I-bob shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi


Individuallik qanday tuzilishga ega?


Download 44.38 Kb.
bet6/14
Sana02.02.2023
Hajmi44.38 Kb.
#1147972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi

Individuallik qanday tuzilishga ega?
Individuallikning tarkibiy qismlari sifatida quyidagi shajarani ko‘rsatish mumkin.











Ijtimoiy tarixiylik








ijtimoiylik








Fiziologik








Bioximik








Fizik









Bu kompleks (ko‘pqirrali) shajara yaxlitlanganda individuallik vujudga keladi.
Inson individualligining etilishiga, rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ko‘pqirraliligini xisobga olgan xolda V.S. Merlin bu tushunchani aniqroq ifodalash uchun «integral individuallik» atamasini kiritdi. Syu bilan birga u individuallik tushunchasida barcha tabiiy va ijtimoiy xususiyatlar integratsiyasini ko‘rsatib o‘tdi. Bunday yondoshishga ko‘ra, inson individualligi bu uzluksiz tashqi va ichki o‘zgarishlar sharoitida o‘z yaxlitligi va o‘z-o‘ziga o‘xshashlikni saqlab qoluvchi, yakka bita odamning aloxida turmush shakli (tarzi) bo‘lib,u turmush tarzi doirasida muxtor sifatida, yakka va betakror biosistema (tabiiy-ijtimoiy tuzilma) tariqasida yashaydi va sa’yi-harakat qiladi. Bu borada V.M.Bexterevning bir fikrini eslab o‘tish joizdir; «SHaxs har doim va har erda biosotsial sharoitlarning maxsulidir».1
Inson integral individualligining rivojlanishi, shakllanishi va etilishining mexanizmlarini ochish, shuningdek shu mexanizmlarni boshqarish uchun insonni tashkil qiluvchi barcha tarkibiy qismlar qanday o‘zaro harakat, ta’sir qiladi, vositalanadi, o‘zgaradi va integrallanishini bilishni talab qiladi. Bu fundamental vazifa nafaqat inson integral individualligining determinantlari hamma kompleksini chuqur, ko‘pbosqichli, abstrakt analiz qilishni nazarda tutmasdan, balki inson individual xatti-harakati, xulq-atvorini tashkil qiluvchilari va tarkiblari o‘rtasidagi turg‘un qonuniyatlarningo‘zaro aloqalarini izlashga yo‘naltirilgan, ular o‘rtasidagi o‘zaro sa’iy-harakat xususiyatini konkret eksparimental Kurslar asosida ochishni ham nazarda tutadi. Tabiiyki,bu kompleks vazifa insonni o‘rganuvchi genetika, antropologiya, psixologiyadan tortib, to siyosiy iqtisod, falsafagacha bo‘lgan ko‘pgina fanlarning birgalikdagi izlanishlari bilan xal qilinishi mumkin. Bu muammo xal qilinishida B.M.Teplov, V.D.Nebilitsinlarning fikricha katta ilmiy yo‘nalish - differensial psixofiziologiyaga berilishi kerak. Uning Kurs predmetini rasmiy (formal) sxematik (timsoliy) darajasida, ikkita aylananing kesishgan qismi sifatida tasavvur qilish mumkin.Ulardan biri bizdagi psixikaning individual variatsiyalari xaqidagi bilimlarimiz bo‘lsa, ikkinchisi esa keng ma’nodagi inson biologik tuzilishining individual variatsiyalar yuzasidan bilimlarimiz simvoli ko‘rinishida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.


Download 44.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling