I bob. O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov
II BOB. Doni Zokirov nomidagi “o„zbek xalq cholg„ulari orkestri”
Download 468.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Doni Zokirov1
II BOB. Doni Zokirov nomidagi “o„zbek xalq cholg„ulari orkestri”
faoliyatining yoshlar tarbiyasida tutgan o„rni va ahamiyati 2.1. Doni Zokirov yoshlar tarbiyasida tutgan o„rni va ahamiyati Yosh avlodni milliy istiqlol g„oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o„ rganish hamda xalqimizning o„zligini anglash, o„z urf-odatlarini saqlay bilishi, ularni tiklab, avaylab, e‟zozlab, yangi o„sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni milliy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo„ lib yetishishida milliy musiqa merosining cholg„uchilik san‟ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Ma‟lumki, maqomlarga, xalq kuy va ashulalariga talab xalqimiz orasida tobora ortib bormoqda. Ana shunday talab va ehtiyojni qondirish maqsadida yetuk ijrochi mutaxassislarni tarbiyalash mas‟uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. O„zbek xalqining boy musiqa merosini o„rganish va uni keng omma ichida targ„ib qilish ishlari san„atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo„lmog‟i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o„tishida tabarruk zotlar ko„prik vazifasini o„tash bilan birgalikda, o„zlarining ijodlari bilan ham namuna bo„lganlar. O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo„shiq, roman, musiqali drama, balet, simfonik va xalq cholg„ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan XX asr o„zbek musiqa madaniyatini boyitdi. O„zbekistonda ko„p yillardan beri salmoqli ijod qilib kelayotgan Doni Zokirov nomidagi “O„zbek xalq cholg„ulari orkestri” faoliyatiga nazar tashlab, ular ijrosidagi musiqalarni tahlil qilib ko„ rsak bu ijrolardagi nafislik, umumiy jo„rnavozlik, dinamika, sozandalarning o„zaro bir-birlarini va musiqani qanchalik teran his qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday jamoada uzoq vaqt ishlagan sozandalar faqat mohir sozandalargina bo„lib qolmasdan, o„zbek xalq musiqasi, bastakorlarimiz asarlarining puxta bilimdoni bo„lib yetishganliklarining guvohi bo„lamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling