I bob. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari Psixologik xizmat xonasiga qoʻyiladigan talablar
Xonaning oʻquv va moddiy -texnik taʼminoti
Download 17.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqI bob psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari
Xonaning oʻquv va moddiy -texnik taʼminoti Umumtaʼlim maktablaridagi psixologik xizmat xonasi, maktab binosining birinchi qavatida, kasb-hunarga yoʻnaltirish va tibbiy xizmat xonasi bilan yonma-yon, yaʼni bitta binoda boʻlishi maqsadga muvofiq. Mazkur xona uchun kamida 36 kv.m. maydondagi xona ajratiladi. Psixologik xizmat xonasining oʻng tomonidagi burchagining 5 kv.m. joyi individual suhbat oʻtkazish burchagi uchun, 16 kv.m. esa shkaf, stol-stul, doska va boshqa jihozlar uchun, 15 kv.m. joy oʻquvchilarning erkin harakatlanishlari uchun qoldiriladi. Xonadagi jihozlarning tavsifi Jihozlarning rangi, tuzilishi, dizayni, qulayligi shaxs psixologiyasiga katta taʼsir koʻrsatishini inobatga olib, psixologik xizmat xonasini taʼmirlashda va jihozlarni tanlashda ularning rangiga, joylashtirish uchun qulayligiga, birining ikkinchisi bilan uygʻunlashib ketishiga ahamiyat berilishi lozim. Och yashil rangning shaxsni tinchlantiruvchi xususiyati inobatga olinib, psixologik xizmat xonasi devorlarining rangi och yashil boʻlishi tavsiya etiladi. Polning jigar rangda boʻlishi esa shaxsda oʻziga ishonch va qatʼiyatlilik hislarini uygʻotadi. Xonaning shifti oq rangda boʻlishi, shaxsda yengil kayfiyat hissini uygʻotib, diqqatini jamlashga yordam beradi. Psixologik xizmat xonasida oʻquvchilar uchun 15 ta individual stol, 15 ta yumshoq stul va psixolog uchun 1 ta stol, 1 ta stul boʻlishi lozim. Xonada oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning shartlariga koʻra stol va stullar turlicha joylashtiriladi. Individual stollarni tanlash va turli shakllarda joylashtirish, psixolog uchun oʻquvchiga individual yondoshish imkoniyatini beradi va oʻquvchilar orasidagi oraliq masofa buzilmaydi. Oraliq masofaning buzilmasligi esa, har bir shaxsning ruhiyatiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatib, ularning erkin va mustaqil fikrlashi hamda oʻzida ishonch tuygʻularini shakllantirishda yordam beradi. Imkoniyat darajasida psixologik xizmat xonasiga jihozlarni kamroq burchaklilarini, yaʼni burchaklari aylana shakldagi jihozlarni tanlash va toʻgʻri joylashtirish tavsiya etiladi. Xona jihozlaridagi qirra va toʻgʻri burchaklar aqliy mehnat jarayonida fikrlar izchilligi, mantiqiy bogʻliqlik va shaxsning ong osti faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Xonadagi jihozlarning rangi devor rangi bilan uygʻunlashishi makon kengligi va psixologik shinamlikni vujudga keltiradi. Shuning uchun jihozlarning rangini tanlashga alohida eʼtibor bilan qarash kerak. Psixologik xizmat xonasidagi shkaf xonaning chap tomoniga joylashtirilib, uning bir tomonida meʼyoriy hujjatlar, diagnostika natijalari, ish hujjatlari, ikkinchi tomonida koʻrgazmali qurollar, didaktik materiallar, psixodiagnostik test va uslubiy qoʻllanmalar, jurnal va boshqa psixologik adabiyotlar joylashtiriladi. Psixologik xizmat xonasida internet tizimiga ulangan personal kompyuter va printer boʻlishi psixologga internet tarmogʻiga chiqish, multimediyadan unumli foydalanish, oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida turli psixologik hamda intelektual testlarni oʻtkazish, barcha psixodiagnostik maʼlumotlar banklarini toʻplash imkoniyatini beradi. Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik maʼrifat va tashviqot, psixologik profilaktika, korreksiya, maslahat va kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib borish bilan birga, maktabda oʻtkaziladigan tadbirlarga psixologik xulosalarini berib boradi. Bunday hajmdagi ishlarni olib borish uchun albatta, kompyuter boʻlishi lozim. Psixologik xizmat xonasining derazalarida oq parda yoki zamonaviy jalyuzlar boʻlishi shaxsda joʻshqinlik hissini uygʻotadi, mehnat faoliyatining samaradorligini ortishiga olib keladi. Xonaning oʻng tomonida individual suhbatlarga moʻljallangan psixologik burchak tashkil etilib, ikkita kreslo, jurnal stoli, stol lampasi, tuvaklarda xonaki gullar joylashtiriladi. Kreslo suhbat vaqtida bemalol oʻtirishga imkoniyat yaratadi, xonadagi tabiiy gullar shaxsning kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi hamda xona havosini yangilaydi. Psixologik xizmat olib borishda akvariumning boʻlishi shaxsga oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatadi, undagi diqqat turgʻunligini oshiradi. Xona poygagidagi devorning 6 kv.m. ga tabiat manzarasi aks ettirilgan gulqogʻoz yopishtiriladi. Gulqogʻozni tanlashda albatta tabiat manzarasi boʻlishi va unda tabiatning eng chiroyli manzaralaridan togʻ, sharshara, yaylovlar, gulzorlar, daryo va dengizlarning boʻlishiga eʼtibor qaratish zarur. Eng ahamiyatli jihatlardan biri esa gulqogʻozdagi ranglarning xona rangiga uygʻun, yaʼni, tabiat manzaralarida moviy, och yashil ranglar koʻproq boʻlib, ochiq havo manzarasi boʻlishi kerak. Bunday ranglarni tanlash xonada psixologik muhitni yaratishga, shaxs tasavvurini rivojlantirishga imkoniyat beradi va psixotreninglarni oʻtkazishda koʻrgazmali material sifatida ham xizmat qiladi. Tabiat manzaralari rasmini tanlashda qoʻrqinch, xavotir hislarini paydo qiluvchi toʻq rangli qalin oʻrmonlarni, choʻl va sahrolarni, qiyalik va togʻu-toshlarni tanlamaslik kerak. Bunday tabiat manzaralari shaxsda qoʻrqish, tushkunlik, taʼsirchanlik hislarini paydo qilib, xonadagi psixologik muhitni buzadi va individual suhbat, psixotrening hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlarni oʻtkazishda salbiy taʼsir koʻrsatadi. Xonada harakatlanuvchi koʻchma doska boʻlishi, trening tartibiga koʻra mashgʻulotlarni olib borishda, joyni hohlagan tartibda oʻzgartirish imkoniyatini yaratadi. Doskaning oq rangda boʻlishi turli rangdagi markerlardan foydalanish uchun qulaylik yaratib, trening jarayonida oʻquvchilarning eʼtiborini tortishga, mashgʻulotlarni rang-barang va qiziqarli oʻtishiga yordam beradi. Pol va gilam-palosning jigar rangda boʻlishi shaxsda ishonch va qatʼiyatlilik hislarini uygʻotadi. Xonada gilam-palosning boʻlishi shinamlikni taʼminlash bilan birga korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar va treninglarni oʻtkazishda oʻqituvchi va oʻquvchilarning erkin harakatlanishlari uchun xizmat qiladi. Psixologik xizmat xonasiga kirishdagi yoʻlakda “Ishonch qutisi” joylashtiriladi. Ishonch qutisining eni 25 sm va boʻyi 35 sm oʻlchamda (qulf-kalitli) boʻladi. Qutining yuza qismiga “Ishonch qutisi” deb yoziladi. “Ishonch qutisi” oʻquvchilarning sirli savol va muammolari paydo boʻlganda psixolog bilan ilk muloqotga kirishish vositasi hisoblanadi. “Psixologik maslahatlar”, “Psixologik monitoring” stendlari va “Ishonch qutisi” yoʻlakka psixologik xizmat xonasining eshigi yoniga joylashtiriladi. “Psixologik maslahatlar” burchagi qiziqarli psixologiya, psixologiya yoʻnalishidagi yangiliklar, umumiy yoʻnalishdagi psixologik maslahatlar, gʻaroyib xodisalarga oid maʼlumotlar, risolalar, qoʻllanmalar va testlar bilan jihozlanadi. Mazkur burchakdagi maʼlumotlarni boyitib borish va ularni tez-tez yangilab turish oʻquvchi, oʻqituvchi hamda ota-onalarning psixologik bilimlarini, psixologiya faniga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. “Psixologik monitoring” burchagida psixologik xizmat yoʻnalishida olib borilayotgan ishlarning monitoringi natijalari aks etishi kerak. Download 17.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling