I bob. “Raqamli iqtisodiyot” faniga kirshi. 1- mavzu: Raqamli iqtisodiyot tushunchasi


-rasm. AKTga investisiyalarni 10 %ga oshirganda YAIMning o‘sishi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1152252
1   2   3   4   5   6   7   8
1.1-rasm. AKTga investisiyalarni 10 %ga oshirganda YAIMning o‘sishi 
holati
2
 
AKT rivojlanishining yuqori tezlikda bo‘lishi ularni joriy etish va 
foydalanish xarajatlari judayam past ekanligiga xam bog‘liq. Shuning uchun xam 
an’anaviy texnologiyalarga nisbatan AKTdan olinishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy 
samaradorlik tezkor va katta hajmda bo‘lishi mumkin. 
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida iqtisodiy o‘sish va jamiyat 
ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
 
AKT sektorining yuqori sur’atlarda o‘sishi; 
 
bozor va subyektlar boshqaruvi samaradorligiga AKTning ijobiy 
ta’siri; 
 
ta’lim sifati yuksalishi va ommabopligi o‘sishi; 
 
davlat boshqaruvi samaradorligi yuksalishi va fukarolik jamiyati 
rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy institutlarga AKTning jiddiy ta’siri; 
 
jahon 
iqtisodiyotiga 
integrasiyalashuv 
jarayonlarining 
ragbatlantirilishi va tezlashishi
 
bank tizimining rivojlanib borishiga keng kumaklashish. Hozirgi 
kunda kompyuterlashtirish inson faoliyatining barcha sohalarini keng kamrab olib, 
2
www.itu.int- Xalkaro elektroaloqa ittifokining rasmiy sayti va McKinsey & Company analysis 
kompaniyasining ma’lumotlari asosida tayyorlangan. 
0
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
0,9
Малайзия 
Ўрта Шарқ 
Буюк 
Британия 
Австралия 
Янги 
Зеландия 
Дунё бўйича
0,14 
0,19 
0,6 
0,8 
0,9 
0,7 


axborot maydonini kengaytirishga yordam bermoqda. Endi zamonaviy jamiyatni 
AKTning ta’sirisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Dunyo hududlari buyicha AKTdan foydalanish darajasi ko‘rsatikchlariga 
ko‘ra, Shimoliy Amerika davlatlarining boshqaruv va xo‘jalik subyektlari xamda 
uy xo‘jaliklarida ulardan foydalanish buyicha ancha yuqori (1.1-jadval). Ularda 
keng polosali Internet bilan uy xo‘jaliklarining 85%i, mobil aloqa bilan aholining 
72%i, uy xo‘jaliklarning 93%i esa shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling