Reja:
I.Bob. Taffakurning ijtimoiy psixologik asoslari…………………………………
1.1.Taffakur haqida umumiy tushuncha………………………………………….
1.2.Tanqidiy tafakkurning pedagogik- psixologik asoslari……………………….
II.Bob. Tanqidiy taffakurni rivojlantirishning psixologik asoslari.
2.1.Tafakkur ijodkorligi va uning psixologik jihatlari. …………………………
2.2.Tanqidiy taffakurni rivojlantiruvchi metodikalar……………………………
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. О'rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino nazariya va amaliyoti tasdiqlaganki, bolaning mustaqil Tanqidiy fikrlashi jarayonida о'zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzallikka ega. Tо'liqroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar о„quvchilar e‟tiqodiga aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy Tanqidiy fikrlashi quroliga aylanadi. Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan kо„plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug'ullanadi. Xususan, V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Y.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, D.Shodiyev, E.G„oziyev, A.M.Umronxо'jayev ishlarida muammoli ta‟lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, о„quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, tanqidiy fikrlashining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini shakllantirish yo'llarini belgilovchi alohida komponentlarning о'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning bosh maqsadi sifatida bola shaxsi oyoqqa turishini ta‟minlash, uning qobiliyatlarini ochib berish, о'qishga istak va uquvni shakllantirish, bо'lajak boshlang'ich sinf о'quvchilarini tanqidiy fikrlash tanqidiy fikrlashining barcha komponentlarini egallashga yо'naltirish asosida tizimli talimga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal konsepsiya sifatida amalga oshirish an'anaviy didaktik tizimlarning barcha bо'g'inlarini takomillashtirish, shu jumladan о'quvchilarning faol tanqidiy fikrlashini shakllantirishning motivlari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta‟minlash uni inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini talab etadi. О'z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega bo'lish, о'z istak-mayllarini faol boshqarishga qobillik, har bir daqiqa о'z shaxsini takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |