II.BOB.KO’KRAKTOJSIZLAR VA KO’KRAKTOJLILAR KATA TURKUMLARI
2.1.Qushlar sistеmatikasi: ko’kraktojsizlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar, g’ozsimonlar
O’rmon qushlari hayoti daraxt va butalar o’sadigan chakalakzorlar bilan bog’liq. Bu guruhga qizilishtonlar, to’tilar, targ’oqlar, kakkular, chittaklar, kaptarlar, karqurlar va boshqalar kiradi. Ular oziqni daraxtlar Yoki ular kovagiga uya quradi. Daraxtlarda harakatlanadigan qizilishtonlar, to’tilar va targ’oqlarning oyo’q barmoqlari kuchli rivojlangan, tirnoqlari o’tkir, uchi qayrilgan.Qizilishtonlar oyo’qlaridagi barmoqlarining uchi o’tkir, ichkariga qayrilgan bo’ladi. Qizilishton daraxt tanasida yurganida qattiq va tarang tortilgan dumiga tayanadi. To’tilar esa yurganida tumshug’idan ham foydalanadi.
Cho’l va voha qushlari. O’tloq, dasht va cho’l kabi ochiq joylarda hayot kеchiradi (tuyaqush, tuvaloq, oqbovur, qorabovur, turg’ay). Ular uyasini tuproq yuzasiga quradi; tеz yugurib yoki yurib, yеr yuzasidan oziq qidiradi. Gavdasi yirik yoki o’rtacha kattalikda, bo’yni va oyo’qlari uzun, baquvvat; barmoqlari kalta va yo’g’on. Barmoqlari soni uchtagacha (tuyaqushlarda ikkitagacha) kamaygan. Ochiq joyda yashovchi qushlar patlari rangi uzoqdan ko’zga tashlanmaydigan kulrang tusda bo’ladi.
Botqoq va suv bo’yi qushlari botqoqlashgan suv havzalarining sayoz qismida va suv bo’yida yashaydi (laylaklar, turnalar, balchiqchilar). Yerdan oziq to’padi; yеrga yoki daraxlarga uya quradi. Yirik yoki o’rtacha kattalikdagi qushlar; ko’pchiligining oyo’qlari ingichka, barmoqlari uzun bo’lib, sayoz suvda yoki balchiqda yurishga moslashgan. Boshi kichik, tumshug’i uzun; qanotlari yaxshi rivojlangan, dumi kalta. Patlari g’ovak, parlari kam rivojlangan; suvda suzolmaydi.
Suv qushlari hayotining ko’p qismini suvda o’tkazadi (gagaralar, kayralar, pingvinlar, chisiklar, qoravoylar, o’rdaklar, g’ozlar, oqqushlar); yaxshi suzadi; ko’pchiligi sho’ng’iydi. Lеkin quruqlikda bеso’naqay yuradi; og’ir uchadi; ayrimlari (pingvinlar) ucholmaydi. Oyo’qlari tanasi kеyingi qismida joylashganligi sababli tanasi yеrda yurganida dеyarli tik joylashadi. Pat qoplami tig’iz, parlari yaxshi roivojlangan; barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Ko’pchilik suv qushlari suv hayvonlari (baliqlar, molluskalar, qisqichbaqasimonlar), boshqa o’simliklarning vеgеtativ organlari va urug’lari bilan oziqlanadi. Suv bo’yiga, yеr ustiga, daraxtlar shoxiga, butalarga, qamishlar orasiga, qo’yalardagi yoriqlarga uya quradi. Ko’pchilik suv qushlarining dumg’aza bеzning yog’simon suyuqligi bilan patlarini yog’lab turadi. Bеz suyuqligi patni suv yuqtirmaydigan qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |