I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet20/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

2.2.1-jadval



Topshiriqlar

Bilaman

Bilmoqchiman

Bildim

1

2

3

4

5

1.

Mustaqil ta’limning nazariy asoslarini sharhlang










2.

Integratsion yondashuvning mohiyatini izohlang










3.

Pedagogik va ixtisoslik fanlar aloqadorligiga oid mavzu rejasini tuzing










4.

Mustaqil ta’limni kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi mavqeni asoslang










YOzma nazorat topshiriqlarini bajarishda FSMU interfaol metodning ham alohida o‘rni bor. Buni jadval holida quyidagi ko‘rinishda ifoda etish mumkin (2.2.2-jadval).


FSMU jadvali
2.2.2-jadval



Topshiriq

Natija

1

FSMU

Javoblar

1.

F-fikringizni bayon qiling




2.

S-sababini izohlang




3.

M-misollar keltiring




4.

U-umumlashtiring




YOzma topshiriqlarni talaba og‘zaki javoblarda bayon etadi. Bunday interfaol metodlardan “Zanjir” metodi asosida o‘qituvchi javoblar ketma-ketligi tartibida yakuniy fikrni bildirishi mumkin. Keyingi bosqichlarda aqliy hujum, debat, 6x6x6 metodlaridan foydalaniladi.


Didaktik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda loyiha metodi yaxshi samara beradi.
Loyiha” metodi – bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir topshiriqning echimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.
“Loyiha” metodi bo‘yicha topshiriqni bajarish ketma-ketligi:
1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, internet manbalari, elektron darslik va elektron resurslar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlar yig‘adilar.

  1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda mashg‘ulot rejasini ishlab chiqadilar. Mashg‘ulot rejasini ishlab chiqishda mavzu mohiyatini ochib berish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va mantiqiy ketma-ketligini rejalashtirishlari lozim.

  2. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan birgalikda belgilangan maqsad bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi.

  3. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling