I-bob. Talabalarda intellektual hissiyotlarning ilmiy-nazariy asoslari


Talabalarning psixologik xususiyatlari


Download 34.32 Kb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi34.32 Kb.
#1251756
1   2   3   4
Bog'liq
I BOB (1)

1.3. Talabalarning psixologik xususiyatlari.
Pedagogik psixologiya fanidan ma’lumki, o‘rta maktab o‘quvchilarni har (biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta’limiga tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish, sistemalashtirish kabi qobiliyatlarda ko‘rinadigan fazilatlar namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga o‘spirin-da aqliy, axloqiy, estetik va g‘oyaviy-siyosiy jihatdan muayan darajada o‘sish ro‘y beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy o ‘quv yurtida mutaxassislikni egallashga bog‘liq yangi vazifalar paydo bo‘ladi.
Talabalarga mustaqil bilim olish, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va hokazolar o‘rgatiladi. Bu va-zifalami amalga oshirishnint asosiy omili — monologik ma’ruzadan dialogik (talaba va o‘qituvchining muloqotiga asoslangan) ma’ruzaga o‘tishdir.
Psixologlardan B.G. Ananyev, N.V. Kuzmina, N.F. Taiizina, VA. Lyaudis, I S. Kon, V.T. Lisovskiy, A.A. Bodalev, AV. Petrovskiy, M. G. Davletshin, LI. Ilyasov, A.V. Dmitriyeva, A. Veibiskiy, V.A. Tokareva va boshqalam ing tadqiqotlariga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish talabalar uchun juda og‘ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bo‘ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy-psixologik o‘sishning xususiyatlaridan biri o‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir.
Talabalarda axloqiy jarayonlarning o‘sishi sust amalga oshsada, lekin xulqining eng muhim sifatlari — mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi. Psixologlaming tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o ‘zligini anglash vujudga kelishini ko‘rsatadi. Shaxsiy hayotning mazmunini anglash, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo‘lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba asta-sekin mikroguruhning notanish sharoitlariga ko‘nikib boradi, o ‘zining va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatning yangicha ko‘rinishini o‘rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinab ko‘rishga intiladi. Ulardagi rolning his-tuyg‘ular voqelikka muayyan yondashishga bir muncha xalaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida aniqlangan materiallar tahlilidan ko‘rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o ‘z xulqi va bilish qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi va shunga ko‘ra, xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko‘ra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar ro‘y beradi.
V.T. Lisovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti-harakatlar ko‘zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, talabadagi tajriba etishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o‘zini o‘zi kamolotga etkazish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Lekin, o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari (o‘zini-o‘zi tahlil qilish, nazorat qilish, baholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida aham iyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkam ol) menni real (aniq voqea) men bilan taqqoslash orqali o‘zini-o‘zi boshqarish-ning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal “Men” ham muayyan o‘zak asosida etarli darajada tekshirib ko‘rilmagan. Shuning uchun ular goho tasodifiy, g‘ayritabiiy his etilishi muqarrar. Binobarin, real “M en” ham shaxsning aqliy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsining takomillashuvida bunday obektiv qarama-qarshiliklar o ‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, ishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, o‘quv yili boshida talabada ko‘tarinki kayfiyat, oliy o‘quv yurtiga kirganidan zavq-shavq tuyg‘usi kuzatilsa, ta’limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro‘y beradi.
Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqlolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, oliy maktabda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda, ta ’lim jarayonida talabaga o ‘ziga xos munosabatda bo‘lish mazkur davoming muhim sharoitlaridan biridir.
Yuqorida aytilganlardan qat’iy nazar, yigit va qizlarni oliy o‘quv yurtiga qabul qilishda ularda o‘z kuchlari, qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch bildirilishi zarur. Ana shu ishonch, o‘z navbatida, to‘laqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his-tuyg‘usini vujudga keltiradi.
O‘spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda imkoniyatdan tashqari talab qo‘yish va qat’iylik xususiyati bilan farqlanadi. Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bo‘la olmaydilar. Ba’zan, qat’iyatlilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning o‘qituvchi tavsiyalarini inkor qilishi ko‘pincha nizolami keltirib chiqaradi.
B.G. Ananev rahbarligida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari ularning aqliy imkoniyatlarini to‘la ishga solish va sermahsul o‘quv faoliyatini tashkil qilish uchun muhim imkoniyat, shart-sharoit yaratadi.
Yu. A . Samarinning ta ’kidlashicha, yoshlarning kamol topishida har xil ijtimoiy-psixologik xususiyatli o‘ziga xos qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud bo‘ladi. Ularning moddiy jihatdan ota-onaga, oliy o‘quv yurti ma’muriyatiga bog‘liqligi iqtisodiy ziddiyatni keltirib chiqaradi. Bu hol talabalarning xohishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutanosibligi tufayli sodir bo‘ladi.
Odatda, talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni nima uchun tanlagani haqida yana jiddiy o‘ylaydilar. Mazkur yosh davrida o‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba o‘zlashtirilgan bilimlami tartibga solish asosida his-tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, o ‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba hukm va xulosa chiqargach, o‘z xatti-harakatida qat’iy turib ularni himoya qiladi, u hayotning turli sohalari bo‘yicha har xil darajadagi ko‘nikma va malakalarga nazariy bilimlar ijtimoiy-psixologik tushunchalarini amaliy faoliyata tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
B.G. Ananyev rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, 18-20 yosh davrida fiziologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi. Organizmning tashqi ta ’sirga javobi, qon bosim optimal darajasi ortadi, qon kislorod bilan to‘yinadi va hokazo. Insonda o ‘quvlilikning qulay imkoniyati vujudga keladi. O‘quv insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolish va xotirada saqlash qobiliyatini bildiradi. Keyinchalik insonda psixik funksiyalarning dinamikasi, o‘quvlilik imkoniyatlari sira pasaymaydi. Odamning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi:
1) turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur); jadal sur’at bilan o ‘sadi;
2) yoshga qarab turli funksiyalar o ‘zaro bog ‘liq muvofiqlashgan xususiyat kashf eta boshlaydi;
3) yetuk inson aqlining funksional o ‘sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida etarli darajada yuqori bo‘ladi;
4) mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish bo‘lmaydi;
5) etuklik davrida o‘quvlilik kamaymaydi. [32]
Talabalarning psixologik xususiyatlari. Oliy maktab ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari talabalarda shaxsiy turmush pozisiyasini kеlayotgan boshqa toifadagi guruxlar bilan (xoh rasmiy, xoh norasmiy bo‘lishidan qat’i nazar) muloqat ko‘lamini kеngaytirish imkonini bеradi. Talabalik yillarining eng muhim xususiyatlaridan biri - bu kamolotni yoki ijtimoiy еtuklikni tеzkorlikda, jadal sur’atlar bilan namoyon bo‘lish jarayonidir. Chunki ijtimoiy yеtuklik har qaysi alohida faoliyat ko‘rsatadigan individdan yoki muayyan shaxsdan aqliy qobiliyatni rivojlantirishga va ijtimoiy rollarni (oila qurish, farzand tarbiyalash, mehnat qilish, mas’ul vazifalarni) bajarishga tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Mazkur jarayonning ko‘rsatkichlari sifatida o‘rta ma’lumotlilik, jamoat topshirig‘i, mеhnat qilish, qonun va qoidalar oldida javobgarlik xissi, mutaxassis bo‘lib yеtishish tuyg‘usi, ota — onalik burchi, ijtimoiy rahbarlik mas’uliyati, sport bilan va turli xil to‘garak faoliyatida qatnashish kabilar o‘ynaydi.
Talabalik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy o‘zligini anglash sifatining shakllanishi bilan boshqa rivojlanish pallasidagi yosh bosqichlaridagi odamlardan farqlanadi. Ushbu davrda yigit va qizlar o‘ziga xos ruhiy inqiroz va tanglik holatini boshidan kеchiradi. Jumladan, talaba katta yoshdagi yetuk kishilarning har xil ko‘rinishdagi rollarini tеzroq o‘zida sinab ko‘rishga intiladi. Ijtimoiy hayot va mikromuhitdagi yangi holatlar va jihatlarga moshlasha boshlaydi. Voyaga yetgan odamlarning turmush tarziga o‘tish jarayoni shaxsning rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ichki ziddiyat va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Bunga bir tomondan o‘spirin talaba mustaqil mehnat faoliyatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritib katta yoshdagi odamga o‘xshab statusga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa unda turmush tajribasi yetishmasligi tufayli bir qator fazilat va malakalarni egallash muammosi ko‘ngdalang turadi. O‘spirin ruhiyati atroflicha tahlil qilishning ko‘rsatishicha, bu davrga kelib, unda aqliy, ahloqiy va g‘oyaviy - siyosiy jihatdan muayyan bosqichga ko‘tarilishi , ya’ni yetuklik ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramasdan, uning oldida mutaxassislikni egallash, bilan uzviy bog‘liq bir qancha vazifalar turadi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, ilmiy – texnika taraqqiyoti bir tomondan axborotlar, ma’lumotlar, xabarlar mo‘l-ko‘lligini vujudga keltirgan bo‘lsa, boshqa bir tomondan esa mutaxassislikka oid bilimlarda nisbatan talabalarda barqaror qiziqish yo‘qolishiga olib keladi. Chunki bo‘lajak ixtisos egalari qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zo‘r berish o‘rnini loqaydlik, passivlik egallaydi. Ular “tayyor axborot”lar quliga aylanadilar. Ko‘pincha, kompyuterlar, displeylar, EHM, konkulyatorlar inson aqliy mehnatini keskin darajada yengillashtirish oqibatida, aqliy zo‘r berishlik holatidan talbalar halos etiladi
Ta’kidlab o‘tilgan muammolardan kelib chiqqan holda oliy maktab oldida turgan asosiy maqsad – bu o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan bilimlar majmuasini o‘zlashtirish ko‘rsatkichga erishishgina emas, balki talabalarda ularni mustaqil ravishda egallash uchun sermahsul, umumlashgan o‘quv usullari, operatsiyalari, vositalari, yo‘llarini shakllantirishdan iboratdir. Mustaqil bilim olish, o‘z o‘quv faoliyatini o‘zi boshqarish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish orqali ularga yangicha munosabat, puxta uslubiy qurol bilan qurollantirish oliy o‘quv yurtining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, monologik leksiya o‘qishdan asta – sekin dialogik leksiya o‘qishga o‘tish demakdir. O‘qituvchining bir tomonlama aqliy harakatidan uning talabalar bilanhamkorlik faoliyatiga aylantirishdir. Bunda yangi bilim o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘rtaga tashlanmasdan, balki uni o‘zlashtirishga faoliyati subyekt sifatida talabalar ham ishtirok qiladilar. Bu holat mana bunday tarzda namoyon bo‘ladi: o‘qituvchi- talaba – talabalar o‘zaro - hamkorlik. Yangi muammoni hal qilishda, uni o‘zlashtirishda faoliyatning barcha ishtirokchilari bir tekis qatnashadilar.
Talabalik davrining yana bir xususuiyati shundan iboratki, agarda u o‘z erki mustaqilligi poymol qilinganini his ilsa, goho o‘rinsiz, nomaqbul qatorga kelinmaganligi tanqid qilinsa, bo‘lg‘usi mutaxassis o‘ta shijoat, emotsional ko‘tarinki ruhda ularni qabul qiladi. Inson taraqqiyotining ushbu bosqichida talabalarda mustaqil qaror qabul qilish bo‘yicha javobgarlik tuyg‘usi, o‘zini - o‘zi nazorat qilish, o‘zini – o ‘zi baholash, o‘zini qo‘lga olish, o‘ziga –o ‘zi buyruq berish, o‘zini – o‘zi takomillashtirish, o‘z xulqi va faoliyatini o‘zi idora qilish, refleksiya singari muhim shaxc fazilatlari vujudga kela boshlaydi. Bu narsa talabalikning birinchi kunidan boshlab tashqi kuzatuvchilar, ichki turtkilar ta’siriga uchraydi. Natijada ikki yoqlama stimul yordamida ba’zi bir ijtimoiy holat va turmush jabhalarini oldindan aks ettirish imkoniyati tug‘iladi.
Talabalik yillarining muhim xususiyatlaridan yana bittasi shuki, bunda o‘qish faoliyati jarayonida anglashilgan ongli motivlar keskin tarzda ravishda ko‘payadi. Ahloq jihatdan rivojlanish sust sur’atlar bilan borsada, lekin uning tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik, qunt, qadr-qimmatlilik kabi sifatlari sezilarli darajada takomillashib boradi. Ijtimoiy holatga, voqelikka, ahloqiy normalarga qiziqish va ularni anglashga intilish tuyg‘usi kuchayadi.
Turmush tajribasini ortib borishi natijasida talabada o‘zligini anglash (o‘zini o‘zi anglash) xislati yuzaga keladi. Bu narsa uning shaxsiy hayot mazmunini anglash, oqilona turmush rejalarini tuzatish, bo‘lajak katta hayot yo‘lini oldindan bashorat qilishda o‘z ifodasini topadi. Bu davrga kelib, talaba notanish mikromuhit sharoitlariga ko‘nikib boradi, o‘zining huquq va majburiyatlarini egallay boshlaydi, shaxslararo munosabatga yangi vosita va usul qo‘llaydi, uning oldida ko‘ngdalang turgan ijtimoiy rollarni amaliyotda sinab ko‘rishga intiladi.
Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishiga qaraganda, ushbu yoshda xohish va intilish o‘z taraqqiyot darajasiga ko‘ra turmush tajribasining yetishmasligi oqibatida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illuziyani, orzu bilan xohishni, optimism bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradilar.
Talabada ideal (yuksak, barkamol) “Men” ni real (aniq voqea) “Men” bilan taqqoslash orqali o‘zini o‘zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo‘ladi. Tajribalarning ko‘rsatishi, uning nuqtai nazaricha ideal “Men” ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib ko‘rilmagan, uning uchun ular goho tasodifiy, g‘ayritabbiy his etilishi muqarrar, binobarin, real “Men” ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsiyatining takomillashuvida bunday obyektiv qarama – qarshiliklarning namoyon bo‘lishi o‘ziga nisbatan ichki ishonchsizlikni keltirib chiqarib, o‘qishga nisbatan salbiy munosabatni tug‘diradi. Jumladan, o‘quv yilining boshida talaba ko‘tarinki kayfiyat, oliy o‘quv yurti yuzasidan zavq – shavq tuyg‘usi kuzatilsa, oliy ta’limning shart – sharoitlari, o‘qitish sistemasi, kun tartibi, qonun va qoidalari bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin pasayish ko‘zga tashlanadi. Uning ruhiy dunyosida pessimistik (ruhiy parokandalik) kayfiyat, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, umidsizlik, yutuqdan hadiksirashkabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. Lekin bu psixik o‘zgarishlar vaqtli xususiyatga ega bo‘lib, tez – tez u holatdan, bu holatga o ‘tib turadi.
Talabalik (o‘spirinlik) davri xulq – atvoriga, real voqelikka baho berish jarayonida maksimalizm (imkoniyatdan tashqari tashlab qo‘yish) va qat’iyatchanlik xususiyati bilan boshqa boshqa yosh davrlardan ajralib turadi, shuning uchun ham yigit va qizlar psinsipialliklarini hamisha ham amaliy jihatdan tasdiqlay olmaydilar.
Talabalarning moddiy jihatidan ota – onalariga, oliy o‘quv yurti ma’muriyatiga bog‘liqligi ijtimoiy qarama – qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Uning turli ko‘rinishdagi xohish bilan mavjud imkoniyat o‘rtasidagi nomutanosiblik oqibatida sodir bo‘lib, ushbu xohish qo‘shimcha daromad evazigagina qondirilsa, lekin u o‘qish faoliyatiga zarar keltirish orqali amalga oshiriladi.
Psixologik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 2 va 3 kurslarda oliy o‘quv yurtining va mutaxassislikning to‘g‘ri tanlanganligi muammosiga talaba qaytatdan murojat qiladi, lekin qat’iy qarorga kelish bundan ham kechiktiriladi.
Agarda o‘rta maktabda ta’lim va tarbiya o‘quvchi rivojlanishidan ilgarilab ketish kuzatilamasada, lekin oliy maktabda goho talabalar o‘sishi ta’lim va tarbiyadan ilgarilab ketishi voqea bo‘ladi.[33]
D .B .Elkoninning va A .N .Leontevning ta ’kidlashicha, o‘quv kasbiy faoliyat o‘spirinlik davrida yetakchi faoliyat hisoblanadi. D.I.Feldshteynning fikricha, o‘spirinlik davrida o‘qish va mehnat asosiy faoliyat turlari sifatida shaxsning taraqqiyotini belgilaydi. Boshqa psixologlar esa kasbiy o‘z-o‘zini belgilashni ilk o‘spirinlik davrida yetakchi faoliyat sifatida ko‘rsatadilar. I.V.Dubrovina bu holatga aniqlik kiritadi, maktabni tugatgan paytda kasbiy o‘z - o‘zini belgilash haqida gapirish erta, chunki unda faqat istak, haqiqatda amalga oshmagan kelajak rejalar mavjud bo‘ladi.
O‘spirinlar turli kasblarni turlicha baholaydilar. 17 yoshlilar kasblarni kontrast «oq-qora», mavhum deb baholasalar, 25 yoshlilar o‘zlarining hayot yo‘llari bilan baholaydilar. Muvaffaqiyatli kasbga yo‘naltirishning muhim shartlaridan biri o‘quvchilarning mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ularning faolligidir.
Kasbga yo‘naltirish — shaxsning ijtimoiy taqdirini belgilashning tarkibiy qismidir. Kasb tanlash hayot mazmuni haqidagi o‘ylari va shaxsiy «Men» tabiati bilan mos kelganda muvaffaqiyatli hisoblanadi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarida Z.T.Nishanova rahbarligida o‘tkazilgan D.Xodjakulova tadqiqotlarida so‘ralganlarning yarmisi yana shu kasbni tanlashlarini ta ’kidlab, tasdiq javobini berishgan, uchdan bir qism talabalar esa ikkilanishlarini bayon etishgan[28].
Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikning shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga faol maqsadga muvofiq ta ’sir ko‘rsatish uchun quyidagilarni tavsiya etish mum kin:
1. Oliy o‘quv yurtidagi ta’lim jarayonida har bir talabaning barqaror kasbiy yo‘nalganligi shakllanishiga yordam berish uchun ta ’limning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan psixologik fenomenlar majmuyini hisobga olish zarur.
2. Oliy ta’lim davomida har bir talabaga individual yondashuvni amalga oshirmoq, kasbiy yo‘nalganlik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim.
3. Talabalarning anchagina qismi kasbni anglamay tasodifan tanlaganliklarini hisobga olib, oliy o‘quv yurtidagi ta ’lim jarayonida talabalarda dunyoni kasb nuqtayi nazaridan ko‘rishni shakllantirishga y‘onaltirilgan tadbirlar tizimini tavsiya etish mumkin.
4. Ko‘pchilik talabalar hozirgi zamon masalalari bilan aloqasi borligi, ilmiylik, muammolilik, bilimining chuqurligi, ta’limda ko‘rsatmalilik va texnika vositalarining qo‘llanilishini mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi ijobiy jihatlar sifatida ta ’kidlangani bois, darslarni jonli, yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qiziqarli qilib o‘tishlarini o ‘qituvchilarga tavsiya etgan.
5. Talabalarda kasbiy yo‘nalganlikni shakllantirish uchun kasb professiogrammasi va psixogrammasi bilan tanishtirish hamda kasbiy muhim xislatlarni psixologiya darslarida amaliy m ashg‘ulotlarda hamda tarbiyaviy soatlarda gur h murabbiylari yordamida rivojlantirishni tavsiya etilgan.
E.N.Sattarov rahbarligida S .N .Jo‘rayeva tom0onidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta ’sirining psixologik jihatlari o ‘rganildi[29]. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar va omillar aniqlandi, talabalarning oliy o ‘quv yurtiga kirishida ta ’lim yo‘nalishlarini tanlashlariga sabab bo‘luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’m inlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.
A.X.Ubaydullayev tomonidan «Yoshlarni kasbga yo‘llashda aksidental qobiliyatlarni diagnostikasi» nomli ilmiy tadqiqotida «xavf-xatar hissi» va «xavfsiz psixomotorika» kabi tizimlarni o ‘z ichiga olgan aksidental qobiliyatlar konsepsiyasining nazariy va amaliy ahamiyatliligi ko‘rsatilgan [30]. Aksidental qobiliyatlar individual m e’yorda ifodalangan, faoliyat xavfizligini ta ’minlashda o‘ziga xos namoyon bo‘luvchi bilish va psixomotor jarayonlar faoliyatini ta’minlovchi funksional sistemalar xususiyatlari tushuniladi.
Kuzatish aniq maqsadga qaratilgan va yanada sistemali bolib boradi. Shaxsning kuzatuvchanlik xususiyati rivoj topadi. Shu bilan birga N.D.Levitov ko‘rsatib o‘tganidek, o‘spirinlar o ‘z kuzatishlarida parishonxotir bo‘lmasliklarini, kuzatishni o ‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarga bo‘ysundirishlarini, yetarli darajada to‘plangan faktlar to‘planmaguncha xulosa chiqarishga shoshilmasliklarini nazorat qilib borish zarur.
O‘spirinlik yoshi o‘qish, mehnat, muloqot singari yetakchi faoliyatlar asosida umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanayotganligi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu rivojlanish o‘spirinning o‘ziga va uning atrofidagi kuzatuvchilarga kam seziladi. O‘spirinlik davriga kelib, juda ko‘p bolalarda o‘z faoliyatlarini oldindan rejalashtirish layoqati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Shuningdek, o‘z -o‘zini boshqarish ham o‘spirinlik yoshidagi bolalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘spirinning o‘quv mashg‘ulotiga munosabati o‘z xususiyati va mazmuni jihatidan boshqa yoshdagi o ‘quvchilarning ta ’lim jarayonidagi munosabatidan tubdan farq qiladi.
Ular voyaga yetib boradilar, ularning tajribasi ortadi;
Ular mustaqil hayot bo‘sag‘asida turganliklarini anglaydilar.
O‘spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o‘z xatti-harakatlarini yo‘lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o‘spirin o‘zini anglashining o‘sishida namoyon bo‘ladi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o‘z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo‘yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. O‘quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo‘rqoqlik, g‘ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O‘spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi. Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o‘z harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barqaror xususiyat kasb etib boradi. O‘spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo‘ladi. O‘zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o‘zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar. Do‘st va dushmanlarining kimligi, o‘z istaklari, o‘zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o‘spirinlarning hamma savollari anglangan bo‘lmaydi. Ba’zan o‘spirinlar o‘zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o‘z oldilariga haddan tashqari ko‘p vazifalar qo‘yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo‘ladi. Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, o‘spirinlar o‘z-o‘zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o‘zida aks ettira boradilar. Bu esa o‘spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
Do‘stlikning individual-psixologik xususiyatlari kam o‘rganilgan. O‘spirinning emotsional hayotida yangi bir holat sevgi paydo bo‘ladi. O‘spirinlik sevgisi sof, pokiza, beg‘ubor, xilma-xil kechinmalarga boy, yoqimli, xayolga berilish va samimiyat belgilariga ega bo‘ladi. Yigit va qizlarning sevgini boshdan kechirishida bir-birlarini hurmat qilish, do‘stlik, o‘zaro yordam, bir-birini tushunish kabi xislatlar xarakterli bo‘lib, ular bir-birlaridagi yuksak ma’naviy sifatlarni qadrlaydilar. Yigit va qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘spirinlik yoshida faollashgan bo‘ladi. O‘rtoqlariga nisbatan munosabatlar doirasi kengayadi, Ayniqsa, qizlarda aralash do‘stlik ehtiyojlari kengayadi. Bolalarga xos 16—17 yoshlarda birinchi jinsiy moyillik va sevgi ehtiyojlari ko‘rina boshlaydi. Ikki jins o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi asosiy muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, o‘spirinlik davri 16—23 yoshni o‘z ichiga oladi. Bunda 16—18 yosh ilk o‘spirinlik, 18—23 yosh esa o‘spirinlik deb ataladi. Bu davrda kasbiy o‘z-o‘zini belgilash yetakchi faoliyat hisoblanadi. E’tiqod va dunyoqarash bilan bir qatorda, axloqiy ideallar bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardir.
Download 34.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling