I bob. O'zbek adabiyotshunosligida tur va janrlar taraqqiyoti
Download 98.41 Kb.
|
g asronova 30
Mundarija Kirish……………………………………………………………………………… I bob. O'zbek adabiyotshunosligida tur va janrlar taraqqiyoti. 1.1. Badiiy adabiyotda hukoya janri haqida. …………………………………… 1.2.O’zbek Nasrida Gulchehra Asronovaning ijod yo’lii. ……………………….. II bob. G.Asronovaning ijodini o'rganishga doir izlanishlari. 2.1. Gulchehra Asronova hikoyarida badiiy obraz yratish mahorati . ………… 2.2. G. Asronovaning “Uch hikoya” asari haqida mulohazalar………………. Xulosa…………………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………. KIRISH
Kurs ishimizning maqsadi: G.Asronova asarlarini qiyoslab o`rganish metodikasi mavzusini tadqiq etishdan iboratdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etishga urindik: G.Asronova o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni; G.Asronova hikoyalarida davr talqini masalasi; “Uch hikoya” maolasi tahlilida davr kaloroiti masalasini tahlil qilish; G.Asronova asarlarini o‘rganishda biografik metoddan foydalanish; G.Asronova asarlarining ta’lim tizimida o‘rganilishi; Kurs ishining hajmi: ushbu ishimiz kirish, 2 bo’lim, 4 bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat I bob. O'zbek adabiyotshunosligida tur va janrlar taraqqiyoti. Badiiy adabiyotda hukoya janri haqida. So‘zning qudratidan to‘g‘ri foydalanish, uni behudaga isrof qilmaslik yaxshi asar yaratish omillaridan biridir. Umuman, har doim So‘zga ehtiyojimiz borligini, So‘z kuchiga tayanib ish yuritishimizni unutib qo‘ymayapmizmi? Hozir So‘zga, badiiy adabiyotga bo‘lgan hurmatsizlik, istagan kishining kitob chiqaraverishini ko‘rib, hayron qolasiz. Ko‘pgina xususiy gazetalarda chop etilayotgan sayoz asarlarni o‘qib, yaxshigina bezak berilgan "kitob"larni varaqlab, shunday xulosaga keladi kishi. O‘quvchiga estetik zavq bermaydigan, fikrlashga, mushohada qilishga undamaydigan, aksincha, ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladigan yengil-elpi «asar»larning ko‘payib ketayotgani, haqiqatan ham, achinarli hol. Ularning "hikoya" yoki "qissa" nomi ostida berilishini qanday tushunish mumkin? Ushbu "hikoya"larning aksariyatida birxillik ko‘zga tashlanadi. Takroriy jumlalar, mantiqsiz gaplarni aytmasa ham bo‘ladi. Ba'zi beo‘xshov gaplar o‘quvchining g‘ashiga tegadi ("Sira payqamagan ekanmiz, Mavjuda opaning sochlari saqichday(?) qop-qora, mayin jingalak tolalari yaltirab turarkan", "Bo‘ladi kulgi! U kishining yuzlari lavlagiday(?) qizaradi"). Bunday asarlarning "syujet"i ham deyarli bir xil: qishloqdan o‘qish yoki ishga kelgan qiz shaharlik bir yigit bilan tanishadi. Oralarida ishqiy munosabat paydo bo‘ladi. Natijada qiz... Ota-onasi oldiga borishdan, odamlarning gap-so‘z qilishidan nomus qilib hayotida bir fojea yasaydi. Mana shu "ikki og‘iz gap" butun asar davomida kengaytirilib, qizning ruhiy holati, azoblarini yozish bilan "boyitiladi". Voqealar ko‘pincha qizning kundaliklari tarzida bayon qilinadi. Bu kabi xom mashqlar o‘quvchiga nima bera olishi mumkin? Deyarli hech qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lmagan (ko‘pincha "kimlargadir saboq bo‘lishi uchun yozdik" qabilidagi gaplar bilan asar kamchiligi xaspo‘shlanadi) "ko‘cha hikoyalari" xususiy gazetalarda nega bu darajada ko‘payib ketyapti? Ularning "hikoya", "qissa" deb berilishi battar asabga tegadi. Axir, hikoya (qissa) yozish xamirdan qil sug‘urishdek oson ish emaski, istagan kishi qo‘liga qalam olib ijod qilaversa... "Eri qo‘shnisi bilan yurib ketibdi, qizi o‘qishni bahona qilib kayfu safo surib yurgan emish" kabi g‘iybatnamo gaplar qachondan beri adabiyotga hikoya janri sifatida da'vo qiladigan bo‘lib qoldi? Adabiy tilning oddiy qoidalari talablariga ham javob bera olmaydigan "poyintar-soyintar" jumlalardan iborat "hikoya"lar badiiy ijod namunasi bo‘la oladimi? Vaholanki, shunchaki zerikkanda, bekorchilikda o‘qilayotgan asar hech qachon badiiy asar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ularning deyarli bir xil sarlavhalariga e'tibor bering: "Nafs bandalari", "Hirs bandalari" va hokazo. Ming afsuski, "yangi yozuvchi"larning "muxlis"lari ham ko‘p. Ulardan bu haqda so‘rasangiz, asarning zo‘rligini, "maza qiladigan" joylari ko‘pligini aytishadi. Nahotki, ularda ham haqiqiy adabiyot shunday bo‘ladi, degan tushuncha shakllangan? Lekin mutolaa qilishga, fikrlashga o‘zida kuch topa olgan (ayniqsa, bugungi tezkor zamonda bu juda muhim) kishi haqiqiy asar bilan oddiy to‘qimani ajrata oladi. Binobarin, qimmatli vaqtini bunday "ko‘cha hikoya"larini o‘qish uchun sarflamaydi. Badiiy asarda mazmun va shaklning bir-biriga mutanosibligi juda muhim. Jumladan, hikoya va qissalarda ham. Hikoyani dunyo xalqlari adabiyotida eng ko‘p rivoj topgan janr deb aytish mumkin. O‘zbek hikoyachiligining eng yaxshi namunalarini yaratgan Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor asarlarini qayta-qayta o‘qib, zerikmaysiz... Aslida, nomlari keltirilgan buyuk adiblarimizning yuksak iste'dodi zamirida yaratilgan asarlar bilan biz aytayotganlarni bir-biriga solishtirish biroz erish tuyulishi mumkin. Chunki ular bilan xususiy gazetalarda berilayotgan "hikoya"lar o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Qahhorona hikoyalarni o‘qimagan kishining hikoyaga bo‘lgan munosabati va u haqdagi tushunchasi haminqadar bo‘ladi. Download 98.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling