I bob. O`Guz lahjasi haqida


Download 70.59 Kb.
bet16/19
Sana10.02.2023
Hajmi70.59 Kb.
#1184417
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
00 O`zbek va turk tillarida qush nomlarining qiyosiy tahlili

Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hozirgi isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohida-alohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hozirgi turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hozirgi gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuzsaljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (11 —14-asrlar), eski usmonli (14—19-asrlar) va eski ozarbayjon (14—19-asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hozirgi ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrimtatar tilining jan. lahjasini qamrab oladi. Hozirgi Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillari va ayrim tillarning oʻgʻuz lahjalarida soʻzlashuvchilarning soni hozirgi kunda 77—78 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari). Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g, gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham ancha muncha farqlanadi.
Oʻgʻuz tillarining barchasi 20-asrning 30-yillarigacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalangan, 1928—29 yillardan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtgan; SSSRda yashovchi ozarbayjon va turkmanlar 1940—92 yillarda rus grafikasidan foydalanib, keyin yana lotin grafikasi asosidagi yozuvni joriy etganlar. Bolqondagi ayrim mayda turkiy tillar yunon alifbosi asosidagi yozuvdan, Eron va Afgʻonistonda yashovchilar esa arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.
Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar guruhi. Shuningdek janubi-gʻarbiy turkiy tillar nomi bilan ham mashhur. Osiyoda va Ovroʻpaning janubiy va sharqiy qismlarida tarqalgan.6



Download 70.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling