I bob. Пул-кредит сиёсатининг моҳияти ва унинг мамлакат иқтисодиётида


Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi


Download 188.5 Kb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi188.5 Kb.
#230096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
кредит курсиши

Moliya siyosati quyidagi vazifalarni bajaradi:

birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;

ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish.

Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga ortishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi xissasini tog’ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo’llari bilan bajariladi;

uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo’nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.

Moliya siyosatining samaradorligini belgilash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar amalgam oshirilganligi baholanishi lozim.

Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo’shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagii jtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo’lajak va yaqin kelajakda amalgam oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo’lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalgam oshirish hamda obyektiv baholash mumkin.

Moliya siyosatini asosiy yo’nalishlaridan biri-moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiy ligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o’zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategic va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim.

Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash negizida quyidagilarni tanlash turadi:

-moliyaviy resurslar egalarini va ularni taqsimlovchilarini;

-moliyaviy resurslardan foydalanishda ustivor yo’nalishlarni;

-moliyaviy resurslarni tashkil etish uchun manbalar va mablag’larni jalb etish usullarini;

-davlat qo’lida moliyaviy resurslarni markazlashtirishda rajasini.

Bu masalalar davlatning hayot mazmuniga va funksiyalariga bog’liq holda yechiladi va amalgam oshiriladi.

Moliya siyosatining mazmuni ko’pqirrali bo’lib, quyidagi muhim bo’g’inlarni o’zichiga oladi:

a)moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar quyidagilarni o’rganish asosida ishlab chiqiladi:

-iqtisodiy qonunlar talablarini o’rganish;

-xo’jalik rivojlanishining holatini har tomonlama tahlil qilish;

-ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o’rganish;

-aholining talab va ehtiyojlarini o’rganish.

b)istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini belgilab olish; shu tarzda iqtisodiy siyosatda ko’zda tutilgan maqsadlarga yetish yo’llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko’paytirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.

v) oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalgam oshirishga qaratilgan amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko’rish.




Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling