I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet33/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa

  1. Talabalarning mustaqil ish jarayonida didaktik kompetensiyasi interfaol o‘qitish usullari asosida takomillashtirish bo‘yicha “Pedagogika. Psixologiya”, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fanlaridan mustaqil ishlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida keys-usuli, munozaralar, loyihalar usuli, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlar tahlili kabi interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi.

  2. Tajriba-sinov ishlarini olib borish yordamida bo‘lajak boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini interfaol o‘qitish usullari asosida takomillashtirish samaradorligi isbotlandi. Interfaol o‘qitish usullari asosida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”, “Ta’lim texnologiyalari”” fanlaridan mustaqil ish jarayonida talaba mustaqil ishlashning maqsad va vazifalarni o‘z ichiga olgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.

  3. Interfaol o‘qitish usullari asosida talabalarning muntazam o‘quv ishlarini rag‘batlantirishi, uning natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida, didaktik kompetensiyasini takomillashtirish mustaqil ish jarayonida talabalarni o‘z-o‘zini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Olingan natijalar asosida interfaol metodlardan samarali foydalanish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi.

  4. Tajriba-sinov ishi tajriba hamda nazorat guruhlarida qiyosiy tavsifga xos tarzda olib borildi. Qiyosiy tajriba o‘tkazish vaqtida tajriba hamda nazorat guruhlari talabalari ta’limining samaradorlik darajasi o‘rtasidagi farq aniqlandi, mezonlar yordamida mazkur ko‘rsatkichlar farqining ahamiyati baholandi. SHu bilan birga o‘lchov ishlari nomlanishlar shkalasi bo‘yicha o‘tkazildi.

  5. Ta’lim samaradorligini aniqlashda asosiy mezon sifatida: bilimlarni anglanganligi va amaliy tatbiq eta olishligi hamda ixtisoslik muammolarini echishga qaratilgan ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot va tatbiqiy masalalarni echishda olingan bilimlardan ijodiy foydalana olish qobiliyatining mavjudligi qabul qilindi.

  6. Talabalarda shakllantirilgan bilimlarining kasbiy ma’noda anglanganligi mustaqil ishi topshiriqlarida beriladigan savollariga javoblarda egallayotgan didaktik kompetensiyasini takomillashtirishga tayyorligi ko‘nikmasining mavjudligi orqali aniqlandi. Mustaqil ishi natijasi bo‘yicha tajriba-sinov guruhidagi talabalarning topshiriqni bajarganlari sonini, nazorat guruhidagi topshiriqni bajargan talabalar soniga nisbati orqali bilimlarni puxta egallaganlik koeffitsienti hisoblandi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling