I-bob Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida


Sotsial va shaxslararo munosabatlar


Download 341 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi341 Kb.
#1490820
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Psixoanalizda shaxs muammosi

1.2. Sotsial va shaxslararo munosabatlar.
Sotsial normalar, sanksiyalar, rollar sotsial mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma’lum ma’noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - sotsial normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, sotsial xulq-shaxs tomonidan uni o’rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxs individualligini o‘rganish borasidagi metodikalarni tahlil etishda umumiy psixologiya va shaxs psixologiyasining qonuniyatlariga ko‘ra shaxs individualligini xarakterlovchi qobiliyatlar, temperament psixologiyasi va xarakter psixologiyasiga doir o‘lchash vositalariga murojaat etishimizga to‘g‘ri keladi.
Sotsial norma – shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‘z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o‘zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo‘lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi ­­– norma; o‘quvchining o‘qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi ­­– norma; xotinning er hurmatini o‘rniga qo‘yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik – norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‘rin bo‘shatishi – norma va hokazo. Bu normalarni ayrim alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‘lishi sotsial tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va sotsial guruh psixologiyada muhrlanadi.
Sotsial normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo‘lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi sotsial sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Sotsial sanksiyalar – normalarning shaxs xulqida namoyon bo‘lishini nazorat qiluvchi jazo va rag‘batlantirish mexanizmlari bo‘lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda sotsial xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’yektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo‘ysafid kishiga o‘rin bo‘shatishni norma deb qabul qilmagan o‘smirga nisbatan ko‘pchilikning ayblov ko‘zi bilan qarashi, yoki og‘zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o‘zini bebosh tutayotgan o‘smirning qo‘lidan tutib, nima qilish kerakligini o‘rgatib, «ko‘zini moshday qilib ochib qo‘yish» sotsial sanksiyaning hayotdagi bir ko‘rinishidir.
Sotsial sanktsiyalarning quyidagi turlari mavjud (1-jadval):
2-jadval





Download 341 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling