I bob: Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar
Badiiy asarlarda vaqtning tasviri
Download 50.96 Kb.
|
O\'ZBEK ROMANLARIDA EKSPOZITSIYANING O\'RNI
2.2.Badiiy asarlarda vaqtning tasviri
Badiiy asarlarda vaqtning tasviri tush bilan ham bog’liq. Tarixiy asarlar ham badiiyat namunasi sifatida bundan mustasno emas. To’g’ri, roman qahramoni bo’lmish tarixiy shaxslar tush ko’rgan, uni o’z xotiralarida qayd qilgan bo’lishlari mumkin. Lekin asar qahramonlari tush ko’rishsa, asosan muallifning badiiy niyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Moziy haqida yozilgan, ayniqsa tarixiy shaxslar hayotini yoritishga bag’ishlangan badiiy asarlarning syujet, kompozitsiyasining asosini qahramon hayotidagi asosiy voqealarni ikkinchi darajali voqealardan ajratib, tipiklashtirishga qo’l keladi. Romandagi vaqt bosh qahramon – Boburning hayot yo’lini yoritishga vosita bo’lib xizmat qiladi. Shunga qaramasdan, asardagi vaqtni – Tohirning vaqti, Robiyaning vaqti, Fazliddin tog’aning vaqti, Umarshayx mirzo va boshqa obrazlarning vaqtlariga bo’lish mumkin. Bu obrazlar va ularga ajratilgan vaqt tasviri bir maqsadga, Bobur yashagan vaqt va muhitni to’liqroq gavdalantirishga qaratilgan. Vaqt, muhit ham Bobur obrazining turli qirralarini badiiy bo’yoqlar yordamida kitobxon ko’z o’ngida yanada yorqinroq chizilishiga xizmat qiladi. Vaqt Boburning inson, shaxs, sarkarda bo’lib yetishishida, ayniqsa, xarakterining shakllanishida va davlatni boshqarish hamda uning tartiblarini o’rganishida, o’zidagi bir-biriga zid bo’lgan shoh va shoirga xos bo’lgan sifatlarning yuzaga chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotdagi yo’l xronotopi ham vaqt kabi mutloq cheksizdir. “Yulduzli tunlar”da ham yo’l tasviriga keng o’rin berilgan. Makoni Turkiston, Afg’oniston, Hindistondek keng bo’lgan romanda yo’l tasviri bo’lmasligining imkoni yo’q. Adib nafaqat bosh qahramoni, balki me’mor Fazliddin, tarixchi Xondamir, Tohirlarning yurgan yo’llarini ham aks ettirgan. Bu tasvirlar xuddi asardagi obrazlarning hayotidek bir-birini takrorlamaydi. Yozuvchi Bobur xarakterini yaratishda obrazlarning xatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti va tarixiy shart-sharoitlarni, qahramon ma’naviyatini, yetuk inson sifatidagi faoliyatini ochib berishga alohida e’tibor beradi. Haqiqatan ham, “Yulduzli tunlar” romanida tarixiy ijtimoiy muhit, ya’ni taxt manfaatlari asta-sekin Boburning fikrlariga, uning adolatli qarashlariga, pokiza tuyg’ulariga tazyiq o’tkaza boshlaydi. Tarixiy memuar manbalardan bu temuriy shaxzodaning juda ko’p xususiyatlari bizga ma’lum. Lekin bu manbalar Bobur to’g’risida oddiy axborot beradi, xolos. Asarda Bobur faoliyatini aks ettiradigan tarixiy voqealarning qahramon xarakterini ochishga bevosita xizmat qiladigan qismini tanlab, yozuvchi eng kichik bir epizodga ham alohida badiiy jilo beradi. San’atkor tarixiy voqealar bilan cheklanmaydi, Bobur hayotidagi hodisalarning bir-biriga chambarchas bog’lanishini ishonchli badiiy to’qimalar bilan mustahkamlaydi. Umarshayx vafotadan keyingi toju taxt tashvishlari Boburni tinimsiz fikrlashga va izlanishga majbur qildi. Mana shunday og’ir sharoitda ham u zo’ravon beklardam biri Ahmad Tanbal istagiga qarshi chiqdi va o’z opasi Xonzoda begimni bekning tajovuzidan qutqarib qoldi. “ – Men sizning pok qalbingizdan adolat izlaymen! Qalbingiz nima buyursa, siz menga shuni buyuring! Men rozimen! Bobur sakrab o’rnidan turdi-yu, opasining qo’llaridan olib, uni o’rnidan turg’azdi. Yig’lamang, bas! – dedi, ammo Boburning o’zi ham ko’ngli erib ko’z yoshini zo’rg’a tutib turardi. Siz menga barcha beklarimdan yaqinroqsiz. Bir tug’ishgan yagona egachimsiz. Siz tufayli ne og’irlik kelsa, mayli ko’ray. Xotirjam bo’ling! Toki bormen, suymagan odamingizga uzattirmasmen” (104). Bu esa Ahmad Tanbaldek beklarga qarshi isyon edi. Bobur o’z opasi Xonzoda begimning iztirobli muhabbatini qadrlab, uni himoya qila olishi oddiy odatdek ko’rinsa-da, aslida bu yerda juda katta ma’no yotadi. Nomus uchun, oila shon-shuhrati uchun kurash toj-taxt uchun kurashga qaraganda qadriyati balandligini anglatadi. Bizning nazarimizda, bu holat Bobur shaxsining go’zal va boyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Yoki Bobur endigina taxtga chiqqan vaqtda sodir bo’lgan bir voqeani eslaylik. Beklar Bobur oldiga Darvesh govni ig’vo tarqatganlikda ayblab olib keladilar. Darvesh gov oddiy fuqaroni qo’llab-quvvatlagani uchun ham beklar undan qasd olish maqsadida ayblaydilar. “Amirzodam, men ig’vogar emasman! Men ig’vogarlarning qurbonimen! Menga rahm qiling! Beshta bolam bor! Noumid qilmang, amirzodam” (50). Uning so’zlaridan keyin Boburda unga nisbatan rahm-shafqat tuyg’usi uyg’onadi. Lekin urush xavfi beklarning talabiga ko’nishga majbur etadi. Sharoit insoniylikka yo’l bermaydi, buni “Boburnoma”dan ilg’ab olish mumkin: “Bu fursatda Darvesh gov otliq Andijonning arbobidin nomunosib so’z aytqon uchun yasoqqa yetdi. Bu siyosattin tamom el bosildilar6”. Ushbu voqeaga Boburning munosabatini, uning qanday ahvolda qolganini yozuvchi Pirimqul Qodirov quyidagicha tasvirlaydi: “Yasoq! – qichqirayotgan har bir darg’azab bek Boburdan quyoshni to’sib olgan bir qora bulutga o’xshar. Boburni chirmab aylantirayotgan dahshatli quyun mana shu qora bulutlarning shamoli emasmikin? Nahotki, bu bulutlar doim toju taxt bilan yursa-yu, Darvesh govga o’xshaganlarning qoniga shunchalik tashna bo’lsa? Boya Boburga xuddi shu bulutlar orasidan suzib chiqqan to’lin oyday go’zal ko’ringan toju taxt, endi oy tutilgan tunday vahimali tusga kirdi. Xulosa Bu o’rinlarda shohlikdan shoirlik g’olib keladi. Ko’rib turganimizdek, adib real bo’yoqlarda Bobur irodasi va qalbini tasvirlagan. Yozuvchi badiiy mahorati shundaki, u shoir Boburning ichki olamini juda teran tushuna olgan va buni asar ruhiga singdirib yuborgan. Shoh Bobur faqat toj-taxt kurashlarida emas, o’zining mag’lublik davrlarida ham insoniy qiyofasini yo’qotmaydi. Shayoniyxon XV asr oxiriga kelib, Movorounnahrda o’z harbiy-siyosiy yurishlarini boshlagan paytlarida ham islom diniga kuchli qiziqish bilan qarab, “fikh” ni teran o’rganishga katta kuch sarflagan. Bu haqda mojor olimi Herman Vamberi quyidagicha ma’lumot beradi: “U har holda o’zining eronlik dushmanlari tarafidan tasvir etilganidek, nimani xohlasa shuni bajaruvchi vaxshiy bir kimsa emas edi. Masalan, u zamonning ruhoniy ulamolariga katta hurmat, hatto bolalarcha itoat qilib, barcha urush safarlarida o’zi bilan barobar kichkina go’zal kutubxonasini olib yurar, Temur kabi bu ham Damashq va Halab ulamosi bilan diniy munozaralarga qatnashgan7”. Shayboniyxon haqidagi mojor olimining bu fikrlari haqiqatdan yiroq emas. Bu haqda Hasanxo’ja Nisoriy shunday yozadi: “Sohibqiron xon ilm fazilatlardan to’la xabardor, aniqrog’i ularni to’la egallagan kishi edi. She’riyat sohasi, shoirlarga e’tiqod-e’tibori katta bo’lgan, mudom olimu fuzalolarni o’ziga hamsuhbat bilgan8”. Bu xususiyat uning Muhammad Solih, Binoiy singari hamda boshqa tarixiy shaxslarga bo’lgan munosabatida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shayboniyxon umrining oxiriga qadar ilmu ijod bilan shug’ullanadi. U g’azallar, ruboiylar va tuyuqlardan iborat devon tartib berib, turkiy she’riyatning ajoyib namunasini yaratadi. 1507-1508 yillarda valiahd o’g’li Temur Sultonga bag’ishlab hozirda Turkiyada saqlanayotgan pand-nasihatlardan iborat asarini, shuningdek, 1508 yilda “Bahr-ul-xudo” (“Haqiqat yo’lining dengizi”) nomli asarlarini yozadi. Shayboniyxon ham Boburdek shoh va shoir sifatida o’z davrining yetuk siymolaridan biri edi. Umuman, Shayboniyxon shaxsi va ijodi to’liq yoritilmaganligi uchun “Yulduzli tunlar” asari haqida fikr yuritgan ba’zi adabiyotshunoslar asarda Shayboniyxon obrazi tasviri haqida turli fikrlarni bildiradilar. Jumladan, P.Alimov yozadi: “Pirimqul Qodirov tasvirida Shayboniyxonning markazlashgan davlat haqidagi siyosati ham uning tabiati, xarakteridagi ayyorlik va makkorlik belgisi sifatida tasvirlanadi. To’g’ri, yozuvchi asar davomida Bobur va Shayboniyxonni bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi. Tarixda ham xuddi shunday bo’lgan. “Boburnoma”ning bir necha joyida Shayboniyxon tilga olingan9”. Bobur ham ba’zi o’rinlarda bor haqiqatni yozib qoldirgan. Bu faktlarga asoslanib yozuvchi Shayboniyxon siymosini yaratadi. Temriylarda ”o’zim”, ”o’zim bo’lay” degan xudbinlik Boburga ozgina xos edi. Chunki u ham temuriyzodalardan biri. Vaholanki, Shayboniyxon unga yaqinlashishga intildi, shu sababli, uning opasi Xonzoda begimga uylandi, undan Xurramshoh ismli o’g’il ko’rdi; Bobur Shayboniyxon bilan sulh tuzishi, birlashgan yagona turkiy davlatni birgalashib tashkil qilishi ham mumkin edi. Bunday bo’lmadi. Boburning eng katta tarixiy xatosi shu edi. Bu xato oqibatida mislsiz ko’p qon to’kildi, Movarounahr parchalandi, Rossiya ta’qibi va istilosi ostida qoldi. Oxiri bu ikkala buyuk shaxs esa eng dahshatli kulfatlarga duchor bo’ldi. Yozuvchi davrdagi cheklanganlik, sotsialistik realizmning siyosiy ruhi tufayli romanda bunday to’g’ri, teran, haqqoniy xulosalar chiqarishga ojizlik qildi. Ma’lumki, mahoratning ikkinchi belgisi tasvirlashdir, dedik, yozuvchi bu tomondan ham yaxshi yo’ldan bordi. Biroq mahoratning uchinchi belgisi baholashdan iborat bo’lib, yozuvchi bu sohada yetarli darajada odillik ko’rsatolmadi, bunga zamona zayli to’sqinlik qildi. Siyosiy tarqoqlik va birlshtirish qutblariga suyangan bosh konflikt roman syujetiga poydevor bo’ldi. ”Yulduzli tunlar” romanining syujeti realistik va u Bobur xarakterining takomilidir. Romanning boshida biz Tohir, uning sevgilisi Robiya, uning tog’asi Fazliddin, Samarqand shohi Sulton Ahmad, Koshg’ar hukmdori Abubakr, Toshkent hukmdori Mahmudxon, Umarshayx va uning ikki o’g’li Bobur hamda Jahongir Mirzolar bilan tanishamiz. Bu ekspozitsiyadir. Chunki keyinroq Mahmudxon Boburning tog’asi, Tohir Boburni o’limdan saqlab qoluvchi kishi, Jahongir Mirzo Bobur bilan ”taxt talashuvchi” ukasi bo’lib chiqadi. Biz bundan Umar Shayxning xotinlari va qarindoshlari bilan ham tanishamiz. Shu narsa ham ayon bo’la boradiki, Boburning otasi o’zbeklashgan temuriylardan, temuriylar esa o’zbeklashgan mo’g’ullarning barlos urug’idan; Bobur ona tomondan esa o’zbekdir, turkiydir. Boburning eshik og’asi bo’lgan Qosimbek uning hayotida muhim mavqega ega bo’ladi. Download 50.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling