I bob. O’rta asrlarning ilk davri 1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi. 2--§. Franklar davlatining tashkil topishi
I bob. O’rta asrlarning ilk davri
Download 39.1 Kb.
|
7 jahon I bob 2021 test B proba
I bob. O’rta asrlarning ilk davri
7-8-9-§. Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi. Sharqiy slavyanlar hamda Kiyev Rusi. Yevropa xalqlari madaniyati. 1. Quyidagi ma’lumotlardan noto’g’risini toping. A) Vizantiyada VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” ga ko’ra, sharqiy slavyanlarda qishloq jamoasining a’zolari – erkin dehqonlarning yerlari alohida bo’lib, ular bug’doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirishgan. B) Sharqiy slavyanlarda qabilalar hayotiga oid muhim masalalar xalq yig’ini – “veche” da muhokama etish bilan hal qilingan. C) Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabgi yozma qonunlari to’plami – “Rus haqiqati” tuzilgan. D) Slavyan yo’boshchilari – varyaglar (skandinaviyalik normannlar) faqat o’z hududlarini himoya qilibgina qolmasdan , qo’shni o’lkalarga yurishlar ham uyushtirishgan. 2. Ilk o’rta asrdagi qaysi hudud olimlari o’zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etishar, xarita va shahar chizmalarini chizishardiki, o’sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi? A) Arab xalifaligida B) Hindistonda C) Vizantiyada D) Xitoyda 3. Ilk o’rta asr Yevropa maktablariga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang. A) katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan quyi maktablarda dunyoviy ilmlar ham o’rgatilgan B) ibodatxona va monastrlar qoshidagi o’rta maktablar maktablar yuqori martabadagi ruhoniylarni tayyorlagan C) Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan o’rta maktablar asrlar o’tib universitetlar ochilishi uchun asos bo’lgan D) munajjimlar tabiat hodisalariga qarab odamlar taqdirini aytib berishga harakat qilganlar 4. Ilk o’rta asr Yevropa harbiy sohasiga xos bo’lmagan javobni aniqlang. A) “Grek olovi” uloqtiriladigan yonuvchi modda bo’lib, uni neft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlashgan. B) VII asrda ixtiro qilingan “Grek olovi” Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatini ta’minlagan. C) Buyuk Karl vorislari davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o’rnida otliq ritsarlar qo’shini vujudga kelgan. D) yaxshi qurollangan vizantiyalik qo’shin vandallar qirolligini bo’ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylandirishgan 5. Qaysi Kiyev Rusi knyazi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatiladi? A) Vladimir B) Oleg C) Yaroslav D) Igor 6. Dunay bo’ylarida yashagan bulg’orlarga qarshi harbiy yurish uyushtirgan Kiyev Rusi knyazini aniqlang? A) Oleg B) Vladimir C) Vladimir Monamax D) Yaroslav 7. Kiyev Rusida xristian dini joriy etilgandan to’rt yil o’tib… A) G’aznaviylar va Qoraxoniylar o’rtasida bitim imzolandi B) Ibrohim Bo’ritegin Amudaryo bo’ylari viloyatlarini G’aznaviylardan tortib oldi C) Nasr Eloqxn boshchiligidagi qoraxoniylar Buxoroni zabt etdi D) Horun Bug’roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshladilar 8. Quyidagi qaysi voqeaning sodir bo’lish vaqti Movarounnahrda Nasr II hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi. A) Vladimir Monamax ilk bor qipchoq xonlari qo’shinini yengishi B) Xitoyda sun sulolasi hukmronligi boshlanishi C) Kiyev Rusida xristianlik dinining qabul qilinishi D) Chexiyada knyaz Vatslav hukmronlik qilishi 9. Quyidagi tarixiy ma’lumotlar qaysi davlatga tegishli ekanligini to’g’ri joylashtiring. 1) yangi qo’shining paydo bo’lishi bilan jamiyatda professional jangchilar va ziroatchilar qatlami vujudga keladi; 2) qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar xususiy mulkchilik va tengsizlikni mustajkamlab borgan; 3) yangi paydo bo’layotgan davlat knyazlari tez-tez qo’llariga qurol olib, o’z yerlarini mudofaa qilishga to’g’ri kelgan; 4) eng og’ir jinoyatlar uchun o’lim jazosi belgilangan a) Kiyev Rusi b) Chexiya davlati c) Angliya d) Franklar davlati A) 1-b,2-a,3-d,4-c B) 1-c,2-d,3-b,4-a C) 1-a,2-c,3-b,4-d D) 1-a,2-c,3-d,4-b 10. Franklar davlati Fransiya nomini olgan davrda… A) Bolgar podsholigi Vizantiya tomonidan bosib olindi B) Daniyaliklar qiyinchiliklarsiz, faqat London shahrining qarshiligiga uchrab Angliyani talon-taroj qiladilar C) Buyuk Moraviya davlatining vujudga kelish jarayoni boshlangan D) Knyaz Oleg Kiyev Rusi davlatiga asos soldi 11. Polsha knyazi Boleslav Jasur qo’shinlari nima sababdan german imperatorlariga qarshi kurash olib boradi? A) Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun B) Visla daryosi hududlarini o’z hududiga qo’shib olish uchun C) umumpolyak xalqlarini birlashtirish uchun D) boylik va o’z xalqi oldida obro’ qozonish uchun 12. Kiyev Rusi tarixiga oid ma’lumotlardan xato javobni aniqlang. A) Olga X asrning 50-yillari o’rtalarida Kiyevga tashrif buyurgan Konstantinopol patriarxi yordamida xristianlikni qabul qiladi B) Svyatoslav Bolgariyaga, ko’chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi urushlar olib boradi C) Yaroslav davrida Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurti ochiladi D) Vladimir dastlab slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi 13. O’rta asrlarda boshqalariga nisbatan aholi o’rtasida mashhur bo’lgan fan tarmog’ini aniqlang. A) arifmetika B) astrologiya C) dialektika D) musiqa 14. Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar ilk o’rta asrlarda qaysi daryo havzasida byashaganlar? A) Dnepr B) Visla C) Don D) Ural 15. Quyidagi qaysi ma’lumot Kiyev Rusi davlati qonunchiligida nazarda tutilmagan? A) “Rus haqiqati” dagi ayrim moddalarda jarima to’lash nazarda tutilgan B) eng og’ir jinoyatlar uchun o’lim jazosi belgilangan C) “Rus haqiqati” ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo’yicha qonunlar kiritilgan D) Yaroslav davrida dastlabgi yozma qonunlar to’plami tuzilib, uning vorislari davrida u yangi moddalar bilan to’ldirib borilgan 16. “Rus haqiqati” tuzilgan vaqtda dastlab u qanday holatda aholiga tanishtirilgan? A) dastlab bozorda o’qib eshittirilgan B) shaharlardagi tosh ustunlar orqali tanishtirilgan C) knyaz huzurida aholiga tanishtirilgan D) xabar-pochta tizimi orqali tanishtirilgan 17. Slavyanlar qadimdan qanday mashg’ulot turi bilan shug’ullanishgan? A) dehqonchilik B) chorvachilik C) hunarmandchilik D) baliqchilik 18. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi Kiyev Rusi knyazlari faoliyati bilan bog’liqligini to’gri joylashtiring. 1) Kiyev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylandi; 2) Dnepr bo’ylarida ko’chmanchi bijanaklar bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi; 3) mahalliy knyazlar sulolari tugatildi; 4) o’z knyazligini ko’chmanchi bijanaklarga qarshi urushdan boshladi; 5) ilk bor qipchoq xonlari qo’shini taslim etildi. a) Viladimir; b) Yaroslav; c) Vladimir Monamax d) Igor e) Svyatoslav A) 1-a,2-c,3-e,4-b,5-d B) 1-d,2- b,3-c,4-e,5-a C) 1-b,2-e,3-a,4-d,5-c D) 1-d,2-b,3-a,4-e,5-c 19. Buyuk Karl tomonidan xalq maktablari joriy etildi. Qonunga binoan… A) maktablar zodagonlar uylarida tashkil etilib, ruhoniylarga zodagonlarning farzandlarini bepul o’qitish buyurilgan B) maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o’qitish buyurilgan C) maktablar akademiyalar qoshida tashkil etilib, u yerda akademiya olimlari tomonidan barcha uchun bepul ta’lim berilgan D) maktablar qirol saroyida tashkil etilib, u yerda saroy olimlari tomonidan oddiy xalq farzadlari va amaldorlar bolalariga bepul ta’lim berilgan 20. Vizantiyada o’rta asrlarda qanday omil yangi o’quv va ilmiy markazlarni vujudga keltirgan? A) Iqtisodiy taraqqiyot ehtiyojlari B) O’rta asr Yevropasining asosiy madaniyat tarqatuvchisi bo’lganligi C) Buyuk Karl maorif tizimidagi yangi qonuni D) Yunon hamda Sharq madaniyati qorishmasi – ellinizm muhim o’rin tutganligi. 21. O’rta asrlar G’arbiy Yevropasida darslar ...tilida olib borilgan. A) yunon B) lotin C) arab D) ingliz 22. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyanlar” atamasi qachondan boshlab ishlatilgan? A) mil.avv II-I asrlarda B) VII asr C) VI asr D) X-XI asr 23. Bolgariya podshosi Simeon humronligi boshlangan davrda … A) Movarounnahrda Tohiriylar hukmronligi barham topdi B) Mu’tazidning xalifalik davri boshlanishi C) Ismoil Somoniy Taroz shahrini zabt etdi D) Kiyev Rusi davlatiga asos solindi 24. Ko’chmanchi qipchoq qabilalari XI asr o’rtalarida qaysi hududlarni egallashgan? A) Yoyiq daryosidan Dunaygacha B) G’arbda Elbadan, Sharqda Vislagacha C) Shimolda Boltiq dengizizdan, janubda Dunaygacha D) Qora dengizdan, Volga daryosigacha 25. Quyidagi voqealardan tarixiy xatolikka yo’l qo’yilmaganlarini belgilang. 1) yirik monastirlarda rohib-xattotlar ishlaydigan skriptoriyalar bo’lgan 2) yangi dinning joriy etilishi diniy kitoblarga ehtiyoj yug’dirib, slavyanlar yozuvining yaratilishiga turtki bo’lgan 3) Xalqlarning buyuk ko’chishlar davrida turkiy bulg’or qabilasi Yoyiq (Ural) daryosi havzasida yashagan 4) Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy – IX asr o’rtalarida yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratib, sharqiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ’ib etishgan 5) Xazar xoqonligi Yoyiq (Ural) va Don daryolari oralig’ida tshkil topgan 6) Vladimir Monamax vafotidan keyin Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik bosqichiga kirdi 7) “Krillitsa” yozuvi Kiyevdagi Rus yerlariga tarqalgan 8) Kiyev Rusining yuksalgan davri XI asrga to’g’ri keladi A) 1,2,3,8 B) 3,4,5,7 C) 1,2,6,8 D) 3,5,6,7 26. Vizantiyada imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar va monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etgan davrda… A) Chexiya davlati tashkil topdi B) Vizantiyada yer egaligi munosabatlari uzil-kesil qaror topdi C) to’g’ri burchakli ibodatxonalar o’rniga ko’rinishidan xochsifat, o’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo etilgan D) Olga Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qildi 27. Germanlarning ijtimoiy tuzumi o’xshash bo’lgan xalqlar tarixiga oid ma’lumotni aniqlang. A) Bu xalqlar otliq drujinachilar faqat o’z hududini himoya qilibgina qolmay, qo’shni o’lkalarga yurishlar ham uyushtirgan B) Bu hudud ustalari, musavvirlari, me’morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, ustalar va olimlar qo’lida Yevropa yoshlari tahsil olgan C) Bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilardan qo’shin yig’ilib, dushmanlarini bir necha bor mag’lub etishgan D) Soliq tartiblarini Rimliklardan qabul qilganlar 28. Boleslav Jasur davrida qaysi hududlar bosib olingan. 1) Chexiya 2) Bolgariya 3) Vizantiya 4) Moraviya 5) Xazar xoqonligi 6)Kiyev 7) Konstantinopol A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 3,4,5 D) 1,4,6 29. Svyatoslavning vorislari o’rtasidagi kurash so’ngida Vladimir taxtni egalladi. Dastlab u… A) slavyan qabilalari isyonini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdirdi B) Dunay bo’yida yashovchi Bulg’orlarga qarshi harbiy yurish uyushtirdi C) Ruslarga xristian dinini qabul qildirdi D) mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, o’rniga o’g’illarini noiblikka tayinladi 30. Buyuk Karl qaysi xalqlarni qanday qilib bo’lsa ham xristian diniga o’tkazishga harakat qilgan? A) sakslar B) langobardlar C) vandallar D) ostgotlar Download 39.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling