I bob. Oqava va chiqindi suvlarni tozalash jarayonining nazorat qilish va avtomatikasining hozorgi holati
Download 372.88 Kb.
|
1 - Bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv resurslari.
I BOB. OQAVA VA CHIQINDI SUVLARNI TOZALASH JARAYONINING NAZORAT QILISH VA AVTOMATIKASINING HOZORGI HOLATI 1.1-§. Oqava va chiqindi suvlarini tozalash jarayonining hozirgi holati taxlili Bugungi kunga kelib ishlab chiqarish va sanoatning yuqori darajada rivojlanishi va boshqa omillar natijasida yerdagi suv resurslarining katta qismi ifloslanmoqda. Bizning sayyoramiz 71% suv bilan qoplangan bo‘lsa ham, busuvlarning 97% i okean va dengiz suvlarini tashkil e’tadi va ularning insonlar iste’moli uchun yaroqli hisoblanmaydi. Tezkor sanoatlashtirish, kam suv resurslaridan suv iste'mol qilish va boshqa ko‘plab omillar suvning ifloslanishida muhim rol o‘ynaydi. Har yili dunyo bo‘ylab 400 milliard tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Ushbu chiqindilarning katta qismi suv havzalariga tashlanadi. Yer yuzidagi umumiy suvlarning atigi 3% chuchuk suvdir. Agar bu chuchuk suv doimiy ravishda ifloslanishda davom etsa, yaqin kelajakda ichimlik suvning tanqisligi jiddiy muammoga aylanadi. Bu muammolar o‘z navbatida tashqi muhitga, hayvonlar va o‘simliklar olamiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu sababli oqava va chiqindi suvlarni tozalash dunyoda global dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [3]. Suv resurslari. Sayyoramizda tabiiy suvning umumiy hajmi 1386 mln. km3 ni tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan hajmning 97,5 % dan ko‘prog‘ini dengiz, okean va ko‘l suvlari tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 3900 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Shu ko‘rsatkichning taxminan yarmi ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi [1]. Tabiiy suv bu hech qanday antropogen ta’sir ishtirokisiz tabiiy jarayonlar natijasida sifat va miqdoriy jihatdan shakllangan suvdir. Suvlar minerallashish darajasiga qarab (g/l da) chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori < 1), sho‘rroq (1... 10), sho‘r (10...50) va namakob (>50) ga ajratiladi. O‘z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/1 gacha), o‘rtacha minerallashgan (200—500 mg/1) va yuqori minerallashgan suvlarga bo‘linadi. Tarkibidagi anionlar miqdori bo‘yicha suvlar gidrokarbonatli, sulfatli va xloridli bo‘ladi. Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kalsiy va magniy tuzlar borligi bilan belgilanadi. Suvlar tarkibidagi Ca2+, Mg2+ ionlarining konsentratsiyasini mg-ekv/1 larda ifodalanadi. Suvning qattiqligi umumiy, karbonat va nokarbonat turlarga ajratiladi Umumiy qattiqlik karbonat va nokarbonat qattiqliklarning yig‘indisidan iborat. Karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Karbonatsiz qattiqlik esa kalsiy va magniy sulfatlari, xloridlari va nitratlari miqdoriga bog'liq. O‘zDST 950:2000 bo‘yicha «Ichimlik suvi, gigiyenik talablar va sifatni nazorat qilish» talabiga muvofiq ichimlik suvining qattiqligi 2,5—7 mg-ekv/1 bo‘lishi kerak. Suvning qattiqligi 4 mg-ekv/1 bo‘lganda ham suv ta’minoti tizimlarida va santexnika jihozlarida ko‘p miqdorda cho‘kma yig‘iladi. Qattiq suv inson organizmiga, sanoat va maishiy qurilmalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qurilmalar ishdan chiqishining oldini olish maqsadida suv yumshatiladi. Ayrim mamlakatlarda suvlarning qattiqligi turlicha sinflanadi (2-jadval) [1]: Download 372.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling