I bob. O’rta asrlarning ilk davri 1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi. 2--§. Franklar davlatining tashkil topishi
I bob. O’rta asrlarning ilk davri
Download 39.1 Kb.
|
7 jahon I bob 2021 test B proba
I bob. O’rta asrlarning ilk davri
3-4--§. Franklar imperiyasi. Britaniyadan Angliyaga 1. Franklar imperiyasida yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodallarga nima taqdim etilishi muhim edi? A) qo’rg’on B) turar-joy, oziq-ovqat C) ma’lum qishloq yoki uning bir qismi D) ot, qurol-aslaha 2. Yevropaning turli malakatlari yozuvchilari tomonidan yozilgan qirol Artur va uning ritsarlari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlin haqidagi asarlar ushbu siymolar haqidagi qarashlar paydo bo’la boshlagan davrdan qancha vaqt o’tib ham kitobxonlar orasida keng tarqalishiga va sevib mutoalaa qilinishiga sabab bo’lgan? A) besh asr B) o’n asr C) bugungi kunga qadar D) normannlar istelosiga qadar 3. Buyuk Alfred davrida yangi qo’shining paydo bo’lishi jamiyatda qanday muhim o’zgarishlarga olib keldi? A) jamiyatning barcha sohalari harbiylashtiriladi B) jamiyatda munatazam qo’shining soni va obro’si ortadi C) jamiyatda savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar va jangchilar qatlami shakllanadi D) jamiyat professional ziroatchilardan tashqari jangchilar toifasi vujudga keladi 4.Buyuk Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o’rnatgan xalifa bu… A) Xorun ar-Rashid B) Ma’mun C) Mansur D) Umar Ibn Abdulaziz 5. Franklar qirolligini imperiya deb e’lon qilinishiga olib kelgan imkoniyat… A) saks qabilalari ustidan qozonilgan g’alaba B) Karlning arablar ustidan qozongan g’alabasi C) Rim mahalliy zodagonlarining papaga qarshi isyoniD) Buyuk Karlning Italiyaga qarshi urushi 6. Buyuk Karl franklar imperiyasining mutloq hukmdoriga aylanib, uning farmonlari faqat qayerda qabul qilingan? A) yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig’inida B) mahalliy boshqaruvning yuzlik yig’inlarida C) ruhoniylar va zodagonlar yig’inida D) Rim Papasi huzurida 7. Nima sababdan german qabilalarining Britaniyaga istilosidan keyin vujudga kelgan til ingliz, mamalakat esa Angliya nomini oldi? A) Davlatni ang-saks qabilalari tashkil etganligi uchun B) Angllar yashagan Mersiya shevasi keng qo’llanilganligi uchun C) Franklardan farqlanish uchun D) Angl-saks qabilalari son jihatdan ustun bo’lganligi uchun 8.Qachon Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini o’z hududiga qo’shib olgan? A) IX asr o’rtalarida B) X asr boshlarida C) X asr so’ngi choragida D) XI asr boshlarida 9. Buyuk Alfred tomonidan harbiy sohada amalga oshirilmagan tadbirni aniqlang. A) Yangi qoidaga ko’ra , besh kishi oltinchisini dubulg’a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlanib , vikingdan yomon qurollantirmagan B) Son jihatdan qisqargan Buyuk Alfred qo’shini sifati bo’yicha avvalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi C) Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan qolishmaydigan kemalar yasattirgan D) Qirolning harbiy islohoti natijasida tinimsiz urushlar davrida qishloqlarning ko’pchilik aholisi o’z ishidan ajralib qolgan 10) Uesseksda qaysi voqeadan keyin lotin tilini biladiganlar kamayib ketdi? A) daniyaliklar hujumlaridan so'ng B) vikinglar shimoliy Angliyani egallagandan so'ng C) daniyaliklar bilan shartnoma imzolaganidan so’ng D) Buyuk Alfred Uesseksga taxtga kelgandan so'ng 11. O’rta asrlarda Franklar imperiyasi haqida berilgan ma’lumotlardan noto’g’risini toping. A) Reyn daryosining o’ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq davom etgan B) Buyuk Karlning Axenda saroyi mavjud bo’lgan C) Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda vazirlar vazifasini ham bajargan D) Yillar o’tib gersoglar mamlakatda yirik yer egasi, o’z viloyatining xo’jayiniga aylana borgan 12. Franklar davlatida qaysi mansabdorlar imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan? A) yepiskoplar va abbatlar B) graf va gersoglar C) feodallar va vazirlar D) abbatlar va graflar 13. Yevropada feodal tarqoqlik davri qachonga kelib boshlandi? A) G’arbiy Rim imperiyasi qulashi bilan B) Verden shahrida shartnoma imzolanishi bilan C) Franlar davlatiga sos solinishi bilan D) Franklar imperiyaga aylanishi bilan 14. Germanlarning Karlga bo’ysunmagan so’nggi yirik qabilasi berilgan qatorni toping. A) Langobardlar B) Vestgotlar C) Tyuring D) Sakslar 15. Quyidagi voqealarni to’g’ri xronologik tartibda joylashtiring. 1) G’arbiy Rim imperiyasining qulshi 2) Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi 3) Verden shartnomsasi imzolanishi 4) Franklar davlatining tashkil topishi A) 1,4,3,2 B) 1,3,2,4 C) 3,2,1,4 D) 2,3,4,1 16. Ayni paytda so’ngan imperiya haqidagi xotiralar G’arbiy Yevropaning turli xalqlari xotirasida qachongacha saqlanib qolingan? A) IX-XI asrgacha B) 843-yilgacha C) 476-yilgacha D) VIII asrgacha 17. Amvrosiy Avreliandan so’ng mavjud bo’lgan qanday omil angl-sakslar tomonidan orolning katta qismi bosib olinishiga imkon berdi? A) munosib yo’lboshchi bo’lisgi B) dastlab yetita qirollik tuzishgani C) yetarli qarshilikning bo’lmasligi D) bu hududdan Britaniya oroliga bir necha kun ichida suzib borishgan 18. Yutlar Kent viloyatini bosib olgan davrda… A) Sharqdan O’rta Osiyo hududiga Eftallar kirib keldi B) Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketdi C) garchi ekin maydonlarining ma’lum qismi mulkdorlar qo’l ostidagi mulklardan iborat bo’lsa-da, ammo ziroatkor vohalardagi sug’oriladigan yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalari qaramog’ida edi D) Oltoy va Janubiy Sibirda Turk xoqoqnligi tashkil topdi 19. Buyuk Karlga zamondosh va u bilan diplomatik aloqa o’rnatgan xalifa bu… A) Xorun ar-Rashid B) Ma’mun C) Mansur D) Umar Ibn Abdulaziz 20. Buyk Alfred Daniyaliklar bilan tinchlik sulhi tuzgan davrda jahon tarixida bo’lib o’tgan voqeani belgilang. A) Safforiylar hukmdori Amir ibn Lays taxtga o’tirdi B) Normannlar Londonni bosib oldilar C) Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopur shahrini egalladialar D) Buyuk Karlning langobardlar ustiga qilgan yurish qildi 21. Buyk Karl taxtga kelishi bilan… A) Frank qirolligiga asos slogan B) istilochilik urushlarini olib borgan C) Reyn daryosining o’ng sohilida yashagan sakslarga qarshi harbiy yurish uyushtirdi D) Harbiy islohor o’tkazdi 22. Qanday omil Franklar imperiyasida grafliklar hokimyatini kuchaytirdi? A) Grafliklarda yirik yer egasi o’z viloyatining haqiqiy xo’jayiniga aylana boshladi B) Qirolning sud ishlarini grafliklarga topshirishi C) Otliq askarlar qo’shini vujudga keltirilishi bilan D) Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlanishi bilan 23. Yevropada xattotlik san’ati markazlarini belgilang. A) Norvegiya monastirlari B) Daniya monastirlari C) Ingliz monastirlari D) Irland monastirlari 24. Alfred nima sababdan o’z mulklari chegarasida burglar- qal’alar barpo etgan? A) London va Chechter oralig’idagi chegara zaif bo’lganligi sabali B) Normannlarning doimiy bosqinlari C) daniyaliklar qal’alarni qamal qilishni unchalik xush ko’rmasligini anglagni uchun D) Inglizlar jangni qal’ada yaxshi tashkil etishini anglagani uchun 25. Franklar imperiyasini kelajakda zaiflashuvi va parchalanishiga yo’l ochgan omilni aniqlang? A) Buyk Karlning Yevropa hukmdorlari orasida mavqeyining yuqori emasligi B) Buyk Karlning doimiy poytaxti yo’qligi C) Graflarning bor kuchi bilan graflikda o’rnashishga va uni avlodlariga meros qilib qoldirishga intilishi D)ritsarlar qo’shini vujudga kelganligi 26. Buyuk Karl nima maqsadda markalar tuzgan? A) graflar ishini qanday ketayotganligini tekshirish maqsadida B) qirolning sud ishlarini graflarga topshirishi uchun C) markgraflarga o’z hududlarini meros qilib qoldirish maqsadida D) o’z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida 27. Yerning boshqa xo’jayinga o’tishi “sotuvchi” ning yeridagi yashil shoxcha yoki poyaning “oluvchi” yeriga berilishi bilan tasdiqlangan. Bu kelishuvni farzand va nabiralar ham qonuniy deb bilishi o’rta asrlardagi qaysi qonun hujjatida o’z ifodasini topgan? A) “Sali haqiqati” da B) “Anglosakson solnomasi” da C) “Rus haqiqati” da D) “Yetti erkin san’at” da 28. Angl-sakslarning Britaniyaga hujmlari natijasida istilo dahshatidan ko’pgina keltlar qit’aga Armorika viloyatiga ko’chib o’tdi. …joylashgan bu hudud brittlarning ommaviy ko’chishlaridan so’ng Bretan nomini oldi. A) Angliyaning shimoli-g’arbida B) Fransiyaning shimoli-g’arbida C) Angliyaning janubi-g’arbi D) Fransiyaning janui-g’arbi 29. Buyuk Alfred hukmronligi tugagan yilda jahon tarixida… A) Ismoil butun Movarounnahr va Xurosonni o’z qo’l ostida birlashtirdi B) Karlning muvaffaqiyatsiz urushi nihoyasiga yeti C) Rim legionlari Britaniyani tashlab Italiyaga qaytdi D) Buyuk Karl hukmronligi nihoyasiga yetdi 30. Karlning muvaffaqiyatsiz yurishi uyushtirilgan hudud o’sha davrda qaysi davlat tarkibida edi? A) Arab xalifaligi B) Vizantiya C) Angliya D) Daniya qirolligi Download 39.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling