I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash


Download 0.64 Mb.
bet27/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi.
Tadqiqot davrida professional ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan kasb ta’limi o‘qituvchilari, xususan, texnika oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasini takomillashtirishning nazariy asoslariga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad –mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini takomillashtirish imkonini beruvchi tavsiya etilgan pedagogik shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat etib belgilandi.
Ko‘rsatilgan pedagogik shart-sharoitlar kasbiy tata’limi o‘qituvchisini tayyorlashning barcha bosqichlarida amalga oshirildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarini tahlil qilish oliy ta’lim muassasalarida talabalarning mustaqil ishlash jarayonining barcha tarkibiy qismlarini shakllantirish darajasini oshirishga yordam beradi, buning natijasida tajriba va nazorat guruhlarining natijalari tasdiqlanadi.
SHunday qilib mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha barcha tarkibiy qismlari: mavjud intuitiv va reproduktiv darajalar reproduktiv va ijodiy, ba’zi hollarda ijodiy darajasining sezilarli darajada oshishi kuzatildi. Olingan ma’lumotlarni statistik ishlov berish tajriba-sinov ishining ishonchliligini tasdiqladi.
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:

  1. Oliy ta’lim muassasalarida Boshlang‘ich ta’limi yo‘nalishlari faoliyati mazmunini yorituvchi o‘quv-me’yoriy hujjatlarni (davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, fan dasturlari va boshqalar) o‘rganish asosida o‘quv-tarbiya jarayonida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlashda mustaqil ta’limni tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni o‘rganish va umumlashtirish.

  2. Oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich ta’limi yo‘nalishida talabalarning mustaqil ishlash jarayonining mohiyati borasidagi asosiy tushunchalarni o‘zlashtirganligi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash.

  3. Mustaqil ish jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini interfaol ta’lim metodlari asosida takomillashtirish modelini ishlab chiqish orqali uni amaliyotga tatbiq etishning baholash metodikasini tajriba-sinov ishida tekshirish.

  4. Mustaqil ish jarayonida interfaol ta’lim metodlari asosida talabalarning kasbiy kompetentliligini takomillashtirilishiga erishish.

Amaliy tajriba ishlarining ma’lum maqsad va unga muvofiq belgilangan vazifalar asosida tashkil etilishi quyidagi holatlarni yuzaga keltirdi:

  1. tajriba-sinov ishlarining aniq yo‘nalishga ega bo‘lishi;

  2. mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;

  3. tajriba-sinov ishlarining olib borishdan unumli foydalanish;

  4. kutilayotgan natijani oldindan bashorat qilish;

  5. aniq natijani qo‘lga kiritish;

  6. tajriba-sinov ishlarining yuqori darajadagi samaradorligining ta’minlanishi.

Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi:


  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling