I bob. O’rta asrlarning ilk davri 1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi. 2--§. Franklar davlatining tashkil topishi


I bob. O’rta asrlarning ilk davri


Download 39.1 Kb.
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi39.1 Kb.
#1364780
1   2   3   4
Bog'liq
7 jahon I bob 2021 test B proba

I bob. O’rta asrlarning ilk davri
4-5--§.. Muqaddas Rim imperiyasi. Vizantiya: G’arb va Sharq orasida
1. Vizantiya imperatori Yustinian I hukmronlik qilgan yillarni toping?
A) 527-565 B) 893-927 C) 871-900 D) 643-701
2. Karolinglar sulolasi Germaniyada nechanchi yilgacha hukmronlik qilgan?
A) 919-yil B) 962-yil C) 955-yil D) 843-yil
3. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududdagi shaharlar german imperatoriga hech qachon to’liq bo’ysunmagan?
A) Italiyaning markaziy hududidagi shaharlar B) Germaniyaning shimoliy shaharlari
C) Italiyaning shimoliy hududidagi shaharlar D) Reyn daryosi o’ng sohilida yashagan saks qabilalari
4. Ilk o’rta asrlarda Vizantiya aholisini umuman ajablantirmagan holatni aniqlang.
A) aholining ko’pchiligi dengichilik san’atini bilishi
B) iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimga erishishi
C) aholining ko’pchiligini erkin dehqonlar tashkil etishi
D)hududda antik madaniyat an’analari saqlanib qolishi natijasida maorifning taraqqiy eta borishi
5.Vizantiyalik olimlar o’z nutqlari va asarlarida , ellin she’riyati, afsonalari hamda fanidan boxabar ekanligini namoyish etish maqsadida qanday yo’l tutishgan?
A) qadimgi mualliflar asarlaridan ko’plab misollar keltirishgan
B) doimiy mushoira va tanlovlar tashkil etib turishgan
C) ibodatxonalar qoshida boshlang’ich maktablar tashkil etishgan
D) oddiy xalq farzandlariga ellin madaniyati durdonalarini bepul o’rgatib turishgan
6. Muqaddas Rim Imperiyasiga qachon asos solingan?
A) 962-yilda B) 919-yilda C) 955-yilda B) 933-yilda
7. IV asrda Vizantiya tarkibiga kirmagan hududni aniqlang.
A) Kipr B) Kavkaz C) Kichik Osiyo D) Korsika
8. Quyidagi qaysi voqea Yustinian I imperatorligi davrida yuz bermagan?
A) Franklar tomonidan Provansning egallanishi
B) sarkarda Velisariyning Shimoliy Afrikada davlat tuzgan vandallar qirolligiga qarshi yurishi
C) Franklar qiroli Xilperikning taxtga o’tirishiD) Yutlar tomonidan Kent viloyatining bosib olinishi
9. Vizantiya oltin puli qanday atalgan?
A) vasilevs B) sinklit C) ekzarxat D) numisma
10. Vizantiya savdogarlari tomonidan G’arbiy Yevropa bozorlariga yetkazib berilmagan mahsulot turini aniqlang.
A) qimmatbaho vino B) hashamatli kiyimlar C) cherkov anjomlari D) qurol-yarog’lar
11. Vizantiyaga qarshi kurashda ostgotlar kimlardan foydalanishgan?
A) erkin dehqonlardan B) dengiz qaroqchilaridan
C) qochoq qullardan D) otliq qo’shinlardan
12. Vizantiya tarkibidan Suriya va Misr qo’ldan ketgan vaqtda jahon tarixida yuz bergan voqeni aniqlang.
A) dastlabki slavyan davlatiga asos solindi B) Buyuk Karl qo’shinlari ostgotlar qirolligini zabt etishdi
C) franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo’lgan mulki-allodga aylanadi
D) Angliyaga daniyalik vikinglar hujum qilishdi
13. Vizantiyaliklar qaysi hududning katta qismini bo’ysundirib, poytaxti Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi?
A) Ispaniya B) Italiya C) Shimoliy Afrika D) Arab xalifaligi
14. Kimning davriga kelib Germaniyada kuchli nemis otliq qo’shini vujudga keldi?
A) Otton I B) Genrix I C) Otton III D) Ioann XII
15. Germaniyada qaysi hukmdor uzoqni ko’zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo’lini tutgan edi?
A) Otton I B) Genrix I C) Otton III D) Ioann XII
16. Otton I ga imperatorlik tojini kiydirgan shaxsni aniqlang.
A) Silvestr III B) Lev III C) Ioann XII D) Innokketiy III
17. Quyidagi izohlarni o’zaro muvofiqlashtiring.
a) har 9 kishidan bittasi tanlanib, u qal’aga ko’chirildi b) 6 kishidan bir kishi tanlanib, qolgan 5 kishi tanlagan askar uchun dubulg’a, qilich, jang boltasi bilan ta’minlagan
1) Angliya 2) Vizantiya 3) Germaniya 4) Arab xalifaligi
A) 1-a, 2-b B)1-b, 3-a C) 4-a, 3-b D) 2-a, 4-b
18. Zamondoshlari “dunyo mo’jizasi” deb ulug’lagan german imperatorini aniqlang.
A) Buyuk Karl B) Fridrix II C) Otton III D) Otton I
19. Italiyadagi urushdan keyin Yustinian I Ispaniyaga ham qo’shin yubordi. Ispaniyada ...hukmronlik qilar edi.
A) vestgotlar B) ostgotlar C) vandallar D) langobardlar
20. Vizantiya qadimda yunonlarning qaysi shahar kolonsiyasi hisoblanib kelingan?
A) Edessa B) Pantikapey C) Megara D) Xersones
21. Vizantiyada o’rta asrlarda aholining ko’pchiligini qaysi qatlam vakillari tashkil etgan?
A) erkin dehqonlar B) qaram dehqonlar C) qullar D) jangchilar
22. Yustinian I ning maqsadi…
A) Rim shahrini o’z davlati poytaxti qilish B) Vizantiyani antic davr yunon ilmini saqlagan davlatga aylantirish C) Vizantiyani Yevropada o’ziga xos madaniyat tarqatuvchi bo’lishini ta’minlash
D) Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash
23. Vizantiya Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatgan davrda …
A) Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib o’rnasha boshladi
B) Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o’z gersoglarining gapiga ko’proq quloq slogan
C) Daniya qiroli ingliz sohiliga o’z qo’shinini tushurdi
D) Pireney yarimoroli va Galliyaning bir qismida – Vetgot qirolligi tashkil topdi.
24. Xitoyda va Yevropada kitob bosish dastgohlari yaratilgan davrda mazkur hududlarni qaysi sulola vakillari boshqarayotganligini aniqlang?
A) U Day/ Frankoniya B) Sun/Gabsburg C) Tan/Lyuksemburg D) Yuan/Shtaufen
25. Qishloq xo’jaligida erkin dehqonlar qashshoqlashib, qaramlikka tushushi davom etadi. Qishloqda mulkiy tabaqalanish kuchayib, feodallar va yersiz dehqonlar toifasi vujudga kelgan davlatda VI asrda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) Feodallar yerlarida qullar, kolonlardan tashqari, o’z erkini yo’qotgan franklar ham ishlagan
B) Chek yerlar dehqon oilasining sotishi va in’om etishi mumkin bo’lgan mulki – allodga aylandi
C) Brittlarni birlashtirib yagona davlat tuzishga erishdi
D) Bu hududga slavyan qabilalari ko’chib kelib o’rnasha boshladi.
26. Vizantiyada qachonga kelib imperatorlar amaldorlar, ibodatxona va monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etganlar?
A) IX-XI asrlar B) X-XI asrlar C) VI asr o’rtalari D) X asr
27. Quyidagi shaxslarning hukmronlik davrlarini o’zaro muvofiqlashtiring.
1) Otton I 2) Buyuk Alfred 3) Silvestr III 4) Buyuk Karl
a) 936-973 b) 999-1003 c) 768-814 d) 871-900
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d; B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b; C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c; D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c;
28. 955-yilda..?
A) Otton I ga imperatorlik toji kiydirildi
B) Gerbert Silvestr III nomi bilan papalikka saylandi
C) Bavariyaning Lex daryosi bo’yida vengerlar mag’lub etildi
D) Saksoniya gersogi qirollikka saylandi
29. Quyidagi qaysi voqealar o’rtasida yetti yil farq bor?
A) Karl sakslarga qarshi yurish boshladi, Karlning jiyani Roland jangda halok bo’ldi;
B) Otton I hukmronligi tugadi, Gerbert papalikka saylandi;
C) Otton I vengerlarni mag’lub etdi, Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi;
D) Xlodvig Franklar davlatiga asos soldi, normannlar Londonni bosib oldilar
30. Muqaddas Rim imperiyasida kimlar har qanday kishini hukmdor irodasiga bo’ysundirishga qodir edilar?
A) Qirollar B) Rim papalari C) Ruhoniy va yepiskoplar D) Cherkov zodagonlari

Download 39.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling