I bob. Rinolaliya nutq kamchiligiga EGA boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika


Download 49.07 Kb.
bet1/10
Sana23.12.2022
Hajmi49.07 Kb.
#1049158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika


Mundarija:
Kirish
I bob. Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirishda harakatli oʼyinlarda logopedik ritmika.
1.1. Rinolaliya nutq kamchiligiga ega boʼlgan bolalarning nutqini rivojlantirish
1.2. Rinolaliyaning kelib chiqishi sabablari.
IIbob. Yopiq va ochiq rinolaliya xaqida.
2.1. Korreksion ishlarning mazmuni va vazifasi
2.2. Nutq va eshitish qobiliyatida og`ir nuqson bo`lgan bolalarni tabaqalashtirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

Kirish
Zamonaviy xalq ta’limi tizimining rivojlanishi va yangi vazifalarni о‘z oldiga qо‘yish davrida о‘sib kelayotgan yosh avlodni ta’lim – tarbiyasi samaradorligini oshirish eng asosiy vazifalardan biri bо‘lib kelmoqda. Ushbu vazifani bajarish uchun xalq ta’limi tizimiga qarashli barcha bо‘limlarni takomillshatirish va pedagog kadrlarning kasbiy sifatini yaxshilashni alohida ahamiyatga ega.


Matkabgacha ta’lim muassasalari oldiga qо‘yilgan muhim vazifalardan biri bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash hisoblanadi. Bolaning samarali ta’lim olishga tayyorlashning asosiy kо‘rsatkichlaridan biri tо‘g‘ri yaxshi rivojlangan nutq hisoblanadi.
Tо‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama, tо‘liq rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik tо‘g‘ri va lug‘ati boy bо‘lsa, unga о‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bо‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va о‘z tengdoshlari bilan bо‘lgan munosabati tо‘liq va mazmunli bо‘ladi, uning psixiq rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning о‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning sof va tо‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bо‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bо‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va tо‘g‘rilash muhim hisoblanadi.
Logopediya, fan sifatida nutqiy nuqsonlarni о‘rganishga, bolani ta’lim – tarbiyasi jarayonida ularni oldini olish va tо‘g‘rilash (korreksiyalash) imkoniyatini beradi.
О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risidagi” qonunida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich maktab konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish muammosini tо‘g‘ri hal etish orqali erishishi mumkin. Ayniqsa, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalirida о‘qitishning samarali usullarini amaliyotga tadbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib turibdi. Shunga bog‘liq ravishda jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lgan, nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishini har tomonlama о‘rganishining nazariy va amaliy ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Bizning mamlakatimizda yangicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda shakllanayotgan maktabgacha ta’lim tizimi bir qator о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bozor iqtisodiyotining о‘tish bosqichi qiyinchiliklarga qaramasdan biz erishilgan ijobiy tajribalarni saqlash va rivojlantirish yо‘lidan bormoqdamiz. Bu sohada 1998-yil, “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash tayanch dasturi” ham ishlab chiqildi. Dasturning ijobiy tomonlaridan biri – maktabgacha tarbiya muassasasining jamoasi faoliyati chegaralab qо‘yilmaganligidir. Dasturning ijobiy tomonlaridan yana bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish xalqning qadimiy urf-odatlari, san’ati, madaniyati, milliy qadriyatlari asosida tanishtirish orqali amalga oshirilishidir. Zero, har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan mavqei va shuhrati bevosita о‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsning har tomonlama rivojida nutqning ahamiyati katta. Nutq – insonning muloqat, fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi. Nutq rivojlanishining orqada qolishi bolaning barcha psixologik faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bо‘ladi, bola psixik va somatik jixatdan sog‘lom bо‘lishi, normal eshitish va kо‘rishi shart. Yetarli darajada psixik faoliyatiga ega bо‘lishi, nutq muhiti sharoitida bо‘lishi lozim.
Inson nutqi tushunarli harakatlar chiqarayotgan tovush yoki sо‘zlarni ifodalab bera oladigan harakatlar muhsulidir.
Nutq bir tomondan inson ruhiyatini uning milliy asosdan kelib chiqqan holda har bir kishiga xos bо‘lgan xususiyatlarini oyna kabi о‘zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan uning ruhiyatidagi og‘riq jihatlarini aks ettiradi. Demak, nutqning tо‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhitiga va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq, lekin ayrim sabablariga kо‘ra, bola nutqida nuqsonlar kuzatiladi. Nutq nuqsonlari ularni bartaraf etish, oldini olish masalasi yuzasidan kо‘p olimlar tadqiqotlar о‘tkazib, bu masalaning kо‘p qirralarini ochib berdilar.


Download 49.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling