I-bob. Qishloq xo`jaligini rivojlantirish bosqichlari va modernizatsiyalash jarayonlarini rivojlantirish asoslari
Yig‘ilishda meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida
Download 0.52 Mb.
|
Qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihalari
3.3 Yig‘ilishda meva-sabzavotchilik va chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish masalasi qo‘yildi. Bu maqsadga erishishda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativ bu borada yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Tizimdagi yana bir muammo o‘g‘it bilan ta’minlash hisoblanadi. "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati zimmasiga ikki hafta ichida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda o‘g‘it do‘konlari tashkil etish vazifasi yuklatildi. O‘g‘itlar importiga bog‘liq cheklovlar joriy yil yakuniga qadar muddatga bekor qilindi. Bo‘sh va lalmi yerlarni o‘zlashtirish uchun Bog‘dorchilik va Uzumchilik jamg‘armalariga 300 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish, bu jamg‘armalar hisobiga quduq qazib, tashkil etilgan bog‘ va tokzorlar, issiqxonalarni aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha lizing asosida berish, shuningdek, o‘zlashtirilgan yerning ijara huquqini aniq oziq-ovqat turini yetishtirish sharti bilan 5-10 yilga sotish va bundan tushgan mablag‘larni yangi yerlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish tartibi joriy etilmoqda. Meva-sabzavot yetishtirish va sotib olishga xuddi paxtachilik va g‘allachilik sohalaridagi kabi alohida moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tizimini joriy etish belgilandi. Unga ko‘ra, tijorat banklari klasterlarga aylanma mablag‘ uchun zarur bo‘lgan moliyaviy qarzlar ajratadi. Ular mahsulot yetishtirish va eksport qilish uchun hosilni garovga qo‘ygan holda qisqa muddatli (3-12 oy) kreditlar ham olishlari mumkin Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihalari Qishloq xo‘jaligini (va har qanday sohani) rivojlantirish uchun aniq rejaning mavjudligi mazkur sohaning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim element hisoblanadi. Men buni o‘zimning Jahon Bankidagi o‘n besh yillik, 25 dan ortiq mamlakatda, jumladan so‘nggi besh yilda jadal rivojlanayotgan Sharqiy Osiyo mamlakatlarida orttirgan, tajribamdan kelib chiqib bilardim. Men dunyoning aynan shu qismida, agar mamlakatda aslida mavjud ma’lumotlarga asoslangan uzoq muddatli strategik reja bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida ijobiy natijalarni anchagina tez ko‘rish mumkinligiga amin bo‘ldim. Prezidentimiz tomonidan joriy yil 18 aprelda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning qonuniy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan 70 dan ziyod qonun hujjatlariga, shu jumladan, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga, Yer hamda Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ta’kidlash kerakki, bugun fermerlarimiz qishloq xo‘jaligining asosiy kuchiga aylanmoqda. Ayni paytda respublikamizda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari o‘ndan ziyod yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritayotgani, oxirgi ikki yilda ko‘p tarmoqlilar soni 45 foiz ko‘payib, 75 mingtaga yetgani fikrimiz tasdig‘idir. Binobarin, qishloq mulkdorlarining sa’y-harakati, tashabbusi, izlanishlari tufayli yuz minglab kishilar bandligi ta’minlanayapti. Paxta hamda g‘alla ekilayotgan past rentabelli maydonlar yildan-yilga qisqartirilib, ularning o‘rniga intensiv bog‘lar, yong‘oqzor va tokzorlar barpo etilayotgani hamda boshqa serdaromad ekinlar ekilayotgani diqqatga sazovor. Pirovardida ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizdan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari hissasiga to‘g‘ri kelayotir. Shu o‘rinda parlament quyi palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Yer kodeksiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirganini ta’kidlash joiz. Jumladan, fermer xo‘jaligi maqomi belgilab berilgan amaldagi 3-moddaning matni yangi tahrirda bayon qilinib, fermer xo‘jaligi hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining huquqiy maqomi belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida e’tirof etildi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish barobarida, ularni qayta ishlashi, saqlashi, realizatsiya qilishi, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar ko‘rsatishi hamda boshqa qonuniy ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Bundan tashqari, amaldagi Qonunning fermer xo‘jaligini tashkil etish shartlari belgilangan 5-moddasiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan esa, chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblanadi. Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni (naslli chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha kamida 0,45 gektarni (naslli chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil qilishi nazarda tutildi. Dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlarga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik hamda g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni tashkil etadi. Shu bilan birga, Qonunga ko‘ra, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i hamda tuman hokimi tomonidan imzolanadi. Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat etilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi. Yerdan foydalanish normalari belgilangan 13-moddaning yangi tahririga ko‘ra, fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘z oila a’zolaridan biriga ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga berishi mumkin. Qonunda fermerlar huquqlari ham kengaytirilgan. Masalan, uning 16-moddasiga muvofiq, fermer ishlab chiqarishga zamonaviy, tejamkor texnologiyalarni, fan-texnika yutuqlarini joriy etish, fan-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish huquqiga ega bo‘ldi. “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalar bilan fermer xo‘jaligini tashkil etish va yer uchastkasini berish bo‘yicha qonun hujjatlaridagi normalarning o‘zaro muvofiqligi ta’minlandi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining huquqiy maqomi aniqlashtirildi. Qonunni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan vorislik, meros hamda fermer xo‘jaligini boshqarish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish va fermer xo‘jaligini tugatish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning qonuniy yechimi topildi. Bu esa, o‘z navbatida, respublikamiz agrar tarmog‘i yanada taraqqiy topib, turmushimiz farovon bo‘lishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Bu borada tomorqa xo'jaliklari ham katta rezerv ekani, "bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi. Xizmat ko'rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat yo'qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati yo'q. Shuning uchun mineral o'g'itlarni yetkazib berish, o'simliklarni himoya qilish, texnika va boshqa xizmatlar sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat turlarini ko'paytirish, xususiy korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish zarurligi ta'kidlandi. Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020 yil yakuniga qadar to'liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to'liq ma'lumotlarni berib, hosildorlikni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi. Mutasaddilarga ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo'lgan jarayonlarni to'liq raqamlashtirish tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Yuqoridagi vazifalar bajarilishini samarali tashkil etish uchun eng avvalo malakali kadrlar kerak. Xalqaro tajriba asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlarida o'qitishning yangi metodikasini tatbiq etish, professor-o'qituvchilar ishtirokida sayyor o'quv darslari hamda seminarlar tashkil etish muhimligi qayd etildi. Ilmiy-tadqiqot institutlarida ertapishar mahsulot turlari va hududlar iqlimiga mos chorva zotlarini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha ham ko'rsatmalar berildi. Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xo'jaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, eksportni ko'paytirish, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling