I bob. Sotsial psixologiya fan sifatida 1 Sotsial psixologiya fanining predmeti va vazifalari
Sotsial psixologiyaning alohida fan bo`lib ajralib chiqishiga sabab bo`lgan
Download 144.83 Kb.
|
Affiliatsiya haqida tushuncha
1.2 Sotsial psixologiyaning alohida fan bo`lib ajralib chiqishiga sabab bo`lgan
Ilmiy manbaalar. Rus olimasi Galina Andreevaning ta`kidlashicha sotsial psixologiya sohasida ishlayotgan mutaxasisni kimligi – uning fan predmetiga yondashuvida namayon bo`ladi. Sotsiolog sotsial qonuniyatlari jamiyatdagi an`analar va uning qoidalar tilida tushuntirsa, psixolog – shaxs psixologiyasining qonuniyatlarini umumjamiyat qonun qoidalariga tadbiq etadi. G. Andreeva sotsial psixologiyaning mavzu bahsi haqidagi hozirgi zamon qarashlarini umumlashtirib, uch xil yondashish mavjudligini asoslaydi. 1.2-sxema. Galina Andreevaning e`tirof etishicha – ijtimoiy psixologiyaning bahsida uch xil yondashish mavjud. Uchinchi Ikkinchi Birinchi Sotsiologik ham psixologik yondashish ham ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq atvorlari motivlarini o`rganish. Sotsiologik yondashish – ijtimoiy psixologiya ommaviy psixologik jarayonlarni – xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udumlar, rasm – rusmlarning inson ongiga singishi, ijtimoiy xulq – atvorda namoyon bo`lishini o`rganadi. Psixologik yondashish – Psixologlar asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik hislatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o`rni mavqei, ijtimoiy ustanovkalar qaralmoq lozim deb hisoblaydilar. Sotsial psixologiyaning alohida fan bo`lib ajralib chiqishiga sabab bo`lgan Ilmiy manbaalar ikki fan psixologiya va sotsiologiya faning erishgan yutuqlari va har qaysining doirasida ma`lum muammolarning echilishi uchun yana qo`shimcha alohida fanning bo`lishi lozimligini tan olish tufayli yuzaga keldi. Psixologiya va sotsiologiya sotsial psixologiya fanining “Ota - onalaridir”. Sotsial psixologiyaning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan tasavvurlar, fikrlar, e`tiqodlar, g`oyalar, his – tuyg`ular, kechinmalar, turli hulq – atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Jamiyat – bu insonlar majmuidir Jamiyat taraqqiyoti - Insonlar o`zaro munosabatlarning tabiatiga bog`liq. Murakkab ijtimoiy hamkorlik faoliyatning mazmuniga bog`liq. 1.3-sxema. Sotsial psixologiya – sotsial jarayonlar, jamiyatdagi o`zgarishlarga aloqador psixik hodisalarni o`rgangani uchun ham bevosita davrga bog`liqdir. Fransuz olimi Serj Maskovisi. “Sotsial psixologiyaning vazifalarini bevosita jamiyat belgilaydi” deb yozgan edi. Mustaqil davlatimiz, jamiyatimizda keskin sotsial iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berayotgan vaqtda sotsial psixologik darajada hal qilinishi lozim bo`lgan vazifalar har qachongidan ham muhim bo`lib turibdi. Bugungi kunda ijtimoiy psixologiya o`z mavzu bahsini va predmetini quyidagi o`ektlarga qaratmoqda. Download 144.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling