I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet28/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Asoslovchi tajriba bosqichida Mustaqil ishlash jarayonida talabalarning didaktik kompetensiyasini takomillashganlik samaradorlik darajasining mavjud yo‘nalishini aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda kasb ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ishlarini interfaol ta’lim metodlari asosida tashkil qilishda pedagogik kuzatish, suhbat, anketa so‘rovlari, shuningdek, o‘quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari mohiyatini yorituvchi hujjatlarni o‘rganish kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini berdi. Tadqiqot mavzusiga oid etakchi pedagog va olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilindi.

  • SHakllantiruvchi tajriba bosqichida dissertant tomonidan tavsiya etilayotgan ko‘rsatma, yo‘riqnoma va metodik ishlanmalar asosida mustaqil ish jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy-metodik faoliyat yo‘lga qo‘yildi. Bunda talabalar faoliyatni bevosita yoki bilvosita pedagogik kuzatish, ular ishtirokida diagnostik ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy treninglarni tashkil etish, suhbat, anketa so‘rovi kabi metodlar yordamida talabalarni mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan umumiy pedagogik ta’sir, pedagogik-psixologik, nazariy va amaliy bilimlar integratsiyasi, fanlararo integratsiya asosida mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi integrativ yondashuv hamda mustaqil faoliyatni yo‘lga qo‘yish asosida talabalarning didaktik kompetentligini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlangan ilmiy echimlar uslubiy tavsiya va qo‘llanmalar yaratishda amaliy qo‘llanildi, ular asosida tajriba sinov-ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan muhim o‘rin tutuvchi talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda o‘qitishning modul texnologiyasi imkoniyatlari, shu asosida talabalar va o‘qituvchilar uchun modul ta’limi asosida o‘quv-uslubiy majmualar, sillabuslardan foydalanish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga erishildi.


  • Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling