uning bilimlari bilan tanishtirish bosqichi, ya’ni harakatlar uchun indikativ asosni yaratish (Fanlarni nazariy metodologik asoslarini o‘zlashtirish)

2-bosqich

O‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni mustaqil ish jarayonida amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini hosil qilish

3-bosqich

Mustaqil ravishda o‘qib o‘rganish va ijodiy izlanish asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikmalarni malakaga aylanishiga erishish

4-bosqich

Mavjud nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga tayangan holda didaktik kompetensiyani takomillashtirish

Faoliyatning indikativ asosini shakllantirish bosqichida talabalar mustaqil ishlash strategiyalari, ularni qo‘llash maqsadi, strategiyani tuzadigan usullar to‘g‘risida zarur tushuntirishlarga ega bo‘ladilar. Bu harakat emas, faqat u bilan tanishish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlari, ushbu harakat mantig‘ini, uni amalga oshirish imkoniyatlarini tushunishni ta’minlaydi. Biroq harakatlar o‘rganilishi uchun talabalar buni bajarishlari kerak. SHuning uchun birinchi bosqichdan so‘ng material shaklidagi harakatni shakllantirish bosqichi ajratiladi. Ushbu bosqichda o‘qituvchi taklif etilgan strategiya va metodlar orqali ma’lum bir o‘quv vazifasini bajarishni taklif qiladi. Talabalar ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga rioya qilgan holda, o‘qituvchi tomonidan o‘rnatilgan namunaga muvofiq ketma-ket echadilar. Ushbu bosqichdagi asosiy yo‘l – bu birgalikdagi faoliyat, usul esa tashqi harakatlarni amalga oshirishdir. Bundan tashqari, tashqi harakatlar birinchi navbatda maksimal darajada joylashtirilishi kerak va shundan keyingina ularni qisqartirish mumkin. Tashqi nutq harakatlarining shakllanish bosqichida talabalar ovoz chiqarib aytadilar, ular bajargan barcha narsalar haqida sharhlaydilar. Ushbu bosqichda talabalar topshiriqni bajarishda endi qo‘llab-quvvatlanmaydilar. Bunday ish har xil shakllarda, ham individual, ham juft, guruhda va boshqalar yordamida bajarilishi mumkin.


Jamoaviy ish shaklida talabalar bir-birlariga o‘z harakatlarini tushuntirishlari mumkin, sheriklar tanlangan harakatlarning to‘g‘riligini nazorat qilish imkoniyatiga ega. Tashqi nutqda harakatni shakllantirish bosqichida talabalar ovoz chiqarib gapirmasdan ma’lum strategiyalarni o‘zlariga qo‘llashadi, ya’ni ular mustaqil ravishda butun ish jarayoni amalga oshiriladigan harakatlar to‘g‘risida gapirib, mustaqil ravishda strategiya yordamida o‘quv vazifalarini bajaradilar, maqsadlar qo‘yadilar, vazifalarni rejalashtiradilar, turli manbalardan foydalangan holda kerakli adabiyotlar topadilar, topshiriqni bajaradilar va uning echimini nazorat qiladilar. Ichki nutqda harakatlarni shakllantirish bosqichida talaba tomonidan bajariladigan barcha harakatlar avtomatik bo‘ladi. Ushbu bosqichda talabalar muammolarni hal qilishda mustaqil ish jarayonida eng samarali strategiya va usullarni o‘z nuqtai nazaridan qo‘llaydilar.
SHunday qilib, mustaqil faoliyat strategiyasini shakllantirishda aqliy harakatlar shakllanishining barcha bosqichlarining o‘tishi strategiyalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tashqi harakatlar ichki aktivga aylanishiga va bu jarayonda o‘qituvchining ishtirokisiz aqliy ravishda amalga oshirilishiga olib keladi.
Talabalarda mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasini takomillashtirishda interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish talabalarning o‘quv-tarbiya jarayoniga munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi aniqlandi: o‘rganish predmetidan olingan ma’lumotni mashq bajaruvchi sub’ektga mustaqil ravishda (yakka tartibda yoki guruhda) kerakli axborotlarni olishga erishish va asoslash. Interfaol o‘qitish usullaridan foydalanganda o‘qituvchining kasbiy mavqei o‘zgaradi: ta’lim mazmunining tarjimonidan boshlab, u aloqa tashkilotchisi, maslahatchi va mutaxassis (ekspert)ga aylanadi, muammolarni hal qilish jarayonini tashkil qiladi va maslahat beradi hamda talabalar tomonidan olingan natijalar (echimlar)ni o‘rganadi.
Talabalarning didaktik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil faoliyatining turli xil sharoitlarida o‘zaro ta’siriga asoslangan interfaol o‘qitish usullarini tasniflashga ajratamiz: o‘quv faoliyatida (matn bilan ishlashning interfaol usullari, munozaralar, bahslar); harakat orqali kasbiy faoliyatda (ishbilarmon o‘yinlar, treninglar, keys-metod, vaziyatni tahlil qilish, loyiha uslubi, aqliy hujum va h.k.); Ma’lumki, nazorat topshiriqlari talabada ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilib, bu jarayonda talaba nimani bilanman, nimani bilmoqchiman va yana nimani bilib oldim (BBB) interfaol metodiga asoslanadi (2.2.1-jadval).
Ushbu metodning mohiyati shuni anglatadiki, talaba har safar egallagan yangi axborotni integrativ jarayonda yaxlit, o‘zaro bog‘liqlik, o‘zaro izchillik tomonlariga e’tiborni qaratadi. Fanlararo bog‘liqlikning tafakkur rivojiga ta’sirini anglab etadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling