I bob. Rekombinatsiya
Download 163.7 Kb.
|
Rekombinatsiyalar mexanizmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modifikatsion o‘zgaruvchanlik.
Transpozitsiya - bu DNK kichik bo‘lagini bir xromosoma yoki boshqa xromosoma bo‘ylab ko‘chib yurishidir. Bu hodisa dastlab 1950 yilda amerika olimasi Barbara Mak Klintok tomonidan makkajo‘xori donida ixtiro qilingan. Transpozitsiya genetik birliklarni xromosoma bo‘ylab xarakatlanishi natijasidir. Bunday genetik birliklar ikki tipga ajratiladi.
Ularning birinchisi insersiya deb atalib, u DNK kalta bo‘lagidan iborat, u o‘z-o‘zini tiklash qobiliyatiga ega. Ikkinchi kalta bo‘lagi transpozon deb nomlanadi. U o‘zini tiklash to‘g‘risidagi axborotdan tashqari fenotipik belgilarni ham kodlashda qatnashadi. Ba’zi genetik birliklarni xromosomada mavjudligi DNKdagi genlarning turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi. Shunga ko‘ra ular asosiy genetik elementlar ta’sirida turli mutatsiyalarni hosil qiladilar. Mazkur genetik elementlar faqat DNKdagi genlarnigina emas, ayni vaqtda xromosoma tuzilishini ham o‘zgartirishi mumkin. Aniqlanishicha Mak Klintok tasvirlagan xromosoma bo‘ylab ko‘chib yuruvchi yoki «sakrovchi» genetik bo‘lak birgalikda funksiya bajaruvchi ko‘p genlar birikmasidan iborat bo‘lib makkajo‘xori so‘tasida donlarni antotsian (qizil) pigmentini sintezini ta’minlaydi. Ana shu genlar birikmasidagi genlardan birortasi nofaol bo‘lsa donda antotsian rang kuzatilmaydi. «Sakrovchi» genetik elementlar keyinchalik ko‘pchilik eukariot va prokariot organizmlarda ham aniqlandi. Hanuzgacha mazkur genetik elementlar organizm uchun foydali funksiyaga egami degan masala hal etilmagan. Ba’zi olimlar «sakrovchi» genetic elementlar «xudbin DNK» bo‘lib, faqat o‘z-o‘zini ko‘paytirish funksiyasini bajaradi, organizm uchun hech qanday foyda keltirmaydi degan fikrni quvvatlaydilar. Bunga qaramaqarshi o‘laroq «sakrovchi» genetik elementlar xromosomada har xil mutatsiyalarni hosil etish qobiliyatiga ega bo‘lib, xromosomalarning ichki tuzilishini o‘zgarishiga olib kelishadi degan mulohazalar bor. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik. Organizmlardagi o‘zgaruvchanlik faqat irsiy omillarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pgina hollarda organizm yashash muhiti omillari ta’sirida ham o‘zgaruvchanlik hosil bo‘ladi. Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik populyatsiyadagi ko‘pchilik organizmlarga xos ekanligi, muxit sharoitining o‘zgarishi kelgusi avlodlarga berilmasligi bilan tavsiflanadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini tushunishga yordam beradi. Shuni ta’kidlash lozimki har qanday tirik mavjudotning morfologik, fiziologik, biokimyoviy belgi-xossalarini majmuasi ya’ni fenotipi faqat ota-onadan olingan genlargina emas, balki ma’lum darajada shu organism rivojlanayotgan muxitning xilma-xil omillari ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikga misol bo‘lib gornostay quyon zotidagi yung rangi o‘zgarishi bo‘yicha qilingan tajriba natijasini keltirish mumkin. Quyonning bu zotida yung oq bo‘lib, faqat oyoq uchlari, quloq suprasi, tumshuq uchi, dumi qora rangda bo‘ladi. Agar quyonning oq yungli orqa tomonida uncha katta bo‘lmagan qismidagi yunglar ustar a bilan olinib, shu quyon harorat pastroq xonada boqilsa yungi qirqilgan joydagi yunglar qora rangda bo‘lib o‘sib chiqadi. Xuddi shunday xodisani xitoy navro‘zguli (Primula sinensis) da ham kuzatish mumkin. Bu o‘simlikning qizil gulli irqida odatdagi 150 -250 sharoitda qizil gul rivojlanadi. Aksincha 300 -350 haroratli muxitda o‘stirilsa uning gullari oq rangda bo‘ladi. Ana shunday oq gulli navro‘zgul urug‘lari normal sharoitga ekilsa, urug‘lardan rivojlangan o‘simliklarning guli qizil rangda bo‘ladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda bizga tirik organizmga xos bo‘lgan bir-biriga teskari va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarlarni, ya’ni irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganish genetika fanining bosh mavzusi hisoblanadi. Sog‘lom, aqliy va jismoniy jihatdan baquwat, har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish doimo hukumatimiz diqqat markazida bo‘lgan. 0‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov qilgan nutqlarini birida, “Sog‘lom avlod deganda shaxsan men, eng awalo sogiom naslni tushunaman. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi eng awalo onaning sogiomligiga bog'liq” deb ta’kidladi. Ona-bolaning sog‘lom bo‘lishida tibbiyot xodimlarining roli beqiyos. Shu sababli barcha homilador ayollar tibbiyot xodimlarining nazoratida bo‘ladilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan homilador ayollar orasida u yoki bu irsiy kasalligi bor, nuqsonli bola tuqqan, yoshi 35 dan oshgan, yaqin qarindoshiga turmushga chiqqan, bolasi turmaydigan shaxslar bo‘lsa, ular tibbiy-genetik maslahatxonalarda maxsus ko‘rikdan o‘tadilar. DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo’lib ularni kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma’lum bir qismi transkriptsiya jarayoni natijasida sintezlangan iRNK molekulasiga aynan ko’chirilgan bo’lib uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axbort iRNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekulyar genetikaning so’nggi dalillarining ko’rsatishicha prokariot va eukariot organizmlar genlari o’zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar. Download 163.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling