I bob. Sut emizuvchilarning sinfi


Sut emizuvchilar suv muhitining ikkilamchi o’zlashtirilishning ahamiyati


Download 1.28 Mb.
bet5/6
Sana08.06.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1464149
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SUTEMIZUVCHILARNING TURLI TUMANLIGI TARQALISHI TURLI TARKIBLARI

2.2. Sut emizuvchilar suv muhitining ikkilamchi o’zlashtirilishning ahamiyati
Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uz. 33 m, vazni 150 t. Sut emizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sut emizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qad. qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hozirgi Sut emizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sut emizuvchilar yer yuzidagi Shim. qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.Sut emizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik Sut emizuvchilar ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-asr dan moʻynali Sut emizuvchilarni xonakilashtirish, ulardan lab. hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha Sut emizuvchilar qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim Sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va boshqa ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.Odam faoliyati taʼsirida Sut emizuvchilarning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-asr boshidan hozirgacha Sut emizuvchilar ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xoʻjaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduksiya qilingan turlar taʼsiri yoki tabiiy omillar Sut emizuvchilar soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. Sut emizuvchilarning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuning bilan birga ayrim sinantrop Sut emizuvchilar areali va soni ortib bormoqda. Sut emizuvchilarning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, David bugʻusi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, okdum gnu) saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ularning yashash joyini saklab qolish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etish, tutqunlikda koʻpaytirish orqali hayvonlarni reakklimatizatsiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, buxoro bugʻusi (xongul), yoʻlbars, leopard va boshqa hayvonlar saqlanib qoldi; saygʻoq, sobol, bobyor va boshqa soni qayta tiklandi.
1.Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif
Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig'ida uchta uzangi, sandon va bolg'acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog'ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug'adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag'ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g'on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug'u, t ng'iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg'u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va

2. Sut emizuvchilarning morfologiyasi va anatomiyasi

echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan
Teri qoplami. Boshqa umurtqalilarnikidan murakkab tuzilgan. Bu ayni damda termoregulyatsiyada juda katta ahamiyatga ega. Jun qoplami suvda yashovchilarda (kitlarda, tyulenlarda) esa yog’ qavati issiqlik ko’p sarf bo’lishining oldini oladi.teri qon tomirlari kengaygan vaqtda keskin kamayadi. Tananing sovushida ter bezlari yordamida chiqadigan suvning teri orqali bug’lanishning ahamiyati ham kata. Sut emizuvchilarning terigi 2 qavat: tashqi-epidermis va ichki- kutisdan iborat. Malpigiy yoki o’sish qismi deb ataladigan tirik silindrsimon yoki kubsimon hujayralardan tashkil topgan qismi bor. Epidermis teridan hosil bo’luvchi soch, tirnoq, tuyoq, shox, tangacha turli bezlar singati muhim hosilalar hosil bo’ladi. Haqiqiy chin teri, yani kutis sut emizuvchilardajuda yaxshi rivojlangan tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kutisning ostki qismi g’ovak tolali to’qimadan iborat bo’lib bu yerda yog’ to’planadi. Bu qavat teri osti yog’ klechatkasi deyiladi. U kitlar va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Teri ichida joylashgan jun ildizi devorlari tashqi qavat yani jun xaltachasidan va ichki qavat yani jun qinidan iborat bo’lgan xaltacgada joylashgan. Jun xaltachasining voronkasiga yog’ bezlari ochiladi. Ularning sekr eti junni moylaydi, uni mustahkamlaydi va namlanishdan ximoya qiladi. Jun qoplamining alohida kategoriyasini vibrissalar tashkil qiladi. Bu juda uzun qattiq, jun sezish vazifasini bajarib, ko’pincha boshda, bo’yin pstida, ko’krakda qorin tomonida joylashadi. Qil va ninalar shakli o’zgargan jundir. Terining boshqa shox hosilalari tangacha, tuyoq, shox, ichi kovak shox tumshuqdan iborat. Hayvonlarning tangachasi hosil bo’lishi va tuzilishiga ko’ra reptiliyalarnikiga o’xshaydi. Haltalilar, kemiruvchilar va hasharotxo’rlarda tangachalar dumida joylashgan. Ho’kiz, antilopa, echki, qo’ylar shoxi ham shox moddadan iborat hosiladir. Ular epidermisdan hosil bo’lib, mustaqil suyak o’qda joylashadi. Bug’ularning shoxi kutisdan tuzoilgan bo’lib, suyakdan iborat bo’ladi.

Sut emizuvchilar terisidagi bezlar
Tuzlishi va funksiyasiga ko’ra ter, yog’, hid va sut bezlaridir.Ter bezlari bevosita teri yuzasiga yoki jun xaltachasiga ochiladi. Bu bezlarning asosiy maxsuloti mochevina va suvda erigan tuzdan iborat. Ter bezlarining vazifasi suv va parchalanish maxsulotlarini tashqariga chiqarish bilan tanani sovutishdir.
Yog’ bezlari deyarli har doim jun xaltachasining voronkasiga ochiladi. Yog’ sekreti terini va junni moylab, ularni qurib qolishdan va ho’l bo’lishdan saqlaydi.
• Hid bezlari ikkala bez kombinatsiyasidan hosil bo’ladi. Hayvonlar xatti-harakatining shakllanishida hid signalizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Yana ular ba’zi hayvonlarda jinsiy organlar stimulyatotlari deb hisoblanadi.
• Sut bezlari shakli o’zgargan oddiy naysimon ter bezlaridir. Yexidnada bez maydonchalari urchish davrida paydo bo’ladigan va bolani ko’tarib yurishga mo’ljallangan maxsus xalta ichida joylashgan. Bolalari sutni xaltalari atrofidagi jundan yalab oladi. 

Muskullari diferensiyalashgan va juda turli tuman muskullardan iborat. Ko’krak qismini qorin qismidan ajratib turuvchi diafragmaning bo’lishi xarakterlidir. Uning asosiy vazifasi nafas olish bilan bog’liq bo’lgan ko’krak qafasi hajmini o’zgartirishi. Terining ma’lum joylarini harakatlantiruvchi teri osti muskulaturasi ham ancha rivojlangan. Yuzda ular mimika muskullaridan iborat. Bu muskullar primatlarda yaxshi rivojlangan.Skeleti. Umurtqa pog’onasi bo’yin,ko’krak, bel, chanoq, dum qismlariga bo’linadi. Bo’yin qismida o’zgarmas umurtqalar- atlant va epistrofeyning bo’lishi xarakterlidir. Bo’yin umurtqalari- 7 ta. Sut emizuvchilarda bo’yinning uzunligi umurtqalar soniga emas, ularning uzunligiga bog’liq. Ko’krak qismi 12-15 ta umurtqadan tashkil topgan. Kengatgan oldingi segment to’shning dastasi deyiladi. Bel qismida umurtqalar soni 2-9 tadan bo’ladi. Chanoq qismi o’zaro qo’shilib ketgan 4 ta umurtqadan iborat. Dum umurtqalarining soni hayvon turiga bog’liq.

Hazm qilish organlari faqat sutemizuvchilarga xos bo’lgan go’sht, lab, lunj va jag’lar orasida joylashgan, og’iz oldi bo’shlig’idan boshlanadi. Bu yeda oziq mexanik maydalanadi va kimyoviy ta’sirga duch keladi. Tishlari kurak, qoziq, oziq oldi, soxta oziq va oziq tishlarga bo’linadi. Og’iz bo’shlig’ining orqasida xalqum joylashgan. Uning yuqori qismiga ichki burun teshiklari va yevxstaiyev nayi ochiladi. Tomoqning ostki tomonida hiqildoqqa ochiluvchi yoriq joylashgan. Qizilo’ngach yaxshi rivojlangan. Aksariyat hollarda uning muskullari silliq. Ayrim kavsh qaytaruvchilarda ko’ndalang yo’lli uskullardan iborat. Bunday tuzilish qizilo’ngachning mustaqil qisqarishiga va oshqozondan oziqning og’izga qaytishiga imkoniyat beradi. Oshqozonda bezlar ko’p bo’ladi. Oshqozonning hajmi va uning ichki tuzilishi oziq turiga bog’liq.



XULOSA
Xuosa qilib aytganda, yashashi va tarqalishi – sut emiruvchilar umrqali hayvonlarni eng yosh guruhi hisoblanadi. Ular barcha quruqlik va okeanlarda tarqalgan. Ba’zilari juda keng tarqalgan. Masalan: bo’ri va tulki butun Evropa, Osiyo, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Bularda gavdaning yuqori darajada tuzilganligi, nerv sistemasi, xulq-atvorining murakkabligi, shartli reflekslarning tezgina hosil qila olishi. Biz sut emizuvchilarning turli tuman hayotiy formalari bilan tanishib chiqamiz.Chorvachilik sohasidaqo`lga kiritilayotgan yutuqlarimiz yanada cheksiz. Bular yilqichilik, qoramolchilik, qo`ychilik, cho`chqachilik, echkichilik kabilardan iborat. CHorva mollaridan olinadigan bebaho mahsulotlar: sut, go`sht, yog`, teri, jun va boshqalar halqimizning boyligi hisoblanadi. Inson hayotini, turmushini bularsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Hozirgi paytda jumhuriyatimizda chorva mollari zotini yanada yaxshilash, ko`paytirish, sermahsul zotlar yaratish uchun tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda va jumxuryatimizda maxsus qoramolchilik, yilqichilik, maynachilik xo`jaliklari, yirik chorvachilik fabrikalari tashkil qilinmoqda.
Sut emizuvchilarning roli beqiyos ekan, navbatdagi muhim vazifa ularni muhofaza qilish, qo,riqlash, ba,zi yovvoyi turlarini iqlimlashtirishdan iborat bo`lmog`I lozim. Boshqa umurtqalilarnikidan murakkab tuzilgan. Bu ayni damda termoregulyatsiyada juda katta ahamiyatga ega. Jun qoplami suvda yashovchilarda (kitlarda, tyulenlarda) esa yog’ qavati issiqlik ko’p sarf bo’lishining oldini oladi.teri qon tomirlari kengaygan vaqtda keskin kamayadi. Tananing sovushida ter bezlari yordamida chiqadigan suvning teri orqali bug’lanishning ahamiyati ham kata. Sut emizuvchilarning terigi 2 qavat: tashqi-epidermis va ichki- kutisdan iborat. Malpigiy yoki o’sish qismi deb ataladigan tirik silindrsimon yoki kubsimon hujayralardan tashkil topgan qismi bor. Epidermis teridan hosil bo’luvchi soch, tirnoq, tuyoq, shox, tangacha turli bezlar singati muhim hosilalar hosil bo’ladi. Haqiqiy chin teri, yani kutis sut emizuvchilardajuda yaxshi rivojlangan tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kutisning ostki qismi g’ovak tolali to’qimadan iborat bo’lib bu yerda yog’ to’planadi. Bu qavat teri osti yog’ klechatkasi deyiladi. U kitlar va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Teri ichida joylashgan jun ildizi devorlari tashqi qavat yani jun xaltachasidan va ichki qavat yani jun qinidan iborat bo’lgan xaltacgada joylashgan. Jun xaltachasining voronkasiga yog’ bezlari ochiladi. Ularning sekr eti junni moylaydi, uni mustahkamlaydi va namlanishdan ximoya qiladi. Jun qoplamining alohida kategoriyasini vibrissalar tashkil qiladi. Bu juda uzun qattiq, jun sezish vazifasini bajarib, ko’pincha boshda, bo’yin pstida, ko’krakda qorin tomonida joylashadi. Qil va ninalar shakli o’zgargan jundir. Terining boshqa shox hosilalari tangacha, tuyoq, shox, ichi kovak shox tumshuqdan iborat. Hayvonlarning tangachasi hosil bo’lishi va tuzilishiga ko’ra reptiliyalarnikiga o’xshaydi. Haltalilar, kemiruvchilar va hasharotxo’rlarda tangachalar dumida joylashgan. Ko`pgina qimmatli hayvonlarni noto`g`ri ovlash va shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish oqibatida ular butunlay yer yuzida yo`qolib ketdi. Masalan, Amerika bizonlari va Yevropa zubrlari deyarli butunlay yo`q bo`lib ketgan. Hozir ham ko`pgina qimmatli mushuksimonlar, karkidonlar, yirtqichlar, hatto odamsimon maymunlar ham kamayib ketgan.
Sut emizuvchilarning buyragi chanoqda joylashgan. Buyrak tashqi- po’stloq va ichki- yo’l-yo’l yumshoq qatlamdan iborat. Qon atomirli tugunchalarda filtirlanish jarayoni kechib, siydik yo’li kanalchalariga birlamchi siydik deb ataluvchi qon plazmasi o’tadi. Buyrak kanalchalari egiklik hosil bo’ladi. Bu yerda birlamchi siydik reabsorbsiyalanadi. Buyrakning yumshoq qismida to’g’ri to’plovchi kanalchalar bo’lib, ular buyrak jomiga ochiluvchi siydik yo’llari chiqadi. Ayirish funksiyasini qisman ter bezlari ham bajaradi.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling