I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Mustaqil ishlarni baholash mezonlari


Download 0.64 Mb.
bet22/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Mustaqil ishlarni baholash mezonlari
2.3.1-jadval

Ball

Baho

Mustaqil ishlarning bajarilganlik darajasi

86-100

A’lo
“5”

Mustaqil ishlar to‘liq va aniq bajarilgan, ta’lim olish metodlari, vositalari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan, olingan ma’lumotlar tahlil etilib, ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez elementlari bayon qilingan, izchil va tizimli ravishda muammoning echimiga qaratilgan loyihalash jarayoni amalga oshirilgan, texnologik jarayonlar va texnik ob’ektlar to‘g‘ri tanlangan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, Internet ma’lumotlaridan samarali foydalanilgan hamda havolalar keltirilgan.

71-85

YAxshi
“4”

Texnik-metodik muammolar echimiga qaratilgan, evristik turdagi mustaqil ishlash elementlari o‘z aksini topgan, axborotlar ahamiyatiga ko‘ra tabaqalashtirilgan, texnologik jarayonlar va texnik ob’ektlar to‘g‘ri tanlangan, mustaqil ishni bajarishga qisman ijodiy yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilgan, Internet ma’lumotlari keltirilgan.

55-70

Qoni-qarli
“3”

Mustaqil ish bajarish uchun lozim bo‘ladigan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanilgan, berilgan namunalarga asoslanib mantiqiy echimlar keltirilgan, rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlash elementlari aks ettirilgan, texnologik jarayonlar va texnik ob’ektlarni tanlashda noaniqliklar mavjud, mustaqil ishni bajarishga ko‘rsatmalar asosida yondashilgan, muammoga tegishli adabiyotlardan etarlicha foydalanilgan.

0-54

Qoni-qarsiz
“2”

Mustaqil ishlar etarlicha izchillikda va tizimlilik darajasida bajarilmagan, namunalarga o‘xshash tarzda, ijodiy yondashilmagan holda bajarilgan, materiallarni o‘rganishda umumiydan muhimlarini to‘g‘ri ajratib olinmagan, mustaqil ishlar pala-partish, noaniqliklar bilan bajarilgan, texnologik jarayonlar va texnik ob’ektlar noto‘g‘ri tanlangan, mustaqil ishni bajarishga ijodiy yondashilmagan, muammoga tegishli adabiyotlardan unumli foydalanilmagan, Internet ma’lumotlaridan ko‘chirilgan.

Mustaqil ta’limini samarali tashkil kilish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli vositalaridan foydalanish mumkin. Jumladan, elektron kurslar, elektron ta’lim tizimlari, video ma’ruzalar, veb-seminarlar, elektron testlar va boshqalar. Bu vositalardan tashqari, hozirgi vaqtda zamonaviy va ixcham mobil texnologiyalar ham mavjud. Talabalarning mustaqil ta’limini mobil texnologiyalar asosida tashkil etishda birinchi navbatda muayyan vaqt va joyga bog‘liq bo‘lmagan holda ta’lim materiallari o‘rganiladi. Bu talabani o‘rganishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni olishga imkon beradi.


Mobil texnologiya asosida ta’lim bugungi kunda xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimlarida keng qo‘llanilmokda. Amerika Qo‘shma SHtatlari, Kanada, Evropa mamlakatlarida mobil ta’lim resurslari va ularning rivojlanish usullarini birlashtiruvchi yagona platformadan foydalanish orqali turli fanlarni o‘qitishda mobil ta’lim texnologiyalari joriy etilganligini ta’kidlash mumkin.
Bugungi kunda ko‘plab kompyuter, aloqa va hisoblash texnikasi ishlab chiqarayotgan firmalar yangi platformadagi ixcham sensorli zamonaviy kompyuterlarni ishlab chiqarmoqdalar. Bularga planshet, smartfon va mobil qurilmalarni keltirish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mobil qurilmalar aksariyat hollarda intellektual tizim tashkil etuvchisi smartfon yoki planshetlar hisoblanadi.
Mobil kurilmalarning imkoniyati tobora taraqqiy etib borayotganligi sababli ular ta’lim vositasi sifatida keng qo‘llanilishi an’anaviy va noan’anaviy ta’limda asosiy o‘rinni egallab bormoqda. Ta’lim olishning zamonaviy usullaridan biri – bu mobil texnologiya asosida ta’lim olish bo‘lib, u kun sayin rivojlanib bormokda. “Infonetics Research” kompaniyasining analitik bashoratiga ko‘ra, jahon bo‘yicha so‘nggi besh yilda mobil aloqa asosida global tarmoqdan foydalanish 6 millionga yaqin ekanligini keltirib o‘tilgan. Hozirda mobil ta’lim atamasidan uch ko‘rinishda foydalanish mumkin:
Internetga kirish va kerakli axborotlarni olish uchun mavjud tizimlardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish lozim. Internetda e-mail servisidan tortib, veb-saytlardan foydalanish turlicha shaklda amalga oshiriladi.
Buning uchun bir necha saytlarga e’tibor bering.

  1. Internetda veb-sayt yarating (www.googles.com).

  2. Veb-saytingizga kirishni tekin qiling (www.freewbpage. serverpro/com/index2.htm). Sayt yaratganingizdan so‘ng uni vaqti-vaqti bilan ochib ko‘rib turish lozim. Ana shunda saytingizni kimlar o‘qiganini bilib borasiz.

  1. Ta’limga oid ma’lumotlarni pulsiz olish. www.Worldwidelearn.com yoki www.Learnthat.com

  2. Elektron kutubxona: www.ask. Elibrary.com Bu gazeta va kitoblarni va ilmiy ishlarni topishning muhim va qulay sayti.

  1. O‘zbekiston ta’lim portali: www.ilm.uz.

  1. Innovatsion texnologiyalar markazi sayti: www.cit.org.

  2. Axborot ta’lim resursi manbalari portali: www.ziyonet.uz.

Tadqiqot muammosini yoritishda “Pedagogika. Psixologiya” fanidan mustaqil ish jarayonida AKT va internetdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqildi. Yo‘riqnoma mazmunini “Muammoli ta’lim texnologiyalari mohiyati. Muammoli vaziyatlarni yaratish va hal qilish yo‘llari” topshirig‘i misolida keltiramiz:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling