I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning tahlili


Download 0.64 Mb.
bet30/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

3.2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning tahlili

Tajriba-sinov ishida mamlakatimizning to‘rtta oliy ta’lim muassasalaridan jami 222 ta talabalar ishtirok etdilar. Tajriba-sinov davrida tadqiq etilayotgan muammoning quyidagi: didaktik kompetensiya komponentlari, talabalar mustaqil ishini tashkil etish shakllari, pedagogik shart-sharoitlar, mezon va darajalari yo‘nalishlarida izlanishlar olib borildi. Tajriba-sinov ishlari: a) tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi; b) tajriba-sinov ishlarini bevosita tashkil etish bosqichi; v) yakuniy bosqichlardan iborat bo‘ldi.


Har bir bosqichni o‘tkazish davrida quyidagi metod va faoliyat turlaridan foydalanildi: anketa so‘rovnomasi, loyiha metodi, muammoli ta’lim.
Tajriba-sinov ishlarining natijalari pedagogik tadqiqotlarda tatbiq etiladigan matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlandi.
Birinchi bosqichda (2016–2017) muammoning holati pedagogik o‘rganildi; tadqiqot ob’ekti, mavzusi, ilmiy apparati aniqlandi; talabalarning mustaqil ishini tashkil etish nazariyasi va amaliyoti o‘rganildi, mustaqil ish jarayonida oliy ta’lim muassasalari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirish modeli ishlab chiqildi, pedagogik shart-sharoitlar aniqlandi, tajriba-sinov dasturi tuzildi, uni o‘tkazish vaqti belgilandi.
Ikkinchi bosqichda (2017–2018) tajriba-sinov ishining har bir bosqichi uchun o‘rganish maqsadi va vazifalari aniqlandi, tajriba-sinovning asosi aniqlandi, tajribaning aniq bosqichi o‘tkazildi, bu talabalarning didaktik kompetensiyasining boshlang‘ich darajasini aniqlash imkonini berdi va didaktik kompetensiyani takomillashtirish modelining samarali ishlashi uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratildi, pedagogik universitet talabalari mustaqil ish jarayonida, tajriba-sinovning nazorat bosqichi o‘tkazildi.
Uchinchi bosqichda (2018-2019) tajriba-sinov ishi jarayonida olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlash amalga oshirildi, dissertatsiya tadqiqotlari natijalari umumlashtirildi va rasmiylashtirildi.
Tajriba-sinov ishining maqsadi mustaqil ish jarayonida texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirish modelining samarali ishlashiga yordam beradigan nazariy jihatdan asoslangan pedagogik shart-sharoitlarini tekshirishdan iborat.
Tajriba-sinov ishi jarayonida tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- oliy ta’lim muassasalari Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirish darajasini aniqlaydigan diagnostika vositalarini ishlab chiqish;
- tanlangan texnik vositalar yordamida texnika oliy ta’lim muassasalari Boshlang‘ich ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirishning boshlang‘ich darajasini o‘rganish;
- mustaqil ish jarayonida texnika oliy ta’lim muassasalari Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirish modelining samarali ishlashi uchun pedagogik sharoitlarni tekshirish;
- mustaqil ish jarayonida texnika oliy ta’lim muassasalari Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiya darajasidagi o‘zgarishlarni aniqlash;
- mustaqil ish jarayonida texnika oliy ta’lim muassasalari Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirilganligi yakuniy darajasini o‘rganish.
Tajriba-sinovning aniqlovchi bosqichi tanlangan usullardan foydalangan holda texnika oliy ta’lim muassasalari Kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarining didaktik kompetensiyasini shakllantirishning boshlang‘ich darajasini o‘rganishga qaratilgan (T.I.Ilinaning “Universitetda o‘qish uchun motivatsiya”, N.V.Kuzminaning talqinida projektiv o‘qitish ko‘nikmalarini shakllantirish darajasini aniqlash uchun test. A.V.Karpov va boshqalarga ko‘ra refleksivlikning og‘irligini individual o‘lchov diagnostikasi).
Ta’lim jarayonida talabalarni mustaqil ishlarni bajarish jarayonini kuzatish davomida o‘quv jarayonining o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa yoki tomonlari ajratildi, masalan, mashg‘ulotlardagi talabalarning faolligi, o‘zlashtiriladigan materialga nisbatan ularning qiziqishlari, berilgan javoblarning sifati: to‘g‘riligi, to‘liqligi, anglanilganligi va shu kabilar. Tadqiqot davomida olingan natijalar aniq belgilangan tartibda qayd etib borildi.
Topshiriqlar bo‘yicha bajargan ishini tahlil qilib, biz talabalarni quyidagicha baholaymiz: topshiriqni 56% dan kam bajargan talabalar, 56% dan 71% gacha topshiriqni bajargan talabalar, 72% dan yuqori topshiriqni bajargan talabalar guruhiga ajratdik.
Pedagogik tajriba-sinovning birinchi bosqichi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida olib borildi. Tajriba-sinovda umumkasbiy fanlardan dars beruvchi 9 ta o‘qituvchi, muhandislikka oid ixtisoslik fanlaridan 8 ta o‘qituvchi hamda jami 275 ta talaba ishtirok etdi.
Tajriba-sinov davomida umumkasbiy falardan materiallar birlashmasi kasbga mo‘ljallanib, undan “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fanining barcha ko‘rinishdagi mashg‘ulotlarida ixtisoslik muammolarini echish uchun foydalanildi. Guruhlar umumkasbiy: kasbiy pedagogika, ta’lim texnologiyalari, jahon ta’lim tizimi, kasb ta’lim metodikasi va kasbiy psixologiya fanlari yakuniy natijalariga ko‘ra shakllantirildi. Mazkur fanlardan talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi nazorat va tajriba guruhlarida o‘rtacha bir xildaligi kuzatildi. Tajriba guruhlarida mashg‘ulotlar taklif etayotgan metodikamiz asosida, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tarzda olib borildi.
Ta’lim samaradorligini aniqlashda asosiy mezon sifatida: bilimlarni anglanganligi va amaliy tatbiq eta olishligi hamda ixtisoslik muammolarini echishga qaratilgan ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot va tatbiqiy masalalarni echishda olingan bilimlardan ijodiy foydalana olish qobiliyatining mavjudligi qabul qilindi.
Tajriba va nazorat guruhlaridan tajriba-sinovgacha olingan barcha natijalar bilan uni o‘tkazib bo‘lingandan keyingi natijalar foizlarda taqqoslandi hamda past, o‘rta, yuqori darajada baholandi. Buning uchun har bir mavzu bo‘yicha bajarilgan mustaqil ishlarni bajarganlik holati, ularni tekshirish va tahlil qilish asosida u yoki bu majmuaviy bilimlarni o‘zlashtirgan talabalar soni aniqlanib borildi. Talabalarda nazariy va amaliy bilimlar darajasini va kasbiy ko‘nikmalarning shakllanganligini aniqlash uchun topshiriqlar taqdim etildi.
Turli fanlardan bilimlarni u yoki bu elementlarini o‘zlashtirgan hamda didaktik kompetensiyalarga ega bo‘lgan talabalar soni nazorat guruhiga nisbatan tajriba guruhida ko‘pchilikni tashkil etadi.
Bundan tashqari tajriba guruhidagi talabalarga bilim va kompetensiyalarni o‘zlashtirish o‘rta va yuqori darajaga to‘g‘ri keladi. Tanlangan materiallar umuman olganda talabalar uchun tushunarli bo‘lib, nazariy bilimlar bilan amaliy bilimlarning bog‘lanish qonuniyatlarini hisobga oluvchi asosiy tushunchalar ularda etarli darajada shakllangan.
Tajriba-sinovning ikkinchi vazifasini natijalari –talabalarda didaktik faoliyatni shakllanishida turli ta’limiy jarayonlar ahamiyatini baholash hamda talabalarda tadqiqotchilik va loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirishda taklif etilayotgan metodikadan samarali foydalanish, qayd etuvchi tajriba-sinov natijalari bilan ustma-ust tushdi. Didaktik kompetensiyani takomillashtirishga bo‘lgan qobiliyat “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” ixtisoslik fani ta’lim jarayonida boshqalariga nisbatan samarali shakllandi. Ahamiyatlilik nuqtai nazaridan ikkinchi o‘rinda talabalarda fundamental bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi umumkasbiy fanlar egalladi. Talablarning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtiroki uchinchi o‘rinni va maxsus fanlar to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Tajriba-sinovning uchinchi vazifasini echish didaktik vositalardan foydalanishga bo‘lgan qobiliyatni va kompetensiyalarni aniqlovchi, qayd etuvchi tajriba-sinov natijalari mustaqil topshiriqlari natijasida o‘z tasdig‘ini topdi.
Ana shu maqsadda nazorat va tajriba guruhlari talabalarining mazkur fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari hamda kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarilishi va himoyalari natijalari taqqoslandi.
Ulardan olingan natijalarni quyidagi jadvallarda keltiramiz:



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling