I bob. Shayboniylar davrida movoraunnahrda ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol
Download 147.02 Kb.
|
Shayboniy safaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi harbiy-siyosiy munosabatlar
Mundarija Kirish. I.BOB. Shayboniylar davrida movoraunnahrda ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvol.1.1. XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoq va Movoraunnahrdagi siyosiy ahvol. 1.2. Shayboniylar davrida Movoraunnahrda madaniy taraqqiyot uchun shart-sharoitlarning vujudga kelishi.II.BOB. Shayboniylar va Safaviylar o‘rtasidagi harbiy-siyosiy munosabatlar2.1. Shoh Ismoil Safaviyning hayot yo’li va kelib chiqishi. 2.2. Safaviylarningning yurishlari va qo’llagan siyosati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH Ma’lumki, “Ta‟lim to’g’risidagi qonunda va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‟lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarida ta‟lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi muhim tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan. Shuni nazarda tutgan holda bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi ham o’ta dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Birinchidan O’zbekiston tarixi darslarida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etish va rivojlantirish uchun qulay shart–sharoit yaratish uchun ta‟lim jarayonini to’g’ri tashkil etish, o’quvchilarning ongiga to’g’ri yo’l topa bilish muhim ahamiyatga ega. Vatan tarixining ilmiy tahlil va izchil yondashuvni talab qiladigan yo’nalishlaridan biri XVI–XVII asrlarda hukm surgan shayboniylar davlati tarixidir. Ikkinchidan XV–XVII asrning boshlarida Movarounnahrdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy porokandalikni vujudga keltirgan sabablar, shu davr tarixiy jarayonlarining salbiy oqibatlari tegishli saboq bo’lib, mazkur voqealarni chuqur anglab, haqqoniy talqin qilish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixini yangi konseptual – metodologik asoslarda tadqiq etish, turli ilmiy muammolarni asl manbalarga tayangan holda tahlil etish muhim masalaga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixiy – madaniy merosni o’rganish va targ’ib etish, ta‟lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o’quvchilarni komil inson darajasida tarbiyalashga katta e‟tibor berilib, bu sohada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Uchinchidan O’zbekiston tarixining muhim burilish nuqtasi hosoblanmish shayboniylar davrini ilmiy manbalar asosida tahlil etish fanimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. O’quvchilarga o’zbekiston tarixi fanini o’qitishda shayboniylar davri tarixining pedagogik asoslarini aniqlash hozirga qadar yaxlit ilmiy tadqiqot sifatida o’rganilgan emas. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshiradi. Tariximizda Somoniylar, G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar va Mang’itlar kabi sulolalar hukmronlik qilganini bilamiz. Shu nuqtai nazardan olganda Shayboniylar davrining dolzarbligi shundan iboratki, biz bu davrni yanada muhimroq o’rganmog’imiz, o’sha davrda hukmronlik qilgan xukmdorlar qilgan ishlarini chuqurroq tahlil qilmog’imiz, ochilmagan, siru-sinoatlarni ochib bermog’imiz darkor. Bizga ma‟lumki, bir qator tarixchilarimiz Shayboniylar davriga oid bir qancha asarlar yozishgan. Jumladan, Axmedovning “Tarixdan saboqlar”, “To’rt ulus tarixi”, Z.M. Boburning “Boburnoma”, Abdulg’ozixonning “Shajarai turk”, M. Solihning “Shayboniynoma”, X.T. Buxoriyning “Abdullanoma” asarlari mavzuning yoritilishida muhim asarlar hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishining maqsadi Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-sharqda Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimlari oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab Jo'ji ulusi norai bilan Oltin O'rda xonligi tashkil etilgan.XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi oqimlarida Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur, qorluq, ushun (usun), karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu ulus O'zbeklar davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan. XVI asr birinchi yarmida usmoniy hukmdorlar Yevropa, Osiyo va Afrikada yangi hududlarni bosib olib, o’z yerlarini ancha kengaytirdilar. XVI asr boshida Turkiyaning1 Sharqiy chegarasida Safaviylar xokimiyati (1502 –1736 yillarda Eronda turkiy qavmdan bo’lgan Safaviylar sulolasi boshqargan davlat. Ular shialarning o’ram sallasini o’rab yurganligi uchun qizilboshlar deb xam atashgan) kuchaydi. 1510 yilga kelib Ismoilshox I (1502 –1524) ilgari Oqquyunli davlati tarkibiga kirgan deyarli barcha erlarni qo’lga kiritdi. Islom dinining shialik oqimini davlat diniga aylantirgan Safaviylar davlatining kuchayishi, nafaqat Usmoniylarning Sharqdagi ekspansiyasini cheklab qo’ydi, balki uning ichki xotirjamligiga xam putur yetkazdi. 1514-yili Manu shaxri yaqinidagi Chaldiron tekisligida bo’lib o’tgan jangda Usmoniylar qo’shini qizilboshlilarga qattiq zarba berdi. Usmoniylar Safaviylarning poytaxti Tabrizni egalladi, lekin Eronda mustaxkamlanib ololmasdan Onado’liga chekinishdi. Tabrizni tashlab chiqayotib usmoniylar 700 dan ziyod xunarmandlar oilasini o’zlari bilan olib ketishdi va Istambulga joylashtirdi. 1515-yili imzolangan sulxga ko’ra Armanistonning bir qancha tumanlari Erzurum shaxri va Iroqning shimoliy qismi Mosul shaxri bilan birga Turkiyaga tasarrufi o’tdi. Eron urushi tugagandan so’ng usmoniylar arab erlariga yurish boshladi. Bu paytda Suriya va Misr mamluklar qo’l ostida birlashtirilgan bo’lib, bu davlatga Ismoilshoxning ittifoqchisi Sulton Kansux al-Guri boshchilik qilardi. 1516 yil yozida Usmoniylar armiyasi Sulton Salim I (1512 –1520) qo’mondonligida Shimoliy Suriyaga bostirib kirdi. Xalab yaqinidagi birinchi jangdayoq (1516-yil 24 avgust) turklar to’liq g’alabani qo’lga kiritdilar. Jangda turk artilleriyasi qo’shinning ustunligini ta’minladi. Mamluklar sultoni Kansux al-Guri xalok bo’ldi. Misrda esa mamluklar ancha qattiq, ammo muvaffaqiyatsiz qarshilik ko’rsatdilar. 1517-yil boshlarida Salim I armiyasi Qoxiraga kirdi. Mamluklar qo’shinlari Yuqori Misrga chekinishdi. Lekin tez orada ular xam tor-mor qilindi. Ularning yo’lboshchisi Tumanbey Qoxirada osib o’ldirildi. Shundan so’ng musulmonlarning muqaddas yurti xisoblangan Xijoz (G’arbiy Arabiston) bosib olindi. Tez orada Salim I Ka’baning kalitini xam qo’lga kiritdi.Shayboniylar davrida esa Safaviylar o’rtasidagi siyosiy harakatlar juda avj oldi.Bu kurs ishimizning maqsadi o’sha davrda Safaviylar davlati va Shayboniylar davlati o’rtasidagi siyosiy harakatlarni o’rganishdir. Download 147.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling