“Muloqot” texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi. Tanlangan mavzu, muammo asosida talabalarning fiklarini hamda ushbu mavzuga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to’gri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqotga kirishish va muloqot qila olishga o’rgatish.
“Bahslahsuv” texnologiyasi
Talabalarning o’quv guruhlarida ularning o’zaro munosabatlarini yanada yaxshilash, bir – birlariga tezlik bilan ko’nikishlari yoki o’zaro bir-birlari bilan yaxshi munosabatda bo’lishlari uchun ba’zida ular o’rtasida bahslar tashkil etib turish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday bahslar talabalarni o’z fikrlarini charxlab olishga, hayotga va turli muommolarga bo’lgan munosabatlarni aniqlab olishga katta yordam beradi. Bahs mavzularni talabalarning o’zlari tanlashlari va taklif etishlari mumkin.
Biz quyida bahslar uchun ba’zi bir mavzularni e’tiboringizga havola etamiz:
Hozirgi zamon komil insoni deb kimni aytsa bo’ladi?
Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?
Sen qanday yashayapsan?
Hayoting qiziqarlimi?
Haqiqiy do’st qanday bo’lishi kerak?
Mening xarakterim shunday...
Beparvolik qayerdan kelib chiqadi?
Moda va men
Bepul narsaning bahosi qancha?
Nima savob – u, nima gunoh?
Bahslarning samarali o’tishi tanlangan mavzuni muhokama qilish uchun oldindan tayyorlangan savollarga bog’liqdir.
Ba’zi bir mavzudagi bahslarni o’tkazish uchun taxminiy savollarni keltiramiz:
Mavzu: Madaniyatli inson deb kimni aytsa bo’ladi?
Savollar:
Madaniyat nima?
Axloqiy madaniyat nima?
Inson madaniyati nimalardan tashkil topadi?
Madaniyatli insonga tegishli quyidagi fazilarlardan qaysi birini birinchi o’ringa qo’ygan bo’lardingiz (xushmuomalalik, topqirlik, ma’lumotlilik, notiqlik)?
Barcha ma’lumotli insonlarni madaniyatli deb atasa bo’ladimi?
Insonlarni so’zlashuvi, nutqiga qarab, ularning madaniyatli ekanliklarini aniqlasa bo’ladimi?
Madaniyatli bo’lish uchun nima qilsih kerak?
Kimlarni madaniyatli desa bo’ladi?
Siz o’zingizni madaniyatli hisoblaysizmi?
Shaxs sifati ko’rinishida axloq-odbning o’rni qanday?
Qanday qilib madaniyatli bo’lish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |